Mundarija kirish bob turli yoshdagi o‘quvchilar bilan harakatli o’yinlarni o‘tkazish


I.BOB TURLI YOSHDAGI O ‘QUVCHILAR BILAN HARAKATLI O’YINLARNI O ‘TKAZISH



Download 40,14 Kb.
bet2/8
Sana08.06.2023
Hajmi40,14 Kb.
#949862
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURS ISHI

I.BOB TURLI YOSHDAGI O ‘QUVCHILAR BILAN HARAKATLI O’YINLARNI O ‘TKAZISH

1.1. O ‘qituvchi — harakatli o‘yinIar tashkilotchisi va


boshqaruvchisi
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi harakatli o‘yinlami tashkil qilish va o‘tkazishda quyidagilami nazarda tutishi lozim:
1. O'quvchilarning jismoniy barkamolligiga, salomatligining yaxshilanishiga, chiniqishiga, tana a’zolari va umumiy ish qobiliyatining o‘sishiga yordam berish. 2 . 0 ‘quvchilarda har xil sharoitlarda erkin harakat qila olish imkonini beradigan bilimlar va kerakli harakat malakalarini hosil qilish.
3. 0 ‘quvchilarda hayotiy faoliyatda yordam beradigan aqliy va irodaviy sifatlarni tarkib toptirish.
4. O'quvchilami turli о‘yinlar va jismoniy mashqlarga qiziqtirish, kundalik jarayonlar tartibiga rioya qilishga odatlantirish.
5. 0 ‘quvchilarda harakatli o‘yinlarnii mustaqil holda tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur bilim va malakalar hosil qilish. Harakatli o‘yinlarni o‘tkazishda o‘qituvchining tashkilotchi va tarbiyachi sifatidagi vazifalari juda keng va mas’uliyatlidir. 0 ‘yinlar awalo to‘g‘ri tanlanishi, shug‘ullanuvchi bolalar yoshi, jinsi va jismoniy imkoniyatlariga mos bo‘lishi darkor. 0 ‘yinni to‘g‘ri tanlash va maqsadga muvofiq ravishda o‘tkazish juda muhim ahamiyatga ega. Ammo o‘yin hamma vaqt ham tarbiyaviy vazifalarni hal qilavermaydi. Tarbiya sohasida yaxshi natijaga erishish uchun harakatli o'yinlar tarbiyaviy ruhda tashkil qilinishi va o‘tkazilishi kerak. 0 ‘yin rahbari bolalar jamoasini yaxshi bilishi, har bir o‘yinning mazmuni va qoidalari bilan batafsil tanishishi, yuksak pedagogik mahoratga ega bo‘lishi lozim. Shundagina u harakatli o‘yinlardan ko‘zlangan ta’limga va tarbiyaviy maqsadlarga erisha oladi. Bolalar o‘yin davomida o‘z fe’l-atvori va shaxsiy xususiyatlarini namoyish qiladilar. Bundan esa o‘qituvchi ularning turli odatlarini, salbiy va ijobiy qiziqishlarini bilib olishi, tegishli tadbirlami belgilashi, o‘yinni muayyan yo'nalishga solib, ularda sofdillik, mardlik, rostgo‘ylik, hamjihatlik, o‘zaro hamkorlik, hurmat-izzat kabi hislatlami shakllantirishi lozim.
Shu bilan birga u bolalarga о‘yin qoidalarini buzmagan holda ijodiy tashabbus ko‘rsatishda har jihatdan yordam berishi kerak. 0 ‘qituvchi o‘yinlami o‘tkazish jarayonida pedagogikaning didaktik prinsiplaridan foydalanishi va doimo ulami amalga oshixishga erishishi lozim. 0 ‘qituvchi o‘quvchilarga har bir o£yinning mazmuni, vazifasi va qoidalarini tushuntirib beradi. Bu esa ularga o‘yinga ongli munosabatda bo‘lish, uni to ‘g‘ri o‘rganib ohsh, o‘z xatolari va yutuqlarini to‘g‘ri tushunish va o‘z harakatlarini o‘rtoqlarining harakatlariga qiyoslab tahlil qilish imkonini beradi. 0 ‘quvchining o‘yin mashqlarini o‘rganishda o‘qituvchiga ko‘r-ko‘rona taqlid qilaverishi ham maqsadga muvofiq emas. 0 ‘qituvchi o‘rgatadigan va o‘quvchilar ongli ravishda bajaradigan harakatlar bolalarda tashkilotchilik ko‘nikmalarini tarbiyalashda yordam berishi kerak. Bunga o‘yinni o‘tkazish uchun o‘quvchilardan hakamlar va ulaming yordamchilarini tayyorlash yo‘li bilan erishiladi. 0 ‘qituvchi bolalar bilan o‘tkaziladigan o‘yinlar bir oz muayyan qiyinchiliklarni yengish bilan bog‘liq bo‘lishiga, o‘yin jarayonida bajariladigan har bir vazifa amalga oshishiga erishishi va to‘siqlar qanday zabt etilishiga ko‘ra murakkablashtirib borilishi zarur. Bu ish bolalami mehnatsevarlikka o‘igatadi, ulardagi iroda kuchini orttirib boradi. 0 ‘qituvchi o‘yinni o‘tkazisliga tayyorgarlik ko‘rishda uning aniq vazifalarini belgilab chiqadi, bu vazifalar bolalaming yoshiga mos, ya’ni ular bajara oladigan bo‘lishi kerak. 0 ‘yinni tashkil qilish va o‘tkazishda o‘quvchilami iloji boricha tashabbus ko‘rsatib, faol qatnashishga rag‘batlantirish juda muhimdir Bolalar ijodiy faollik k.o‘rsatib o‘ynasalar, o‘yinlar ularda tashkilotchilik malakasini o‘stiradi. Ko'zlangan maqsadga erishish uchun o‘rtog‘iga yordam berish, o‘z hoUcha yoki o‘rtoqlari bilan darhol bir qarorga kelish— ijodiy tashabbuskorlik hisoblanadi. Agar bolalar o£yinni ilgari o‘zlashtirgan bo‘isa!ar, o‘yin paytida ularning faolligi yanada ortishi mumkin. 0 ‘yin paytida bolalaming faollik ko‘rsatishi o‘qituvchining ana shu o‘yinni o‘tkazishga qanday tayyorlanishiga ham bogiiqbo‘ladi. 0 ‘qituvchining o ‘zi o‘yinni aniq va yaqqol tasawur qiiishi, o‘yin paytida o'ynovchilaming o‘zaro munosabatlarini yaxshi tushunishi lozim. O'yin
rahbari keyinchalik bolalar o‘yinni qanday o‘zlashtirishlariga qarab, ularga sardorlik, hakamlik qilish ishlarini topshirishi va bolalar o‘yinga uyushqoqlik bilan qatnashadigan bolganlaridan Song, ular orasidan oziga yordamchilar tayinlashi kerak. Shunda ham bolalar o‘yinini rahbarning o£zi kuzatib turmog‘i lozim. 0 ‘yinni obrazli qilib tushuntirish, eng muhim omillardan sanaladi. Bu ish ayniqsa, mazmunli o‘yinlarni so'zlab berishda g’oyat zarur bo’lib, o’yin qatnashchilari o’z rollarini to’g‘ri bajarishlarida yordam beradi. 0 ‘quvchilar o‘yin mazmunini puxta o‘zlashtirishlari uchun rahbar og‘zaki tushuntirishni amalda ko‘rsatish bilan, ya’ni o’yinning ayrim harakatlarini bajarib ko£rsatish bilan olib borishi lozim. 0 ‘yin qoidalarini tushuntirishda, harakatlarni ifodalab berishda, ko’rgazmali qurollardan foydalanishda uning aniq vazifalarini doimo nazarda tutishi zarur. 0 ‘yinlarni rejalashtirishda ularning mazmuni va o’zaro bog’liqligini ham unutmaslik muayyan yoshdagi o£quvchilarni jismoniy tarbiyalash vazifalariga muvofiqligini hisobga olishi kerak. Masalan, yangi bilim va malakalar mavjud bilim va malakalarga bog’lab berishi lozim. Aytaylik, mashg‘ulotlarda to’pni uzatish, ilib olish, o‘ynatib olib yurish va savatga tashlashning asosiy qoidalari o’rganilgan bo‘lsin. Mana shunga oid bilim va malakalarni mustahkamlash uchun «To’p onaboshiga» o’yinini yoki uch variantli «To’p o‘yinlari»ni tavsiyaetish mumkin. Shuningdek bunda qatnashuvchilaming o‘sish va jismoniy tayyorgarlik darajasiga mos o'yinlarni tanlash va o’tkazish lozim. Har bir o‘yinning o‘ziga xos xususiyatlari va qiyinchiliklari bo'ladi. Shuning uchun o'yinni tanlashda undagi qiyinchiliklarni o‘quvchilar bir oz kuch sarflab yenga olishlarini nazarda tutish kerak. To‘siq yoki qiyinchiliklami yengishga, ya’ni yetarli darajada kuch sarflashga majbur qilmaydigan o‘yin bolalarda hech qanday qiziqish o‘yg‘otmaydi. Lekin kuch talab qiladigan o‘yin bolalarning qo‘lidan keladigan bo‘lishi ham kerak. Shundagina u bolalarda o‘z kuchlariga bo‘lgan ishonchni hosil qiladi va ularga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Juda yengii yoki haddan tashqari og‘ir o‘yinlar ham qiziqarli o‘tmaydi. 0 ‘qituvchi o‘yinlami osondan qiyinga, oddiydan murakkabga tamoyili bo‘yicha belgilashi lozim. Tashkil qilinishi sodda va jamoalarga bolinmay o‘ynaladigan o‘yinlar oddiy o‘yinlar hisoblanadi. Bunday o‘yinlaming qoidalari juda oson bo‘ladi. Teng tarkibli jamoalarga bolinib o‘ynaladigan o‘yinlar bir oz murakkab va eng murakkab o‘yinlarga kiradi. Bunday о‘yinlaming qoidalari qiyinroq va murakkabroq ham bo‘ladi. 0 ‘qituvchi tanish o‘yinlardan notanish o‘yinlarga o‘tishni ham nazarda tutishi kerak. Bu tadbir bolalami o‘yinga qiziqtirishda yordam beradi. Yangi o‘rganiladigan o‘yinlardagi harakatlarning tanish o‘yinlardagi harakatlarga o‘xshashi va ularga hali bolalar uchun noma’lum qoidalar va harakatlar kiritilishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, o'quvchilar «Epchil bolalar» o‘yinini biladilar, endi ularga «Ikki ayoz» o‘yinini o‘rgatish mumkin va bu ish ancha oson bo‘ladi. Chunki mana shu ikkala o‘yinning qoidalari o‘xshash, faqat ikkinchi о‘yin murakkabroqdir. Shu tariqa o‘rganiladigan o‘yinlar asta-sekin murakkablashib borsa bolalarda yangi harakat ko‘nikmalari hosil bo‘lib boradi va ilgari o'rganilgan harakatlar takomillashib boradi. 0 ‘quvchilar harakat ko‘nikmalarini, shuningdek ilgari olgan bilimlarini puxta o‘zlashtirishiga erishmoq uchun o‘yinlami muntazam ravishda takrorlab borishi zarur. Ammo bu bir xil o'yinlami takrorlayverish lozim, degan gap emas, balki mazmuni har xil o‘yinlamiig ma’lum bir qismini takrorlab turish, o‘quvchilaming o‘yinlarni puxta o‘zlashtirisMariga erishish, ulaming bilim va malakasini uzluksiz tekshirib borish, demakdir. Bu ish о‘yin qatnashchilarining kamchiliklarini va yo‘l qo‘ygan xatolarini aniqlashda, o‘z vaqtida tuzatishda yordam beradi. Bolalaming o‘yinlarni puxta o'zlashtirishi ularga bu o‘yinlardan bolalar oromgohi va boshqa joylarda mustaqil ravishda foydalanish imkonini ham beradi.

Download 40,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish