Simfonik uvertyura
Uvertyura - lotin tilida ochilish, boshlash ma’nolarini bildiradi. Uvertyura musiqali sahna asarida muqaddima rolini bajaradi. Uvertyura mustaqil asar sifatida turli cholg‘u orkestrlar uchun ham yaratiladi. Mustaqil ravishda yozilgan uvertyura programmali yolci noprogrammali bo‘lishi mumkin. Uvertyura jahon kompozitorlari- ning ijodlarida janr va shakl sifatida shakllangan. Asrlar davomida juda ko‘p musiqali sahna asarlari uchun hamda mustaqil ravishda yaratilgan uvertyuralar mavjud. 0 ‘zbekiston kompozitorlarining barcha avlodlari ham ijodiy faoliyatlarida, o‘tgan yillarda musiqali sahna asarlarga va mustaqil uvertyuralar yaratdilar. 1977-yiIi kompozitor M.Bofoyev “Bayram uvertyurasi”ni musiqa shinavandalariga havola qildi. Asar sonata allegrosi shaklida yozilgan. Bu mukammal ravishda milliy intonatsiya usullari bilan boyitilgan original musiqiy sadolar simfonik orkestrning turli cholg‘u guruhlarida tovlanib zamon ruhini yaqqol tarannum etadi. Uvertyura muqaddima bilan boshlanadi va ajoyib jo ‘sh - xuruj tez harakatli usul bilan sug‘orilgan bosh partiya kiritiladi. Xulosa qilib aytganda, 0 ‘zbekiston kompozitorlari va ularning mustaqil ijodlari tufayli respublikamizda xilma-xil, rang-barang, milliy ruhda yaratilgan uvertyuralar bunyodga keldi. Simfoniya - (yunon so‘zi - ohangdosh so‘z ma’nosini bil- diradi). Jahon musiqa san’atida simfoniya janr sifatida, XVIII asrda G'arbiy Yevropa kompozitorlarining ijodiy izlanishîarida shakl- langan. Klassik simfoniya asiida to‘rt qismli murakkab cholg‘u musiqadir. 1-qism “Sonata allegrosi”, 2-qism vazmin suratli turli shaklga ega, 3-qism Skerso, 4-qism “Rondo” yoki “Variatsiya” shaklida yoziladi. Qismlarning o‘rni almashishlari mumkin. 1 yoki 5, 6 qismli simfoniyalar ham bo‘ladi. Katta va kamer simfonik orkestr va boshqa turdagi cholg'u orkestrlar uchun simfoniya yozish mumkin. Kompozitorlar simfoniya yaratishda orkestrlarning barcha imkoniyatlaridan mukammal ravishda foyda- lanadilar. XIX asming ikkinchi yarmidan boshlab, ayniqsa XX asrda insoniyat badiiy tafakkuri taraqqiyoti yangidan-yangi falsafiy- estetik tamoyillar kashf eta boshladi, Musiqa san’atida realizmning turlanishi boshlandi. Romantik ideallar, abstrakt umumlashmalar, impressionizm, ekspressionizm kabi ijodiy oqimlar, ma'lum estetik tamoyil va yo‘nalish bo‘yicha turlanish jarayoni avj oldi. Bulardan tashqari: “Serial”, “Aleatorika”, “Puantilizm”, “Sonorizm”, “Elekt ron musiqa” kabi avangard atalmish oqimlar ham avj oldi. Natijada bu davrga kelib “Tonallik va notonallik” texnika egallandi. Ijodiy tafakkur maydonida qaysi uslubiy yolni tanlash yoki qaysi birisini qoilash kompozitoming o‘ziga havola. 0‘zbekistonda ikkinchi jahon urushi yillari yuqorida zikr qilganimizdek, ilk bor G.Mushel S.Vasilenko, Kozlovskiy, MAshrafiylar bir qator simfonik asarlari bilan musiqa ijodiyotida o‘zlarini namoyon etdilar. 50-60-yillargacha o‘zbek kompozitorlari, asosan, simfonik musiqani “Syuita”, “Poema”, “Uvertyura” kabi kichik hajmli janr- larida barakali ijod qildilar va simfonik orkestrning repertuarini boyitdilar. 1955-yili Fattoh Nazarov tomonidan yaratilgan to‘rt qismli simfoniya, milliy ruh sug‘orilganligi bilan ajralib turadi. 1962-yili kompozitor Rashid Hamrayev o‘zining ilk 4 qismli simfoniyasini yaratadi. Asarni har bir qismida o‘zbek ayollarni uzoq va mashaqqatli bosib o‘tgan hayot yo‘Ilari ruhiy kechimalarini ziyo va taraqqiyot sari sabot qadam tashlashlari gavdalanadi.
2001-yili T.Qurbonov katta hajmli, monumental bir qismli 9- simfoniyani yaratdi va bobosi Qurbonboy lsmoilov va otasi Umar Qurbonovlaming xotiralariga bag‘ishladi. Lekin asar avtobiografík bo‘lishi biian birga, zamon va davr voqeaiarini ifoda etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |