Mundarija Kirish Asosiy qism: I bob. XIX asrning oxirgi choragi –xx asr boshida Fransiya va Prussiyadagi ijtimoiy-siyosat vaziyat


I BOB.XIX asrning oxirgi choragi –XX asr boshida Fransiya va Prussiyadagi ijtimoiy-siyosat vaziyat



Download 0,57 Mb.
bet3/6
Sana02.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#730824
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
germaniya

I BOB.XIX asrning oxirgi choragi –XX asr boshida Fransiya va Prussiyadagi ijtimoiy-siyosat vaziyat.
1.1.Fransiya-Prussiya urushining kelib chiqish sabablari, bahona va boshlanishi.
Urushining kelib chiqish sabablari. Fransiya va Prussiya o‘rtasidagi urush Evropa tarixidagi muhim voqea sanaladi. Odatda uni yangi zamon tarixining ikkinchi davrining boshlanishi deb hisoblashadi. So‘nggi yillardagi adabiyotlarda bu urush fransuz – German urushi, deb atalmoqda. Chunki urushda ko‘pchilik nemis davlatlari qatnashishgan. Fransuz – German urushi har ikki mamlakat o‘rtasidagi chuqur ziddiyatlarning oqibatida kelib chiqqan. Ma’lumki, Shimoliy german ittifoqi tarkibiga ko‘pchilik nemis davlatlari birlashgani holda, mamlakatni to‘la ma’noda birlashtirishga tarafdor bo‘lishdi. Faqat 4 ta nemis davlati iqtisodiy va diniy umumiylik (katolik) jihatidan Fransiya bilan bog‘langan edilar. Mana shu tariqa nemis davlatlarining milliy manfaati siyosiy jihatdan birlashishni taqozo etardi. Demak, Fransiya Germaniya urushining birinchi sababi bevosita nemis davlatlarining tarixiy taqdiri bilan o‘zviy bog‘liq edi. Urushning ikkinchi sababi bevosita Fransiya bilan aloqador edi.
Fransiyada ikkinchi imperiya rejimi XIX asrning 60- yillarida tanazzulga uchradi. Ayniqsa sanoatda tanglik nihoyatda kuchaydi. Korxonalarda ish kunining 13-14 soatga etmagan bolalarning 12 soatlik ish kuniga majbur etilishi norozilikning kuchayishiga sabab bo‘lgan. 1866-1867 yilalrdagi iqtisodiy krizis Fransiyada ommaviy ishsizlikni keltirib chiqardi. 60- yillarning oxirida Napoleon III imperiyasidagi aholining 70 % qishloqlarda yashagan qishloqlardagi 19,5 mln. aholining 4 mln. ersiz dehqonlar edi.
Shuningdek, 2,5 mln. mayda dehqonlar hom bor edi. Fransiya keyingi davrda Prussiyaning Germaniyani birlashtirishiga to`sqinlik qila olmay qoldi. Agar Germaniya yagona davlatga birlashadigan bo`lsa, Fransiyaning xalqaro maydondagi obro`siga jiddiy zarar yetar va Yevropadagi ikkinchi davlatdek mavqeyi barham topar edi. Fransiya hukmron doiralari esa buni aslo xohlamas edilar. Fransiya hukmron doiralari 1860- yildagi Angliya-Fransiya savdo shartnomasidan ham norozi edi. Chunki, ingliz tovarlarining Fransiyaga ko`plab kiritilishi Fransuz tovarlari bilan raqobatni kuchaytirmoqda edi. Bundan tashqari, mamlakatda ishsizlik, qashshoqlik, qimmatchilik mehnatkashlarning doimiy yo`ldoshi bo`lib qolgandi. Shuning uchun ham 1870- yil yanvar oyida Parijda o`tkazgan 200 ming kishilik namoyishning dahshati bejiz emas edi. Mamlakatda Napoleon III rejimiga qarshi burjua oppozitsiyasining noroziligi ham kuchayib borardi. Fransiyaning xukmron doiralari o‘sha og‘ir krizisdan qutilishining birdan – bir yo‘li urush deb bilishdi.
Bunday sharoitda, Napoleon III uchun Prussiyaga qarshi g`olibona urush zarur edi. Bu urush Fransiyaning, shuningdek Napoleon III ning ham mavqeyini tiklagan bo`lardi. Buning uchun esa urushda g`alaba qozonish, Germaniyaning birlashishiga yo‘1 qo`ymaslik va Germaniyaning ba’zi hududlarini bosib olishi zarur edi. Prussiya ham bir necha yillardan beri Fransiyaga qarshi urushga tayyorlanib kelmoqda edi. Uning maqsadi, Germaniyada Prussiyaning hukmronligini mustahkamlashga to`siq bo`lgan Fransiyani yengish va Germaniyani birlashtirishni nihoyasiga yetkazish edi. Tomonlarga urushni boshlash uchun bir bahona zarur edi, xolos. Tez orada bunday bahona ham topildi.
Urushga bahona (Ispan taxtiga da’vo masalasidagi murosasozlik). Fransiya – Germaniya urushining boshlash uchun faqat bahona topish kerak edi. Ispaniya taxtiga kimni o`tqizish masalasi — urushning boshlanishi uchun bahona bo`ldi. Xo`sh, bu muammo qanday vujudga kelgan edi? o`zining bir vaqtlardagi qudratini yo`qotgan Ispaniyada 1868- yilda inqilob yuz berdi. 1868 yilda Ispaniyada ro‘y bergan inqilob tufayli qirolicha Izabella II Fransiyaga qochib ketishga majbur bo`ldi. Fransiya imperatorining xotini (millati ispan edi) Izabellaning taxtni qaytarib olishida yordam berishga qaror qildi.”1
Biroq, tez orada, Yevropaning buyuk davlatlari o`rtasida Ispaniya taxti uchun boshlanib ketgan kurash bunga imkon bermadi. Fransiya taxtga o`z nomzodini, Germaniya esa o`z nomzodini qo`yishga harakat qildi. Ispan kortesi (parlament) taxtga pruss qirolining qarindoshi shahzoda Leopold GogensollernZigmaringenning Ispaniya taxtiga, qirolicha Izabella ag‘darilgandan so‘ng, nomzod etib ko‘rsatilishi bilan bo‘lg‘usi keskin vaziyatni keltirib chiqardi. Fransiya hukumati bunga norozilik bildirdi. Chunki mamlakatning janubiy chegaralarida pruss ta’sirining ortishi, Fransuz manfaatlariga mos kelmas edi.
Fransiya hukumati, Prussiyaning ta’siri kuchayib ketishidan xavfsirab norozilik bildirdi. Fransiya hukumati Germaniyadan o`z nomzodidan voz kechishini talab etdi. Imperator Vilgelm II bunga rozi bo`ldi. Biroq, bu rozilik Fransiyani qanoatlantirmadi. Endi, Fransiya Germaniyadan kelgusida ham Ispan taxti uchun nomzod ko`rsatmasligini, hozir ko`rsatgan nomzodidan taxt davosidan butunlay voz kechishiga erishishini talab qildi. Qirol Ispan taxtiga Leopold nomzodini qattiq turib tavsiya etmasligini bildirardi.
Darhaqiqat, 12 iyulda Leopold Gogensollern - Zigmaringen Ispaniya taxtidan voz kechganligini rasmiy suratda e’lon qildi.
Lekin, Prussiyada ham, Fransiyada ham ashaddiy harbiy doiralar bu janjalning tinch tugaganidan norozi bo‘lib qoldilar. Bu janjalni chiqarishda xizmat ko‘rsatgan Bismark o‘ziga itoat qiluvchi matbuot orqali “Germaniya xo‘rlandi” deb shov-shuv ko‘tardi va qulay payt poylab turdi.
Fransiyada 12-iyul kuni kechqurun bo‘lgan imperator kengashida, erishilgan natijalar bilan qanoatlanib qolmay, Prussiyaga yangi talablar qo‘yilsin, degan qaror qabul qilindi. Harbiy ministr Lebef: “Biz tayyormiz, biz shaymiz, armiyamizda hamma narsa, so‘nggi askarning getridagi so‘nggi tugmasigacha hamma narsa joyida”,-degan mashhur g‘amgin nutqini ham o‘sha vaqtda so‘zlagan edi.
Ertasiga, 13 iyul kuni Benedetti Parijdan olgan topshiriqqa amal qilib, Vilgelm I ga Fransiya hukumatining yangi talablarni qo’yadi:
-- agar Leopold Ispaniya taxtini egallash uchun yana o‘z nomzodini qo‘yadigan bo‘lsa, Vilgelm I hech qachon norozilik bildirmasligi to‘grisidagi talabni qo‘ydi. Bu talab atayin qilin qilingan haqoratomuz talab bo‘lganligidan Vilgelm uni bajarishdan bosh tortdi. Elchi o‘sa kuni qirol huzuriga ikkinchi marta kirmoqchi bo‘lganida, qirol uni qabul qilmadi Ertasiga qirol Benedetti bilan uchrashib unga, muzokaralar Berlinda davom etish mumkinligini bildirdi. O‘shandayoq Emsdan Bismarkka telegramma yuborilgan edi, bu telegrammada qirol bilan Fransiya elchisi o‘rtasida 13-iyulda bo‘lgan suhbat mamuni bayon qiligan edi.
Bismark Emsdan olingan telegramma matnini shunday qisqartirib yubordiki, natijasida uning ma’nosi juda o‘zgarib ketib, Fransiya uchun, uning milliy sha’ni uchun isnod keltiradigan mazmun hosil bo‘lgan edi. Oradan ancha vaqt o‘tgandan keyin Bismark o‘zining memuarlarida buni yozgan edi. Ana shu tariqa soxtalashtirilgan “Ems depeshasi”ni Bismark matbuotda e’lon qildi. Natijada Bismarkning ayni muddaosidek bo‘lib chiqdi.
15-iyulda Fransiya hukumtining boshlig‘i Olive Qonun chiqaruvchi korpusdan armiyaga rezevdagilarni chaqirish uchun kredit berilishini talab qildi va buning oqibatlari uchun javobgarlikni “bamaylixotir” o‘z zimmamga olaman, dedi. “Bonapartchi agentlar va korjoma kiyib olgan politsiyachilar Parij ko‘chalarida namoyishlar uyushtirdilar, milliy bayroqlar va imperatorning suratlarini ko‘tarib olib, “Berlinga!” degan urushqoqlik shiorlarini aytib bordilar”1
Reynning har ikkala tomonida hukmron sinflar avj oldirayotgan ashaddiy shovinizmga fransuz va nemis ishchilar sinfining birdamligi qarama- qarshi turardi. Internatsional a’zolari bo‘lgan fransuz ishchilari 1870- yil 2- iyul xitobnomasidagi nemis ishchilarini birgalikda harakat qilishga va Reynning ikkala tomonidagi istibdodga qarshi kurashga da’vat qildilar.
Lekin na fransuz va nemis ishchilar ahvolni o‘zgartirish va urushga qarshilik ko‘rsatish uchun yetarli kuchga ega emas edilar. Har ikki mamlakatda urushga zo‘r berib tayyorgarlik ko‘rishayotgan edi. Nihoyat, 19- iyulda Fransiya Prussiyaga urush e’lon qildi.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish