Mundarija: Kirish Asosiy qism Metrologik xizmatlarga qo'yiladigan talablar. Laboratoriya binolariga qo’yiladigan talablar. Qiyoslash laboratoriyalarini akkreditatlash tartibi



Download 114,04 Kb.
bet6/10
Sana02.06.2022
Hajmi114,04 Kb.
#630847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
sinov va kalibrlash laboratoriyalarining kompotentlari

Xodimlarga talablar
Ishchi xodimlar ma'lum kasbiy tayyorgarlikga va tajribaga ega bo'lishi kerak. Har bitta xodimga bajaradigan ishiga qarab, ma'lumot darajasiga kasbiy tayyorgarligiga texnikaviy bilimlarga va qiyoslash ishlari bo'yicha tajribasiga ta'lablar o'rnatilishi kerak. Qiyoslash ishlarini bajaruvchi xodimlar qiyoslovchi sifatida attestatlangan bo'lishi shart.


Qiyoslash xonalariga talablar
Qiyoslash xonalariga ularni maydoni bo'yicha va sharoitlari bo'yicha me'yoriy hujjatlarda belgilangan ta'lablar o'rnatiladi. Talablar xonani temperaturasiga, namligiga, havo tozaligiga, yorug'ligiga, shovqin va vibratsiyadan izolyatsiyasiga, elektromagnit va to'lqinlardan himoyalanganligiga o'rnatiladi. Bundan tashqari me'yoriy hujjatlarda xonalarni suv, havo, elektro energiya, issiq havo, xladogen bilan ta'minlanganligiga talablar o'rnatiladi.
Qiyoslash laboratoriyalariga begonalarga kirish man etiladi.
Me'yoriy hujjatlarga qo'yiladigan ta'lablar.
Laboratoriyada quyidagi hujjatlar mavjud bo'lishi shart; Akkreditatsiya doirasi bilan belgilangan o'lchov vositalarini qiyoslash metodikasiga hujjatlari.
Etalonlarni va na'munaviy hujjatlarni ishchi holatda saqlash uchun reglamentlangan hujjatlar (pasportlar, qiyoslash grafiglari).
Jismoniy va yuridik shaxslarni o'lchov vositalarini ishlab chiqish, ta'mirlash, sotish va ijaraga berish bo'yicha litsenziyalash.
O‘lchash informatsiyasiga nafaqat miqdor bo‘yicha talablar, balki sifat bo‘yicha ham talablar qo‘yiladi. Bunga uning (o‘lchashning) aniqligi, ishonchliligi, tan narxi va samaradorligi kabi tavsiflar kiradi.
Bu sifat tavsiflarining barchasining asosida metrologik ta’minot yotadi. Metrologik ta’minotni shunday ta’riflash mumkin:
o‘lchashlar birliligini ta’minlash va talab etilgan aniqlikka erishish uchun zarur bo‘lgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning, meyorlarning, ilmiy va tashkiliy asoslarning belgilanishi va tadbiq etilishi.
Ushbu tavsifdan kelib chiqib aytish mumkinki, metrologik ta’minotning vazifasiga quyidagilar yuklatilgan:
o‘lchash vositalarining ishga yaroqliligini tashkil etish, ta’minlash va tadbiq etish;
o‘lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va tavsiya etish borasidagi meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;
hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish;
o‘lchash vositalarining davlat sinovlari;
o‘lchash vositalarining va uslublarining metrologik attestatsiyasi va hokazolar.
Metrologik ta’minotning to‘rtta tashkil etuvchisi mavjuddir:
Ilmiy asosi: metrologiya - o‘lchashlar haqidagi fandir;
Texnikaviy asoslari - kattaliklar birligining davlat etalonlari, kataliklar birligini etalonlardan ishchi vositalarga uzatish, o‘lchash vositalarini yaratish va ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish, o‘lchash vositalarining majburiy davlat sinovlari va ularni bajarish uslublarining metrologik attestatsiyasi, o‘lchash vositalarini ishlab chiqishda, ta’mirlashda va ishlatishda majburiy davlat qiyoslashidan o‘tkazish, modda va materiallarning tarkibi va xossalari bo‘yicha standart namunalarni yaratish, standart ma’lumotnomalar, mahsulotning majburiy davlat sinovlari.
Tashkiliy asosi - davlat va mahkamalardagi metrologik xizmatdan tashkil topgan O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati;
Meyoriy-qonuniy asoslari - tegishli respublika qonunlari, davlat standartlari, davlat va tarmoqlarning meyoriy hujjatlari.
Metrologik ta’minotning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlari:
mahsulot sifatini, ishlab chiqarish va uni avtomatlashtirishning samaradorligini oshirish;
detallar va agregatlarning o‘zaro almashuvchanligini ta’minlash;
moddiy boyliklarning va energetik resurslarining hisobini olib borish ishonchliligini ta’minlash;
atrof-muhitni himoya qilish;
salomatlikni saqlash va hokazolar.
Metrologik ta’minot darajasi mahsulotning sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Bu ta’sir samaradorligini yanada oshirish maqsadida metrologik profilaktika ishlariga va ishlab chiqarishni tayyorlashdagi metrologik ta’minot masalalariga alohida ahamiyat beriladi. Bu esa o‘z vaqtida respublikamizda bozor munosabatlarini yanada chuqurroq shakllanishiga va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eskport imkoniyatini oshirilishiga munosib zamin yaratadi.
Davlat metrologik xizmati – Mamlakatda o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni mintaqalararo va sohalararo darajada bajaruvchi va davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini amalga oshiruvchi metrologik xizmat.
Davlat boshqaruv idorasining metrologik xizmati – mazkur vazirlik (mahkama) doirasida o‘lchashlar birliligini ta’minlash ishlarini bajaruvchi va metrologik nazorat hamda tekshiruvini amalga oshiruvchi metrologik xizmat.
Yuridik shaxs metrologik xizmati – mazkur muassasa (tashkilot) da o‘lchashlar birliligini ta’minlash ishlarini bajaruvchi va metrologik tekshiruv hamda nazoratini amalga oshiruvchi metrologik xizmat.



Download 114,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish