MUNDARIJA:
KIRISH.
1. Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” asarining yaratilish tarixi.
2. Abdullaxonning taxtga kelishi arafasida Buxoro amirligida ijtimoiy – siyosiy vaziyat.
3. Abdullaxonning xonlik siyosiy hayotida amalgam oshirgan islohatlari.
4. Abdullaxonning Dashti Qipchoq va boshqa mintaqalari bilan diplomatik munosabatlari.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
Kirish
Darhaqiqat tarixiy bir davrda ajdodlarimiz qoldirib ketgan tarix manbalarni biz albatta mukammal darajada yoritib kelajakka yetkazib berishimiz lozim. Ana shuningdek asarlardan biri bo’lgan “Abdullanoma” asari haqida mulohaza yuritar ekanmiz, albatta o’rta asr davlatlarining qay darajada mustahkam va qudratliyligini o’sha davlatning madaniyati hamda davlat tuzilish strukturasiga e’tibor qaratib uni aniqlashimiz mumkin. Shuningdek XVI asr ikkinchi yarmida Buxoro xonligining qo‘shni davlatlar bilan olib borgan diplomatik, savdo va madaniy aloqalarini o‘zbek davlatchiligi tarixi tamoyillari nuqtai nazaridan chuqur tadqiq qilish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri deyish mumkin. Hamda bugungi kunda ham bu davlatlarning ahamiyat qay darajda ekanligini bilishimizdir. Shayboniylar davlati haqida Hofiz Tanish Buxoriy qimmatli manba bizga taqdim etganligi, bu albatta o’tmishimizdagi voqealarning haqiqiyligiga ishonchni oshiradi. Ana ushningdek asarlardan bu davlatlarning hayotimizda qay darajada dolzarbligini bilishimiz mumkin. Albatta biz o’tmishimizni mukammal bilib, ularni kelajak avlodga salmoqli darajada qoldirishimiz oldimizga qo’yilgan eng dolzarb masaladir.
Agar biz O’zbekistoninmizni dunyoda taranum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlod xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk tarixchilarimizni tarbiyalashimiz dolzarbdir.
Markaziy Osiy hududidagi har bir davlat, qabila, urug’ kabi jamoalarni manbalar asosida o’rganib chiqish bu albatta, har bir tarixchining oldiga qo’yilgan yagona maqsadlardan biridir. Negaki, tarix bugun va ertangi kunni belgilab beruvchi asosiy mezondir. Tarixiy manbalarga asoslangan bu davlatlar haqida qo’lyozma manbalari ko’p uchraydi. Asosiy manba sifatida Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma”, Gulbadambedimning “Humoyunnoma”, Abul Fazl ibn Muborak “Tarixi Akbarshoh”, Rashididdin Fazlulloh ibn Imomuddaavla Abulxayrninig “Jome ut - tavorix”, Mirza Muhammad Haydarning “Tarixi Rashidiy”, Said Muhammad Sodiq Ali “Akbarnoma”, Hasanxoji Nisoriyning “ Muzakkiri ahbob” Mutribiyning “Tazkirat shuaro”, Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma” kabi shaxslar Abdullaxon II ni va shayboniylar davlatining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diplomatik aloqalari va albatta shajaralari haqida ham ma’lumot keltirib o’tganlar.
Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” asarining tahlili jarayonida ichki va tashqi diplomatik munosabatlarni yoritib berishdir1. Darhaqiqat Shayboniylarning davlatimiz hayotida tutgan ijobiy va salbiy darajalarini bilish asosiy maqsadimizdir. Shu o’rinda esa biz uchun albatta kelajak avlodga tariximizda azal – azaldan bo’lgan davlatlarimizning qudratliligini anglatishimiz lozimligidir. Undan tashqari bu davlatning diplomatik munosabatlari qay darajada yetukligini aniqlashimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |