Mundarija kirish. Bob. Hadis ilmining paydo bo’lishi. Imom Al-Buxoriyning hayoti va faoliyati haqida


Bob. Qur’oni karimdan keyin turuvchi muqaddas kitob. Imom Buxoriy hadislaridan na’munalar, muqaddas kitobni anglash



Download 99,84 Kb.
bet4/9
Sana06.04.2023
Hajmi99,84 Kb.
#925401
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Imom Al-Buxoriyning

2. Bob. Qur’oni karimdan keyin turuvchi muqaddas kitob. Imom Buxoriy hadislaridan na’munalar, muqaddas kitobni anglash.
2.1 Qur’oni karimdan keyingi turuvchi muqaddas kitob.
2017 yilning 19 sentabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqi dunyo hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otdi. Undagi “Biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz”, degan so‘zlari O‘zbekistonning bu boradagi pozitsiyasini aniq va ravshan ko‘rsatib berdi. Nutqda, jumladan, shunday deyiladi: “Markaziy Osiyo Uyg‘onish davri namoyandalarining islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan bebaho hissasini alohida qayd etmoqchiman. Ana shunday buyuk allomalardan biri Imom Buxoriy o‘z ahamiyatiga ko‘ra islom dinida Qur'oni karimdan keyingi muqaddas kitob hisoblangan “Sahihi Buxoriy”ning muallifi sifatida butun dunyoda tan olingan. Bu ulug‘ zotning g‘oyat boy merosini asrab-avaylash va o‘rganish, ma'rifatiy islom to‘g‘risidagi ta'limotini keng yoyish maqsadida biz Samarqand shahrida Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildik”.
Hadis ilmining sultoni Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning ma'naviy merosini o‘rganish va targ‘ib etishda ushbu xalqaro Markazning o‘rni katta. Markaz ilmiy tadqiqotlar va malaka oshirish o‘quvlari yo‘nalishida faoliyat yuritadi. Yiliga to‘rt marta “Imom al-Buxoriy saboqlari” jurnali chop etiladi.
Ta'kidlash joizki, Hazratning shoh asarlari “Al-Jome' as-sahiyh” (4 jildlik) va “Al-adab al-mufrad” to‘lig‘icha o‘zbek tiliga o‘girilib, keng kitobxonlar ommasiga tortiq etilgan. Bugungi kunda Imom Buxoriy nomi bilan Toshkent islom instituti faoliyat yuritmoqda. Qolaversa, bir necha jome masjidlar hadis bilimdonining nomi bilan ataladi.
Samarqandning Xartang qishlog‘ida, alloma dafn etilgan go‘shada muhtasham majmua barpo etilgan. Bu yodgorlik majmuasi Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Andijon, Namangan, Qo‘qon va Shahrisabz xalq ustalari tomonidan qisqa muddat, ya'ni sakkiz oy mobaynida barpo etilgan ekan. Majmua tarkibida hazratning maqbaralari, katta jome masjid, muzey va boshqa inshootlar bor. Ta'kidlash joizki, muzeyda birinchi yurtboshimizga o‘sha paytlardagi Saudiya Arabistoni podshosi tomonidan sovg‘a qilingan ka'bapo‘sh saqlanadi. Shuningdek, majmua xududida beshta chinor daraxti va ular bo‘yidagi hovuz ham tarixiy ahamiyatga ega. Ushbu daraxtlar 16-asrda Buxoro xoni Abdullaxon tomonidan ekilgan. Hozirda chinorlarning yoshi 570 dan oshganini mutaxassislar ta'kidlashadi. Bugungi kunda yer sharining turli nuqtalaridan kelayotgan ziyoratchilarni ko‘rganda, Qur'oni karimdan keyin ikkinchi o‘rindagi muqaddas kitob “Sahihi Buxoriy”ni tuzgan zot bilan vatandoshligingdan faxrlanib ketasan kishi.
Imom Buxoriy hazratlari dunyo miqyosida nechog‘lik ulkan martabaga ega bo‘lishiga qaramasdan, sobiq sho‘ro tuzumi davrida o‘zining munosib qadr-qimmatini topmagan siymolardan biri edi. Eng ayanchlisi, xorijiy yurtlarda, ayniqsa, musulmon olamida yuksak ehtiromu cheksiz mehr-muhabbatga sazovor bo‘lgan alloma o‘z yurtida e'tibordan chetda edi. Uning hayoti va bebaho merosi deyarli o‘rganilmas, alloma abadiy qo‘nim topgan maskan tashlandiq va o‘ta ayanchli holatda bo‘lganini mahalliy aholining yoshi ulug‘lari yaxshi eslashadi.
— O‘zligimizni, milliy qadriyatlarimizni anglash yo‘liga kirishar ekanmiz, bu ishlarning debochasida Imom Buxoriy hazratlarining ma'naviy merosini o‘rganish vazifasi turishi tabiiy holdir, — deb yozadi Imom Buxoriy jome masjidi imom xatibi Zayniddin Eshonqulov. — Chunki bu zotning islom diniga qilgan xizmati barcha zamon ulamolari tomonidan e'tirof etib kelingan. Birgina misol tariqasida qatarlik olim Doktor Muhammad Ali Donaviyning “Al-Umma” jurnalidagi (1982 yil, avgust) “... Darhaqiqat, Islom ummati ko‘pgina fazilatlar, ilm va hidoyat evaziga Buxoriydan qarzdordir. Bu ummat zimmasiga yuklatilgan vazifa shuki, ular o‘z farzandlariga maktablarda, oliygohlarda va majlislarda Buxoriy hazratlari o‘zi kim ekanliklarini o‘rgatmoqlari lozim”, degan e'tirofini keltirib o‘tish kifoya.
Bu ulug‘ zotning benihoya nodir quvvayi hofizasi va hadisshunosligi xususida el orasida bir qancha rivoyatlar yuradi. Alloma umri davomida juda ko‘p safarlarda bo‘lgani ma'lum. Imom Buxoriy Basra shahriga kelganlarida jarchi “Ey ahli ilmlar! Muhammad ibn Ismoil Buxoriy keldi!”, deya hamyurtlariga xabar qiladi.
Uni izlab borganlar Basra jome masjidida, ustun ortida namoz o‘qiyotgan yosh yigitni ko‘radilar. U namozini o‘qib bo‘lishi bilan atrofini o‘rab olib, ular uchun imlo majlisi qurishini iltimos qilishadi. U kishi rozi bo‘ladi.
Shunda jarchi ikkinchi marta “Batahqiq, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy keldi! Biz undan imlo majlisi qurishni so‘radik! U ertaga falon joyda majlis qurishga rozi bo‘ldi!”, deb jar soladi. Ertasiga faqihlar, muhaddislar, hofizlar va nozirlardan minglab odam jamlanadi.
Manbalarda ta'kidlanilishicha, Bog‘dodda ham ulug‘ allomaning ko‘plab shogirdlari bo‘lgan. Abu Ali Solih ibn Muhammad Bog‘dodiy shunday degan ekan:
“Muhammad ibn Ismoil Bog‘dodda majlis qurar edi. Men uning imlosini odamlarga yetkazib turar edim. Uning majlisiga yigirma mingdan ziyod odam jamlanar edi”. Xulosa shuki, hadis ilmining sultoni o‘z davrida ham, keyin ham ustozlarning eng ulug‘i bo‘lgan. Boshqacha qilib aytganda, o‘z bilimini xalqqa yetkazishda benihoya bag‘rikeng va bokaram inson sifatida hurmat qozongan.
Muhammad ibn Yusuf Firabriy aytgan ekan:
«Bir kecha Muhammad ibn Ismoilning uyida qoldim. U zotning o‘sha kecha o‘n sakkiz marta turib yodiga tushgan narsalarni yozib qo‘yganini hisobladim». Bundan ko‘rinadiki, hazrat ilm yo‘lida nafaqat dunyoviy manfaatlaridan voz kechgan, balki bunday zahmatdan lazzat topgan komil inson bo‘lgan.
Yaqinda Muqaddas Ka'ba ziyoratiga borib qaytgan hoji otalarimizdan biri bilan suhbatlashib qoldim. Uning aytishicha, bizning otaxonu onaxonlarimiz u muborak joyni tavof qilishni qanchalik istashsa, Saudiya Arabistonidagi insonlar Imom Buxoriy dafn etilgan tuproqni bir ko‘rishga orzumand ekan.
Chindan ham, hozirda Imom Buxoriy majmuasiga dunyoning turli burchaklaridan ziyorat umididagilar tashrif buyurishmoqda. Mahorat bilan bezatilgan koshinli ayvonlar, mahobatli maqbara, serfayz hovliyu, salobatli masjid va boshqa tarix va bugunni o‘zida akslantirgan binolar har qanday sayyohni befarq qoldirmasligi shubhasiz.
Yurtimizda yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning bebaho ilmiy-ma’naviy merosini tadqiq qilish, ular qoldirgan asarlarni ilmiy-izohli tarjima qilib, ommalashtirish hamda xorijiy davlatlardagi kutubxonalar, arxiv fondlarida saqlanayotgan qo‘lyozmalarning elektron nusxalarini to‘plab, xalqimizga yetkazish dolzarb masalalarga aylanmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti marhum Islom Karimov shunday degan edi: “Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qo‘shgan betakror hissasi to‘g‘risida so‘z yuritganda, eng avvalo, haqli ravishda musulmon olamida “muhaddislar sultoni” deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning muborak nomlarini hurmat-ehtirom bilan tilga olamiz. Bu mo‘’tabar zot merosining gultoji bo‘lmish eng ishonchli hadislar to‘plami – “Al-Jome’ as-Sahih” kitobi islom dinida Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba’ bo‘lib, ahli islom e’tiqodiga ko‘ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug‘i hisoblanadi. Mana, o‘n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini imon nuri bilan munavvar etib, haq va diyonat yo‘liga chorlab kelmoqda”.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy milodiy 810-yilda (194-hijriy) Buxoro shahrida dunyoga kelib, bolalik chog‘laridanoq Buxorodagi yetuk allomalardan dars olib, hadis ilmida kuchli xotira va o‘tkir zehn sohibi bo‘lib voyaga yetdi. Imom al-Buxoriy o‘n olti yoshida onasi va akasi Ahmad hamrohligida Makka shahriga haj qilgani borib, o‘sha yerda qoldi va hadis ilmini o‘rganishda davom etdi. U yerdagi zabardast ulamolardan Payg‘ambarimiz sallolohu alayhi vasallamning hadislarini yozib olib, o‘sha davrdagi Islom olamida mashhur bo‘lgan ilmiy markazlarga safar qildi, qishloq va shaharlarni kezdi, hadis ilmidagi bahs-munozalarda ishtirok etdi. Natijada, Imom al-Buxoriy hadis ilmida kamolotga erishib, o‘zi yod olgan 600 mingga yaqin hadislarni sahih va g‘ayri sahihlariga ajratdi.
Imom al-Buxoriy Islom olami va muhaddislar orasida “Imom ul-Muhaddisiyn” (Barcha muhaddislarning peshvosi) deb hurmat bilan tilga olinadi. Imom al-Buxoriyning “Al-Jomi’ as-Sahih” (Ishonarli to‘plam) asari haqida so‘z ketganda shuni aytish mumkinki, mazkur manba Islom dini ta’limotida Qur’oni karimdan keyin asosiy manba sifatida foydalaniladi. Imom al-Buxoriy yashagan davrdan oldin ta’lif etilgan hadis kitoblarida sahih va g‘ayri sahih hadislar aralash holda berilgan bo‘lib, o‘quvchi ulardagi biror hadisni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini, hadis rivoyat qiluvchining ahvolini tekshirmay va aniqlamay turib, bilolmasdi. Buning uchun o‘quvchi o‘sha hadisga aniqlik kiritish maqsadida ulamolardan so‘rashga majbur bo‘lardi.
Mana shunday og‘ir davrda Imom al-Buxoriy “Al-Jomi’ as-Sahih” kitobini 16 yilda yozib tugatib, unga 7275 dan ortiq sahih hadislarni boblarga ajratib tartibli ravishda jamladi.
Imom al-Buxoriyning “Al-Jomi’ as-Sahih” kitobiga mashhur olimlar tomonidan yuzdan ziyod sharh va xoshiyalar bitilgan. Jumladan, “Fathul-Boriy”, “Al-Kavkab ad-Daroriy”, “Irshodus-Sariy”, “Umdat al-Qoriy”, “Fayzul Boriy” va boshqa ko‘plab sharhlarni misol qilib keltirish mumkin.
Bundan tashqari, Imom al Buxoriyning “Al-Adab al-Mufrad” (Odob durdonalari), “Birr ul-Volidayn” (Ota-onani hurmat qilish), “At-Tarix al-Kabir” (Katta tarix), “At-Tarix al-Avsat” (O‘rtacha tarix), “At-Tarix as-Sag‘iyr” (Kichik tarix), “Al-Jome’ al-Kabir” (Katta hadislar to‘plami), “Kitab al-Ilal” (Nuqsonli hadislar kitobi), “Kitab al-Kunya” (Hadis roviylarining taxalluslari) kabi yigirmadan ortiq asarlarlari mavjud.
Imom Buxoriyning ijodiy merosi o‘zining hajmi, zamonasining diniy va ijtimoiy fanlarini to‘la-to‘kis qamrab olganligi bilan kishini hayratga soladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 14-15 aprel kunlari Samarqand viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida Imom Buxoriy yodgorlik majmui qoshida xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini qurish taklifini bildirib, shunday degan edi: “Buyuk mutafakkir bobomiz, barcha muhaddislar peshvosi Imom Buxoriy mangu qo‘nim topgan ushbu maskanda o‘ziga xos ma’naviy-ruhiy muhit mavjud. Majmuaga ziyoratga kelgan odam bu markazga ham kirib, o‘ziga katta ozuqa olsin, bobolarimiz hikmatlaridan o‘rganib ketsin. Shunda ularning qalbida ulug‘ ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg‘usi rivoj topadi, ayni paytda shunday buyuk zotlarning avlodi mas’uliyatini his etadi”. 
Demak, hadislar mazmunan har bir mo‘minning ishonchini, e’tiqodini mustahkamlaydi va shu bilan birga insonni ma’naviy kamolotga da’vat etadi. Shunday ekan, hadislar komil insonni shakllantirishda muhim manba bo‘lib hisoblanadi va undan yoshlar tarbiyasida foydalanish shu kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi.
"Sahih Buxoriy" (asl nomi "Al-Jomeʼ as-sahih" — "Ishonchli toʻplam") — 6 ta ishonchli hadis toʻplamlaridan biri. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning 4 jilddan iborat bu hadislar toʻplami islom olamidagi boshqa muhaddislar toʻplagan hadis toʻplamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. Toʻplamda fiqh, oila, nikoh, meros, ilm-maʼrifat, imon, eʼtiqod, axloqodob, taʼlim-tarbiya va boshqa masalalar yoritilgan. Unda islom arkoilariga aloqador mavzular bilan birga oʻsha davr tarixi va etnografiyasiga oid koʻpdan-koʻp maʼlumotlar mavjud. Imom al-Buxoriy 600 mingga yaqin hadis toʻplab, ulardan takrorlanadiganlari bilan 7397 tasini ishonchli deb hisoblab kitobiga kiritgan. Toʻplamda takrorlanmaydigan hadislar soni 4000 taga yaqin. "Sahih", yaʼni ishonarli hadislarni boshqa hadislardan ajratib, alohida toʻplam shakliga keltirish anʼanasini birinchi boʻlib Imom al-Buxoriy boshlab bergan. Shundan keyin Imom Muslim, Imom at-Termiziy, Imom an-Nasoiy, Imom Abu Dovud, Ibn Moja kabi yirik muhaddislar ham uning izidan borib, sahih hadislarni alohida toʻplam shaklida tasnif etishni boshlaganlar. Imom al-Buxoriyning bu shoh asari dunyo yuzini koʻrganiga qariyb 1200 yil boʻldi. Lekin u to shu vaqtgacha ham islom manbalari boʻyicha Qurʼoni karimdan keyin ikkinchi oʻrinni egallab kelmoqda. Ushbu asarning koʻplab nusxalari islom olami boʻylab keng tarqalgan. Hatto oʻrta asrda yashagan ayrim adib va xattotlar uchun bu asardan nusxa koʻchirib berish anʼanasi boʻlgan. Asarning asrlar osha bizgacha yetib kelgan turli arab yozuvi uslubida bitilgan qoʻlyozma nusxalari mamlakatimizda va xorijiy yurtlarda mavjud. "Sahih Buxoriy" asariga koʻpdan-koʻp sharhlar yozilgan. Muqim manba sifatida u qaytaqayta nashr etilib kelinmoqda. 1974 - yil Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari tashabbusi bilan mamlakatimizda islom dunyosi vakillari ishtirokida asar muallifi — Imom al-Buxoriyning 1200 yillik yubileyi nishonlangan edi. Shu munosabat bilan "Sahih Buxoriy" arab tilida Toshkentda qayta nashr etildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻnggina toʻlaligicha oʻzbek tiliga oʻgirildi. Hozirgi "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti tomonidan 4 jildda (1-jild 1991-yil. 2-jild 1996-yil. 3-jild 1994-yil. 4-jild — 1992), 2-nashri esa 1997 - yilda chop etildi. Shuni ham qayd etish lozimki, asarda hadisning naql qiluvchi roviylariga katta ahamiyat berilgan. Lekin hadislardan olinadigan sharʼiy hukmlar toʻgʻrisida muallif aniq koʻrsatma bermagan. Shuning uchun asardagi barcha hadisni kitobxon oʻzicha hayotga tatbiq etmasdan, islom huquqiga oid fiqhiy kitoblar orqali amal qilishlari tavsiya etiladi. Masalan, mazmuni bir-biriga zid boʻlgan ikki hadisning, albatta, biri keyinroq aytilgan boʻlib, oldingisida aytilgan hukmni bekor qiladi, yaʼni amaldan qoldiradi. Lekin qaysinisi birinchi, qaysinisi ikkinchi ekani toʻplamda koʻrsatilmagan. Uni faqat fikhshunos mujtahid olimlargina ajrata oladilar. Bundan tashqari, toʻplamda mamlakatimiz musulmonlari amal qilib kelayotgan hanafiylik mazxabiga toʻgʻri tushmaydigan, balki boshqa uch mazhabga asos sifatida xizmat qiladigan hadislar ham talaygina. Binobarin, ibodat qoidalariga doir hadislar ichida shunga oʻxshashlari uchrab qolganda, mazxabimizga shubha qilmaslik, balki bizning qilayotgan amallarimiz uchun boshqa hadis toʻplamlarida asos boʻladigan hadislar borligini unutmaslik lozim6.
“Al-Jomiʼ as-Sahih” asari yozilishiga nima sabab bo‘lgan?
Tarixda ko‘plab buyuk mutafakkir va allomalarning nodir asarlarini tasnif etilishida muayyan bir sabab bo‘lgan. Bu ularning pokiza niyati, chiroyli amali va ilm yo‘lidagi tinimsiz xizmati bilan nodir asarlar yozishga undagan. Buyuk muhaddis Imom Buxoriyning hayotida ham xuddi shunday ulug‘ ustozlari tomonidan buyuk asarni yozishga targ‘ib bo‘lgan. “Sahih Buxoriy” asarining tasnif etilish tarixi hamda uning roviy va kotiblarining hayoti o‘rganilishi ham muhim ahamiyatga ega. Imom Buxoriyni shoh asarni tasnif etishda ilhomlantirgan voqea ham ajib ibratli tarixga ega. Ibrohim ibn Maʼqal Nasafiy: “Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriydan eshitdim, u kishi: “Isʼhoq ibn Rohavay huzurida edik. Shayximimz bizlarga “Sizlardan birontangiz Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning sunnatlarini qisqa muxtasar holda kitob qilsangiz” dedilar”. “Bu taklif mening qalbimdan joy oldi va “Jomeʼ” (“Sahih al-Buxoriy”) kitobimni jamlashni boshladim” dedilar” deb taʼkidlagani.
Ibn Hajar Asqaloniy o‘zining “Hadyi-s-Soriy” asarida ishonchli sanad bilan Muhammad ibn Sulaymon ibn Foris tomonidan aytilgan Imom Buxoriydan shunday rivoyatni keltiradi: “Men tushimda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ni ko‘rdim, u kishi go‘yo-ki, uyquda edilar. Men u kishining oldida turibman qo‘limda bir yilpig‘ich u bilan Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning muborak yuzlaridan pashshalarni haydayapman. Bu tushning taʼbirini tushni taʼbir qiladiganlardan so‘radim. Ular: “Siz Rasululloh (sollalloh alayhi vasallam)ning sunnatida paydo bo‘lgan yolg‘onlarni ketgizasiz” dedilar. Bu menga “Al-Jomiʼ as-Sahih”ni tasnif etishimga sabab bo‘ldi” dedilar7.
Buyuk asar “Sahih al-Buxoriy”ni tasnif etilishiga bo‘lgan bu ikki sabab ham shubhasiz, Imom Buxoriyning o‘zi tomonidan rivoyat qilingan. Bu uning ustozi marvlik buyuk muhaddis, musnid imom, hofiz Isʼhoq ibn Rohavayning bergan taklifi va Buxoriyning tushiga Alloh taolo tomonidan berilgan ilohiy rag‘bat. Bu ikki sabab ham 20-22 yoshdagi Muhammad ibn Ismoil Buxoriyga kelajakda “Sahih al-Buxoriy” asarini yozishga katta rag‘bat bergan. Bu ilohiy rag‘bat va ustozining irshodi uning keyinchalik buyuk asarni tasnif etishi va bu asar Qurʼoni karimdan keyingi maqomda bo‘lishida ishorat bo‘lgan. Shundan so‘ng Imom Buxoriy shoh asarni yozishga kirishib, uni 16 yilda yozib bitirgan. Asarni boshlanishi 217/833-yilda bo‘lib, bu vaqtda Imom Buxoriyning yoshi 23 yoshda bo‘lgan. Buyuk muhaddis 39 yoshida 233/849-yilda yozib bitiradi. Bu ulug‘ ishni bajarish Alloh taoloning buyuk marhamati bilan yer yuzida faqat Imom Buxoriyga nasib etgan.
Imom Buxoriy “Sahih al-Buxoriy” asarini jamlash uchun o‘zining xolis mehnati, mustahkam taqvo va zuhdi hamda o‘n olti yillik vaqtini sarflagan. Abu Isʼhoq Zanjoniy shunday dedi: “Abdurrahmon ibn Rasoyin Buxoriydan eshitdim, u Imom Buxoriydan eshitganligini shunday deb aytib berdi: “Sahih” kitobimni o‘n olti yilda yozdim. Men kitobdagi hadislarni olti yuz ming hadislardan tanlab oldim va uni (kitobni) Alloh taolo va o‘zim o‘rtamda hujjat qilib bitdim” deb aytdi”. Imom Buxoriyning bu so‘zi haqiqatdan o‘z isbotini topdi, o‘z davrida aytilgan bu bashorat asrlar osha butun islom ulamolari tomonidan ittifoq bo‘lindi. Ko‘plab hadis borasida asarlar tasnif etilsada, bu kabi asarni dunyo yuzi qaytib ko‘rmadi.
“Sahih al-Buxoriy” asarining nomlanishi borasida muhaddis va muarrixlarning bir nechta qarashlari mavjud. Asarning mashhur bo‘lgan nomi “Al-Jomeʼ as-Sahih” bo‘lib, asosan ushbu nom bilan tarix va hozirgi davrda yuritilib kelinadi. Imom Buxoriy bu shoh asarini aslida “Al-Jomeʼ al-Musnad as-Sahih al-Muxtasar min umuri Rasulullohi sallallohu alayhi vasallam va sunanihi va ayyomihi” (Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning sunnatlari va u kishining hayotlari haqida qisqa, sahih, sanadi uzluksiz, barcha islom ahkomlarini jamlovchi) deb nomlagan. Bu nom bilan kelganligini ko‘plab muhaddis va allomalar taʼkidlaydi. Jumladan, Abu Nasr Kalaboziy “Rijolu Sahih al-Buxoriy”, Abduxoliq ibn G‘olib ibn Atiyya “Fihrist ibn Atiyya”, Hofiz ibn Xoyr Ishbiliy “Fihrist mo ravo an shayxihi”, Hofiz Badruddin Ayniy “Uʼmdat al-Qoriy” asarlarida “Al-Jomeʼ al-Musnad as-Sahih al-Muxtasar min umuri Rasulullohi sallallohu alayhi vasallam va sunanihi va ayyomihi” deb nomlanganini tasdiqlaydi. Muhaddisning “Sahih al-Buxoriy” asarini bunday nomlanishida quyidagi sabablar keltirib o‘tiladi:
“Al-Jomiʼ” – deb nomlanishi asar islom ilmlaridan bo‘lgan imon, tavhid, ibodat va muomalat hukmlari, jihod va g‘oziylik, tarix, fazoil, manoqib, tafsir, nikoh, odob-axloq, zuhd kabi masalalarni qamrab olgan. Hadis ilmida bu masalalarni o‘z ichiga olgan asar “Jomeʼ” deb nomlanadi.
“Al-Musnad” – asarda hadislarning muttasil sanad bilan kelgani, har bir hadis marfuʼ yaʼni sanadining Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ga borib ulanishiga aytiladi. Imom Buxoriy asaridan oldin tasnif etilgan hadis asarlarida sahih hadislardan boshqa zayif, munqatiʼ- roviyning bir joyda tushib qolishi va muʼzal - bir joyda ikki roviyning tushib qolishiga o‘xshash hadislar ham kiritilgan. Bu asarda bu kabi hadislarning uchramasligi bilan muhim ahamiyatga ega.
“As-Sahih” – mazkur asarda faqat sahih hadislar saralab olingan. Imom Buxoriy o‘z asarida oldingi asarlardan farqli bo‘lgan yo‘nalishga asos solgan. Muhaddisgacha bo‘lgan davrda jamlangan kitoblarda sahih, hasan, zayif, mavzu hadislar birga jamlangan. Imom Buxoriy hadislarning fiqhiy mavzusi, turi, sahihligiga qarab tasniflash metodiga birinchi bo‘lib asos solgan muhaddisdir8.
“Al-Muxtasar” – Imom Buxoriy yod bilgan yuz ming sahih hadislar ichidan 7397 tasi tanlab olingan. Asarni hajmi katta bo‘lib ketishidan saqlangan va hadislarning takrorlanmaslik va ularning nodir jihatiga alohida eʼtibor qaratgan. Asarni boshlashda muhaddisning niyati ham ustozi Isʼhoq ibn Rohavayning taklifi asosida butun sunnat va hadislarni jamlovchi qisqa-muxtasar asar yaratish bo‘lgan9.
“Min umuri Rasulullohi sallallohu alayhi vasallam va sunanihi va ayyomihi”- asarda jamlangan hadislarning barchasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan so‘zlari, bajargan ishlari, sahobalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tasdiqlashlari va u zotning ulug‘ shamoillari, tarixi va chiroyli xulq-odoblarini qamrab olganligidir10.
Islom tarixida buyuk maqom kashf etgan muhaddisning shoh asari asrlar osha o‘rganilib, islom taʼlimotida Qurʼoni karimdan keyingi manba sifatida foydalanib kelinmoqda. “Sahih al-Buxoriy” asarining yaratilishi va uning keyingi avlodlarga yetib kelishida ham buyuk bir ibratli tarix bor. Zero, bu asarning butun musulmonlar qalbidan joy olishi bejiz emas. Imom Buxoriyning tinimsiz ilm yo‘lida chekkan mashaqqati, qirq yil sahroi-shaharlarni kezib qiyinchiliklarga sabr qilishi, tunu-kun qilgan ilmiy mehnati, sof eʼtiqodi va xolis amalining buyuk samarasidir. Imom Buxoriy bu asarni yozib tarixning oltin sahifasiga muhrlashi bilan faqat orzu havas va shirin xayol bilan ulug‘likka erishib bo‘lmasligini isbotladi. Ilm yo‘lidagi buyuklik ilm-maʼrifat va xolis xizmat bilan bo‘lishini o‘zining ibratli hayoti bilan ko‘rsatib berdi11.
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, “Hilol nashr” matbaa nashriyoti hamkorligida Imom Buxoriy qalamiga mansub “Sahihi Buxoriy”asarining oʻzbek tilidagi sharhi kitobi taqdimoti oʻtkazildi.
Tadbirda yangilanayotgan Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar silsilasida Imom Buxoriy hayoti va merosini oʻrganish, ularni tadqiq hamda targʻib etishga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.
Ulugʻ allomalarimiz, jumladan, Imom Buxoriyning gʻoyat boy merosini asrab-avaylash va oʻrganish, maʼrifatli islom toʻgʻrisidagi taʼlimotini keng yoyish maqsadida Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Hadis ilmi maktabi hamda Toshkentda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etildi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2021 yilda buyuk muhaddisning tabarruk ziyoratgohini yanada obod, shukuhli va mahobatli qilish boʻyicha keng koʻlamli qurilish-bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi.
Imom Buxoriyning hadis ilmi borasidagi boy ilmiy-maʼnaviy tajribasi yurtimizda islom sivilizatsiyasiga munosib hissa boʻlib qoʻshilgan. Olimning “Sahihi Buxoriy” nomi bilan shuhrat qozongan, ulugʻ asar — “al-Jomeʼ as-sahih” (“Ishonchli toʻplam”) kitobi musulmonlarning koʻpchiligi, ulamolar tomonidan Qurʼoni karimdan keyingi muqaddas kitob sifatida eʼtirof qilingan.
— Yurtimizda “Sahihi Buxoriy” oʻzbek tiliga bir necha bor tarjima etilgan, — deydi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov. — Ularda hadislarning sharh va izohlari qariyb yoʻq darajada, faqat ayrim oʻrinlarida juda kam va qisqa shakldagi izohlar mavjud. Yangi nashrda “Sahihi Buxoriy”ni toʻliq va mufassal izohlashga eʼtibor berildi. Asar matnlarining quruq tarjimalarini tushuna olmagan omma orasida, xususan, yosh avlod oʻrtasida har xil bahs-munozaralar, tortishuvlar yuzaga kelayotgani sir emas. Dunyo olimlari bilan hamnafas boʻlish, ular kabi “Sahihi Buxoriy”ni yozilgani kabi oʻrganishda ham bugungi oʻzbek xalqining hissasi borligini koʻrsatish, mazkur manbaning asl haqiqatlari, sirlari va yashirin durlarini butun jahonga namoyon etish hamda musulmon ummati va yoshlarni sof islomiy aqida, pokiza mazhab, toza odob-axloqli boʻlishlariga targʻibot qilish maqsadida ushbu koʻp jildlik sharh vujudga keldi. Mazkur sharh muhaddislar sultonining hayoti va ijodini, uning eng sahih hadislar toʻplamini har tomonlama, puxta oʻqib-oʻrganishga, u haqda mufassal tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Zotan, uni yaratishda yuzlab qoʻlyozma, toshbosma va zamonaviy manbalardan foydalanildi.



Download 99,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish