Mundarija: Kirish Asosiy qism Metrologik xizmatlarga qo'yiladigan talablar. Laboratoriya binolariga qo’yiladigan talablar. Qiyoslash laboratoriyalarini akkreditatlash tartibi


Yuridik shaxslarning metrologik xizmatlarini akkreditlash



Download 114,04 Kb.
bet9/10
Sana02.06.2022
Hajmi114,04 Kb.
#630847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
sinov va kalibrlash laboratoriyalarining kompotentlari

3. Yuridik shaxslarning metrologik xizmatlarini akkreditlash

  • Akkreditatsiya talablari va shartlari.

  • Akkreditatsiya o'tkazish tartibi.

  • 1.Akkreditatsiya talablari va shartlari.

  • 2019 yil 24 apreldagi Vazirlar Maxkamasining 349-sonli qarori.

Quyidagilar akkreditatsiyaning umumiy talablari va shartlari xisoblanadi:

  • akkreditatsiya uchun ariza beruvchilarning vakolati va baholashga qo'yilgan talablarni tartibga soluvchi normativ xuquqiy xujjatlarga, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish soxasidagi xujjatlarga majburiy rioya qilish;

  • akkreditatsiya ob`ektlarini normal va samarali faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan mulk xuquqi yoki boshqa ashyoviy xuquq asosida taalluqli bo'lgan bino va inshootlar texnik – texnologik hamda o'lchash vositalari mavjudligi;

  • joriy etilgan va amaldagi sifat menejmenti tizimini mavjudligi xamdaakkreditatsiya ob`ekti faoliyatida uning talablariga rioya etish;

  • malakasi akkreditatsiya jarayonida Markaz tomonidan baxolanadigan va akkreditatsiyaning ariza berilgan soxasida malakali xodimlarning mavjudligi,ularning o'zaro almashinuvchanligini ta`minlash;

  • akkreditatsiyaning ariza berilgan soxasiga muvofiq texnik jixatdan tartibga solish soxasida normativ xujjatlarning mavjudligi;

  • akkreditatsiya ob`ektlari tomonidan 9 - bobda ko'rsatilgan majburiyatlarga o'z vaqtida rioya qilish;

Akkreditatsiya qilishda akkreditatsiya soxasidagi xalqaro qoidalar, akkreditatsiya bo'yicha xalqaro forum talablari (IAF) va labaratoriyalar akkreditatsiyasi bo'yicha xalqaro tashkilot (ILAC) talablari xisobga olinadi.
Quyidagilar ariza beruvchini akkreditatsiyadan o'tkazish uchun qo'shimcha shart xisoblanadi:
sertifikatlash organi yoki sertifikatlash bo'yicha inspektsiya organi sifatida akkreditatsiya ob`ektining ishlab, sotuvchilar, ijrochilar va istemolchilardan mustaqilligi;
baholanayotgan ob`ektning texnik jixatdan tartibga solish soxasidagi normativ xujjatida belgilangan majburiy kursatkichlarning aksariyat qismi aniqlashni ta`minlaydigan,belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o'tkazilgan o'zsinov labaratoriyasining mavjudligi;
baholanayotgan ob`ektning majburiy ko'rsatkichlarining yetishmayotgan qismi aniqlashni ta`minlovchi akkreditatsiyadan o'tkazilgan boshqa sinov labaratoriyalari bilan xamkorlik to'g'risidagi bitimlarning mavjudligi;
yuklarni ortishdan oldin yoki tushirish vaqtidagi inspektsiyani o'tkazish bo'yicha inspektsiya organ sifatida akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasida maxsulotning muvofiqligini baholash uchun tegishli texnika vositalari va asbob uskunalar yoki labaratoriyaning mavjudligi;
xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlarni sertifikatlash organining baholanayotgan tarafdan mustaqilligi;
sinov, kalibrlash va tibbiyot labaratoriyalari (markazlar), metrologik xizmatlar sifatida;
texnik jixatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo'lgan ishlab chiqarish binolari va atrof muhit sharoitlarining mavjudligi;
akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasiga muvofiq sinovlar yoki o'lchovlar o'tkazilishini ta`minlaydigan sinov, o'lchov vositalari, standart na`munalar va asbob – uskunalarning mavjudligi.
Maxsulotlar, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlar sertifikatlpsh organi, sertifikatlash bo'yicha inspektsiya organi raxbari sifat bo'yicha ekspert auditor sifatida attestatsiyadan o'tkazilgan bo'lishi kerak. Bunda ekspert –auditor faqat bitta muvofiqlikni baholash organiga rahbarlik qilishi mumkin.
Akkreditatsiyadan o'tgan sinov, kalibrlash, tibbiyot labaratoriiyalari va metrologik xizmatlar amaldagi akkreditatsiya doirasiga muvofiq o'zi qo'llayotgan sinov v ao'lchov vostilaridan, standart namunalardan va sinash asbob uskunalaridan foydalanish yoki ularni qo'llash xuquqlarining, akkreditatsiyadan o'tishga talabgor bo'lgan ariza beruvchilar foydasiga berilishiga yo'l qo'yilmaydi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Maxkamasi qarorlarida nazarda tutilgan xollar bundan mustasno.
2.Akkreditatsiya o'tkazish tartibi.
Ariza beruvchilarni akkreditatsiyadan o'tkazish 1- ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi Markaz tomonidan belgilangan shakl bo'yicha xujjatlar va ma`lumotlarni ilova qilgan holda, yozma yoki elektron shaklda akkreditatsiya qilishga buyurtma beradi.
Ariza beruvchilar buyurtmaga quyidagi xujjatlarni va ma`lumotlarni ilova qiladi:
Akkreditatsiya qilinishi so'ralayotgan akkreditatsiya soxasini aniqlovchi muvofiqlikni baholash ob`ektlari yoki sinov usullari yoki o'lchash turlarining ro'yxati;
Sifat bo'yicha qo'llanma va sifat menejmenti tizimi tartib –tamoyil hujjatari;
Maxsulot, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlarni sertifikatlash organlari va inspektsiya organi uchun qo'shimcha ravishda xodimlar va sifat bo'yicha ekspert –auditorlar tug'risidagi ma`lumotlar, sertifikatlashni o'tkazish tartibi to'g'risidagi xujjat va inspektsiya organi tomonidan qo'llaniladigan texnika vositalari va asbob uskunalari tug'risida xujjat;
Sinov, kalibrlash, tibbiyot labaratoriyalari, metrologiya xizmatlari uchun qo'shimcha ravishda laboratoriya, xodimlar va ular tomonidan qo'llaniladigan sinov, o'lchov vositalari hamda sinov uskunasi to'g'risidagi ma`lumotlar.
Ariza beruvchidan nazarda tutilmagan hujjatlar va ma`lumotlar taqdim etishini talab qilishiga yo'l qo'yilmaydi .
Ariza beruvchi o'z ixtiyoriga ko'ra, akkreditatsiya ob`ektiga aloqador qo'shimcha hujjatlar va ma`lumotlarni taqdim qilishi mumkin.
Markaz taqdim etilgan hujjatlar va ma`lumotlarni to'liqligi yuzasidan buyurtmani o'raganadi. Buyurtmani o'rganish ijobiy natija bersa u ro'yxatdan o'tkaziladi va u ikki ish kunidan kechikmay akkreditatsiya xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha shartnoma tayyorlanadi va ariza beruvchiga yuboriladi. 8-bandda nazarda tutilgan barcha hujjatlar va ma`lumotlar taqdim etilmagan taqdirda, markaz bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga hujjatlarni puxta ishlab chiqish uchun qaytarish xaqida xabar qiladi.
Arizachi yuridik shaxs tomonidan to'lov to'langach, Markaz taqdim etilgan akkreditatsiya ob`ekti xujatlarini ekspertizadan o'tkazadi. Ekspertiza natijalari bo'yicha kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish uchun markaz joyida baxolash o'tkazishga qadar bu xaqida akkreditatsiya ob`ektini xabardor qiladi. Ekspertizadan o'tkazish muddati o'n besh ish kunidan oshmasligi kerak. Akkreditatsiya ob`ekti aniqlangan kamchiliklar tug'risida xabarni qa`bul qilgandan so'ng joyni o'zida baholashni o'tkazish uchun shartnoma imzolashni va keyingi akkreditatsiya jarayoni o'tkazishni rad qilish xuquqiga ega va bu xaqida Markazni yozma xabardor qiladi.
Taqdim etilgan xujjatlarni ekspertizadan o'tkazish tugallanganidan so'ng va
akkreditatsiya ob`ekti joyining o'zida baxolashni o'tkazish tugallanganidan so'ng akkreditatsiya ob'ekti joyining o'zida baxolashni o'tkazish uchun to'lov to'langach Markaz uch ish kuni davomida milliy yoki xalqaro baxolovchilar va texnik ekspertlardan iborat baxolash guruxini shakllantiradi.
Baholash guruxi tarkibi va baholash o'tkaziladigan sana akkreditatsiya ob`ektining asoslangan takliflarini inobatga olgan xolda, u bilan kelishib olinadi. Baholash guruxi raxbari va tarkibi Markaz raxbarining yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxsning buyrug'i bilan tayinlanadi.
Akkreditatsiya ob`ektining akkreditatsiya talablari va shartlariga muvofiqligini, texnik jixatdan tartibga solish soxasidagi normativ xuquqiy xujjatlar talablariga muvofiqligini va akkreditatsiya ob`ekti so'ralgan funktsiyalari bajara olish qobiliyati ni baxolash guruxning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Akkreditatsiya ob`ektini joyning o'zida baxolash muddatlari uning faoliyati xususiyatlarini, shuningdek ularni ixtisoslashtirilgan baxolash zaruratini xisobga olgan xolda Markaz tomonidan aniqlanadi. Bunda akkreditatsiya ob`ektini baxolash o'n ish kunidan oshmasligi kerak.
Baholash tasdiqlangan rejaga muvofiq tarzda o'tkaziladi. Baxolash rejasi Markaz raxbari yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Buyruq va baxolash rejasi akkreditatsiya ob`ektiga joyining o'zida baxolash o'tkazishga qadar tanishish uchun taqdim etiladi.
Baholash guruxi akkreditatsiya ob`ektini akkreditatsiya soxasiga kiritilgan xar-bir faoliyat yo'nalishini baxolaydi.
Akkreditatsiya ob`ekti joyining o'zida baxolash o'tkazish uchun sharoitlar, shu jamladan baxolash guruxiga zarur ma`lumot, yozuvlar va xujjatlardan foydalanish, binolarga kirish va xodimlar malakasini baxolash imkoniyatini yaratadi.
Xodimlar malakasini baxolash ularning shaxsiy kartalarini o'rgangan xolda so'ralgan soxadagi malakasi, tayyorgarligi ma`lumotini muvofiqlikni baxolash bo'yicha ko'nikmalarni namoyish qilshini kuzatish va suxbatdan o'tkazish orqali amalga oshiriladi.
Baholash guruxi labaratoriyalararo qiyosiy sinovlar natijalarining va o'lchov vositalarining kalibrlash hamda taqqoslash tekshiruv natijalari, shuningdek, so'ralgan sohalarda nazorat sinovlari o'tkazilishini talab qilishga xaqlidir.
Tarkibida akkreditatsiya ob`ekti kiradiagn yuridik shaxsda sifat menejmentining
sertifikatlanagan tizimini mavjudligi akkreditatsiya ob`ekti uchun bu boradagi akkreditatsiya talablari va shartlari bajarilganini tasdig'i bo'la olmaydi.
Joyning o'zida baholash o'tkazish uchun shart sharoit yaratib berilmagan xolatda, baxolash guruxi raxbari Markazga tegishli raport taqdim etishi shart, Markaz uning asosida baholash ishlarini bir oydan oshmaydigan muddatga to'xtatib turish to'g'risida qaror qabul qiladi.
Akkreditatsiya ob`ekti ko'rsatilagn muddatda joyning o'zida baxolash o'tkazish uchun shart sharoit yaratib bermasa, akkreditatsiya qilishga berilgan buyurtma bekor qilinadi.
Baholash yakunlari bo'yicha baxolash guruxining baholash davomida aniqlangan nomuvofiqliklarni o'z ichiga olgan xisoboti tuziladi .
Hisobot baholash guruxi a`zolari, shuningdek o'zining aloxida fikrinii ifodalashga xaqli bo'lgan akkreditatsiya ob`ektining vakolatli vakili tomonidan imzolanadi.
Hisobot ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi akkreditatsiya ob`ektining vakolatli vakiliga beriladi.
Baholash guruxi ijobiy hisobot rasmiylashtirgan taqdirda uch ish kuni mobaynida xisobotni akkreditatsiya komissiyasining tegishli qarorini qabul qilish uchun Markazga taqdim etadi.
Baholash vaqtida nomuvofiqliklar bartaraf etilmasa akkreditatsiya ob`ekti nomuvofiqliklarni bartaraf etishga doir xarakatlar rejasini ishlab chiqadi va Markazga taqdiim etadi. Bunda nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati baxolash bo'yicha xisobot rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki oydan oshmasligi kerak.
Akkreditatsiya ob`ekti asoslangan sabablarni yozma ravishda Markazga taqdim etgan taqdirda, nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati Markaz tomonidan bir marotaba bir oydan kup bulmagan muddatga surilishi mumkin.
Akkreditatsiya ob`ekti tomonidan xarakatlar rejasini bajarish to'g'risidagi ma`lumotlar va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi xujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmasa ,baxolash guruxi raxbari xisobotni ilova qilgan xolda, akkreditatsiya bo'yich ishlarni tugatish to'g'risida markazga raport taqdim etishi shart.
Markaz xarakatlar rejasini bajarish to'g'risidagi ma`lumot va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi xujjatlarni qabul qilgan kundan boshlab, besh ish kuni mobaynida akkreditatsiya ob`ekti tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilganligi xolatini, zarur bo'lsa joyning o'ziga borgan xolda o'rganish uchun buyruq bilan baxolash guruxiga vakolat beradi .
Baholash guruxi besh ish kuni mobaynida qabul qilingan xarakatlarni ko'rib chiqishni ta`minlaydi. Agar taqdim etilgan ma`lumot va xujjatlar nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun yetarli bo'lmasa, baholash guruxi qo'shimcha ma`lumot so'rashga xaqli.
Nomuvofiqliklarni amalda bartaraf etilganlik xolatini o'rganish muddati xarakatlar rejasini bajarish tug'risidagi ma`lumot va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi xujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab o'n ish kunidan oshmasligi kerak
Baholash guruxi, nomuvofiqliklarniing amalda bartaraf etilganlik xolatini o'rganish
natijalari bo'yicha yakuniy xisobotni rasmiylashtiradi va uch ish kuni mobaynida Markazga taqdim etadi.
Markaz xisobotni qabul qilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida akkreditatsiya komissiyasi majlisida uning ko'rib chiqilishini ta`minlaydi. Akkreditatsiya komissiyasi tarkibi Markaz direktorining buyrug'i bilan tasdiqlanadi.
Quyidagilar akkreditatsiyani rad etish uchun asos hisoblanadi:
akkreditatsiya ob`ekti u baholanayotganda zarur ma`lumotlarni taqdim etishni rad etishi;akkreditatsiya ob`ekti tomonidan ko'rsatilgan ma`lumotlarda ishonchsiz yoki yolg'on malumot mavjudligi;
akkreditatsiya ob`ektining akkreditatsiya talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
aniqlangan nomuvofiqliklarni o'z vaqtida bartaraf etmaslik;
akkreditatsiyani rad etish to'g'risida boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiqsizlik sabablari bo'yicha qaror qabul qilishga yo'l qo'yilmaydi.
Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan ijobiy qaror qabul qilinsa, Markaz va akkreditatsiya ob`ekti o'rtasida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma tuziladi xamda uch ish kuni mobaynida akkreditatsiya to'g'risida guvoxnoma beriladi.
Akkreditatsiyadan keyingi shartnomada quyidagilar aks etadi:
markaz va akkreditatsiya ob`ekti o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, shu jumladan tomonlarning xuquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
akkreditatsiya belgisini qo'llash shartlari va davlat reestri raqamidan foydalanish;
inspektsiya nazoratini o'tkazish davriyligi:
Uchinchi tomon hisoblangan sinov, kalibrlash va tibbiy laboratoriyaga metrologik xizmatga texnik jihatdan vakolat va mustaqillik yuzasidan akkreditatsiya to'g'risida guvohnoma beriladi.
Birinchi yoki ikkinchi tomon hisoblangan sinov, kalibrlash va tibbiy labaratoriyaga, metrologik xizmatga, texnik jihatdan vakolat yuzasidan akkreditatsiya to'g'risida guvohnoma beriladi.
Markaz o'zining veb saytida akkreditatsiyadan o'tkazilagan muvofiqlikni baholash organlari, metrologiya xizmatlari davlat reestrini, shuningdek baholovchilar va texnik ekspertlar reestrini yuritadi. Akkreditatsiya to'g'risidagi guvohnoma muvofiqlikni baholash organlarining davlat reestrida ro'yxatdan o'tkaziladi. Davlat reestrlari tanishish uchun ochiq xisoblanadi.
Akkreditatsiya to'g'risidagi guvohnoma blankalari qat`iy hisobot yuritiladigan blankalar hisoblanadi, ularni ro'yxatga olish va saqlash tartibi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Akkreditatsiya to'g'risidagi guvoxnoma bush yil muddatga beriladi,
Akkreditatsiya komissiyasi salbiy qaror qabul qilganda, Markaz akkreditatsiyani rad etish tug'risidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab, uch ish kuni mobaynida akkreditatsiya ob`ektiga yozma shaklda xabarnoma yuboradi. Akkreditatsiya ob'ekti akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiyasidan o'tkazishni rad etish to'g'risidagi qarori ustidan markaz huzuridagi
appelyatsiya komissiyasiga yoki sud tartibida shikoyat qilish xuquqiga ega.
Quyidagi hollarda akkreditatsiya ob`ekti takroriy akkreditatsiyaga buyurtmanoma taqdim etishi kerak:
akkreditatsiya to'g'risidagi guvoxnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida uch oy oldin;
akkreditatsiya ob`ektining vakolatini baholashga qo'yiladigan talablarni tartibga solish sohasidagi yangi normativ hujjat amalga kiritilganidan boshlab uch oydan ko'p bo'lmagan muddatda.
Takroriy appelyatsiya ushbu nizomning 3-bobida belgilangan tartibda o'tkaziladi. Markaz avval berilgan akkreditatsiya to'g'risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini tegishli qaror qabul qilinadigan sanagacha uzaytirish mumkin, bunda uzaytirish muddati uch oydan oshmasligi kerak.

Download 114,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish