Mundarija Kirish I – bob. Amir Temurning hokimyat tepasiga kelishi



Download 321,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana02.06.2023
Hajmi321,33 Kb.
#947927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Amir Temur harbiy (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
Shundan so’ng Amir Temur butun e’tiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo 
va Hindiston yerlarini uzil-kesil zabt etishga qaratdi. U besh yillik (1392-1396) 
urush davomida G’arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egalladi, natijada 
1
Бобоeв Ҳалимбой. Амир Темур ва темурийлар салтанати. Тошкент, “Камалак” 1996., 99-b 


muzaffariylar va jaloyiriylar sulolasining hukmronligiga barham berildi.
 
Amir 
Temurning Hindiston ustiga yurishi qilgan urushi (1398-yil may-1399-yil mart) 
qariyb o’n bir oy davom etdi.Amir Temur Hindistondan katta o’lja, shu jumladan, 
120 jangovar fil bilan qaytdi.O’ljalarning bir qismi qo’shinga taqsmlab berildi, 
qolgani Kesh va Samarqand shaharlarida olib borilayotgan qurilishlarga sarflandi.
 
Amir Temurning 1399-1404-yillarda olib borgan harbiy yurishlari natijasida 
Shomning Xalab (Aleppo), Xums, Baalbek (Ba’albek), Dimishq(Damashq) kabi 
yirik shaharlari va Iroqi Ajamning Ubiliston o’lkasi (Qadimgi Kappadokiya) bilan 
Bag’dod, shuningdek, Turkiyaning katta qismi zabt etiladi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


2.2 Amir Temur qo’shinini tuzilishi va janglarda olib borgan taktikasi 
Dunyo tarixi haqida gap ketganda Amir Temur nomi bevosita tilga olinadi. 
Janglarda Amir Temur tuzgan qo‘shinining jangovor tartibi va harbiy hiylalari 
nafaqat o‘tgan asrlar davomida, balki hozirgi kunda ham qo‘llanilishi buyuk 
sarkarda harbiy san’atni mukammal o‘zlashtirganidan dalolat beradi. Amir Temur 
qo‘shinlari asosan piyoda va otliq askarlardan tashkil topgan bo‘lsa-da, aksariyat 
hollarda piyodalar ham uzoq cho‘l safarlarida otlar bilan ta’minlanar, otliq 
askarlarning katta qismi piyoda tartibda jang qilishga ham o‘rgatilgan edi. Ular 
kamondan zarb bilan bexato otish lozim bo‘lgandagina otdan tushib, piyoda 
jangchilarga aylanardilar. Otliq askarlar oddiy va saralangan jangchilarga bo‘linib, 
yengil va og‘ir otliq qo‘shinni tashkil etgan. Bundan tashqari, Sohibqironning xos 
navkarlari ham bo‘lgan
1
.
Uning lashkarlari tarkibida asosiy askarlardan tashqari, yana quyidagilar 
mavjud bo‘lgan:
1) pontonchilar (ko‘chma ko‘priklar qurish ishlari bilan shug‘ullanuvchilar) 
va kemachilar (ular asosan Amudaryo va Sirdaryoda kemachilik bilan 
shug‘ullanuvchi kishilardan tanlab olingan;
2) naftandozlar (yunon olovini otuvchilar);
3) qamal qilish mashinalari va tosh otuvchi qurollar bilan ishlashni biladigan 
jangchilar. Amir Temur qamal qilgan ko‘plab qal’alarning shunday qurollardan 
mohirona foydalanish natijasida qo‘lga kiritilgani qo‘shinning bu turi juda katta 
malakaga ega bo‘lganidan dalolat beradi. Bu buyuk Temur yunonlar va rimliklar 
qal’alarni ishg‘ol qilish uchun qo‘llagan usullarni yaxshi bilganini ko‘rsatadi. Amir 
Temur Boyazidga qarshi jangda grigoryan olovini otuvchi moslamalarni fillar ustiga 
o‘rnatib qo‘llagan
2
.
4) Sohibqiron tik qiyaliklarga chiqa oladigan, tog‘li hududdagi janglarga 
ko‘nikkan, tog‘ aholisidan tashkil topgan maxsus piyoda qismga ega bo‘lgan. Bu 
qism jangchilari Amir Temurga daralar, tog‘ yo‘llari va tog‘larda joylashgan 
1
Бобоeв Ҳалимбой. Амир Темур ва темурийлар салтанати. Тошкент, “Камалак” 1996., 104-b 
2
Луюсен Керен “Амир Темур ғарб адиблари нигоҳида” .,2016., 157-b 


qal’alarni ishg‘ol qilishda katta yordam bergan. Sohibqiron Amir Temur urush 
boshlashdan avval oddiy otliq askarlar yoki yengil otliqlardan kamon, sadoq (o‘q-
yoyi bilan), qilich, arra, bigiz, igna, taroq, arqon, bolta, o‘q uchun 10 ta poynak, qop, 
mesh (daryodan o‘tish hamda suv olib yurish uchun ishlatiladigan charm qop) va 2 
ta otga ega bo‘lishni talab qilgan.
Bundan tashqari, har 18 kishiga kigizdan ishlangan o‘tov olinishi shart 
bo‘lgan. Saralangan jangchilar yoki og‘ir otliqlar dubulg‘a, qalqon, qilich, kamon va 
o‘q-yoy bilan qurollangan. Ularning har biri 2 ta ot va har 5 kishi bitta o‘tov olishi 
shart bo‘lgan (saralangan jangchilarning qurol-anjomlari ko‘p joyni egallagan 
hamda ular maxsus xizmatkorlarga ega bo‘lgan). Shuningdek, gurzi, oybolta, 
shamshir bilan qurollangan maxsus jangchilar bo‘linmasi ham mavjud bo‘lib, ular 
otlarining ustiga yo‘lbars terisidan yopinchiq yopganlar. Manbalarda keltirilishicha, 
Amir Temur qo‘shinlari o‘nliklar, yuzliklar, mingliklar, tumanlar (10 ming yoki 12 
ming jangchidan iborat qo‘shin) va boshqalarga bo‘lingan va ularga o‘nboshi, 
yuzboshi, mingboshi va amirlar boshchilik qilganlar.
Amirlar 12 darajaga bo‘lingan. Ular turli qabilalarga boshchilik qilib, darajasi, 
qabila tomonidan berilgan jangchilar soniga bog‘liq bo‘lgan. Harbiy unvon berish. 
Har bir o‘nlikda saralangan jangchilar orasidan mulohazakor va mard jangchi tanlab 
olinib, qolgan 9 jangchining roziligidan so‘ng o‘nboshi etib saylangan; 
o‘nboshilardan esa faoliyati va qobiliyatiga qarab yuzboshi saylangan; 10 nafar 
yuzboshidan esa (harbiy ishlarda mohir va tajribaga ega amirlar farzandi yoki 
aslzodalar avlodidan bo‘lgan jasur kishilardan) mingboshi tayinlangan. Har bir 
boshliqning o‘rnini bosadigan yordamchisi bo‘lgan. Maosh tayinlash. Pul 
munosabatlari bilan yaxshi tanish bo‘lmagan ko‘chmanchi xalqlar buyumlar 
qiymatini ot, qo‘y, tuya va boshqa narsalar bahosi bilan o‘lchaganlar.
Shu tufayli Amir Temur jangchi maoshini shu jangchiga tegishli otning 
narxiga teng qilib belgilagan. A’lo darajadagi jangchi(bahodir)larning maoshi 2 
tadan 4 tagacha ot narxiga teng bo‘lsa, yo‘lboshilar 10 ta jangchi oladigan maoshni, 
yuzboshilar 2 ta o‘nboshi oladigan maoshni, mingboshilar 3 ta yuzboshining 
maoshini olganlar. Tartibni buzgan jangchi o‘z maoshining o‘ndan bir qismidan 


mahrum etilgan. Amirlar maoshi ularning darajasiga qarab ming va 10 minggacha 
ot narxi, Amir Temur avlodlariniki esa 12 minggacha ot narxi bilan belgilanib, 
ularga viloyat ham hadya etilgan. Ko‘rinib turibdiki, Sohibqiron bobomiz qo‘shin 
tuzish, ularni jang oldidan jangovar holatga keltirishda vaziyatni har tomonlama va 
to‘g‘ri baholagan, oqillik bilan qarorlar qabul qilgan. Buyuk sarkardaning 
qo‘shinlarni boshqarishga bunday jiddiy yondashishi uni doim g‘alabaga 
yetaklagan. Amir Temur o‘zining “Temur tuzuklari” asarida shunday deydi: 
“...sardor aql-u tadbirkorlik bilan ish yuritib, shoshma-shosharlik qilmasin, chunki 
shoshqaloqlik shaytonning ishidir. Chorasi bo‘lmagan ishga kirishmasin, chunki 
undan qutulib bo‘lmaydi”.
Amir Temur mamlakatda qatiqqo'l hokimiyat o'rnatish zarurligini yaxshi 
tushunardi. Negaki, ko'chmanchi mug'ul-turk qabilalaridan jaloir, barlos, sulduz va 
boshqalarning o'zboshimcha boshliqlarini itoatda saqlab turish oson emas edi. Shu 
maqsadda mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy etishga kirishadi. U o'ziga 
mustahkam tayanch barpo etish maqsadida barlos qabilasidan maxsus harbiy qism 
tashkil etib, ularga katta imtiyozlar beradi. Amir Temur o'z davlati hokimiyatini 
mustahkamlashda islom diniga tayandi. Islom namoyandalari uni qo'llab-quvvatladi. 
Mamlakat aholisining ko'pchiligini tashkil etgan dehqonlar va shahar aholisi – 
tijoratchilar, hunarmandlar sohibqironning davlatni mustahkamlashga qaratilgan 
tadbir-larini ma'qulladilar. Amir Temur davlat ishlarini yurgizishda 4 narsaga doim 
amal qildi.
Bular: 
1. Kengash. 
2. Mashvaratu maslaxat. 
3. qat'iy qaror, tadbirkorlik va xushyorlik. 
4. Extiyotkorlik. 
Amir Temur hukmdor uchun qo'yidagi o'n ikki xislat zarurligini va bu 
xislatlarning birortasiga amal qilinmasa saltanat ishlariga putur yetishi mumkinligini 


tarixiy misollar bilan isbot qilib bergan edi. A.Temur hukmdor birinchidan o'z 
so'ziga ega bo'lishi, ikkinchidan adolatpesha bo'lishi, uchinchidan har ishda faqat 
o'zi hukm chiqarishi, to'rtinchidan qarorida qat'iy bo'lishi, beshinchidan hukmi joriy 
etilishi, oltinchidan podsholik ishlarini har kimga topshirib qo'ymasligi, yettinchidan 
ko'pchilikning fikrini eshitishi, sak qizinchidan shoshmasdan mulohaza bilan ish 
yuritishi, to'qqizinchidan sipohu, raiyatni umid va qo'rquv orasida saqlashi, 
o'ninchidan barcha ishni o'z erkicha qilishi, o'n birinchidan o'z ishlariga birovni 
sherik qilmasligi va o'n ikkinchidan davlat ishlarini maxfiy saqlab, boshqalardan 
ogoh va hushyor bo'lishligi lozimligini alohida o'qtirgan edi
1
.
Amir Temur davlat amaldorlarning sofligiga, xazinaga ko'z olaytirmas-ligiga 
alohida e'tibor qilib, o'z tuzuklarida: «Mamlakat xazinachilari bo'lmish moliya 
vazirlari moliya ishlarida xiyonat qilib, boylikning bir qismini o'zlashtirib olgan 
bo'lsalar tekshirib ko'rilsin», - deb yozib qoldirgan edi. Amir Temur davlatni 
boshqarishda 7 vazirga suyanib ish ko'rdi va ulardan 4 vazirning xar kuni 
devonxonada xozir bo'lishlarini talab etdi. 
Bular: 1. Mamlakat va raiyat vaziri. 
2. Sipox vaziri. 
3. Egasiz qolgan mulk vaziri. 
4. Saltanat ishlarini yurituvchi vazir. 
Bundan tashqari yana 3 vazirdan iborat sarxadlar vazirlari xay'atini tuzdi. 
Vazirlardan birinchisi yer soliqlari, boj, o'lpon – soliq undirish, hamda mirshablik 
yumushlarini boshqargan, mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni 
yechish, raiyat ahvolini o'rganish, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o'lponlarni 
taqsimlash ishlarini bajargan. Ikkinchi vazir sipoh vaziri hisoblanib, sipohiylarning 
maoshlari va tanho (bu yerda toju-taxt uchun qilgan xizmatlari evaziga berilgan 
in'om ma'nosida)larni boshqargan.
Uchinchi vazir esa egasiz qolgan, o'lib kegan va qochganlarga tegishli 
1
Луюсен Керен “Амир Темур ғарб адиблари нигоҳида” .,2016., 171-b 


mollarni, kelib ketayotgan savdogarlar mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, 
mamlakat chorvasini boshqarish, bularning barchasidan to'plangan daromadlarni 
omonat tarzida saqlash ishlari bilan shug'ullangan. Saltanatning har bir idorasida 
kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir kotib tayinlangan. 
Sohibqiron davlatida Devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari xar bir viloyatda 
«Devon» deb ataluvchi boshqarma bo'lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq 
yig'ish, tartib saqlash, ijtimoiy binolar, - bozorlar, hammomlar, yo'llar, suv 
inshootlari tarmoqlarini nazorat qilib turgan. U xalqning xulqu-ahloqini kuzatib 
turgan. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan so'roq, tekshirish-taftish, tergov ishlarini 
ham olib borishgan.
Temur xalqning shikoyatlari va arzlarini o'rganuvchi maxsus arzbegi 
lavozimini joriy etgan. Arzbegi shikoyat va arizalarni ko'rib chiqar, ularda kimlar 
aybdorligini aniqlar va bu xususida kengashga xabar qilar edi. Aybdorlar kim 
bo'lishidan qat'iy nazar qattiq jazolangan. Soliqlar, moliyaviy masalalarda qat'iy 
tartib – qoida o'rnatilgan. Rus sharqshunos olimi D.N.Logofet bu xususda «...biz 
hozir zo'r berib intilayotgan daromad solig'i degan narsa uning (Temurning) 
hokimiyatida 
o'shandayoq 
mavjud 
edi», 
deb 
yozgan 
edi. 
Amir Temur vazirlarini tanlash ishiga g'oyat jiddiy qarar va ularni 4ta sifatga ega 
bo'lishlariga ahamiyat berar edi. Bular: 
1. aql-farosatlilik; 
2. toza nasllik; 
3. sipoxu-raiyat axvollaridan xabardorlik; 
4. sabr chidamlilik va tinchliksevarlik. 
Amir Temur o'z imperiyasiga qo'shib olgan mamlakatlarni idora etish uchun 
tayinlanadigan kishilarga qo'yiladigan talablar tizimini ham ishlab chiqdi. Bunday 
rahbarlar A. Temur talabiga ko'ra qo'yidagi fazilatlarga ega bo'lishi lozim bo'lgan: 
1) Oliy janob tabiatli va ruhiy holatining ko'tarinkiligi; 
2) Nozik aql va ziyraklik; 


3) Yuksak malaka hamda xalq va qo'shinga murojaat qila bilish; 
4) Sabr-toqat va odamlar bilan murosaga kelishmoq. 

Download 321,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish