Mundarija Kirish Asosiy qism: I bob. XIX asrning oxirgi choragi –xx asr boshida Fransiya va Prussiyadagi ijtimoiy-siyosat vaziyat



Download 0,57 Mb.
bet4/6
Sana02.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#730824
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
germaniya

Urushning boshlanishi. “1870- yilning 19- iyul kuni Fransiya Shimoliy – German ittifoqiga qarshi urush e’lon qildi. Bu davrda Pruss qo‘shinlariga barcha Shimoliy German ittifoqiga mansub bo‘lgan davlatlarning armiyalari va xatto ittifoq tarkibiga kirmagan 4 ta nemis davlati qurolli kuchlari ham qo‘shilishdi.”1 German qurolli kuchlari son jihatdan Fransiyalarnikidan ikki marta ustun bo‘lgani holda yaxshi xarbiy tayyorgarlik ko‘rgan jangovar xolatdagi armiya edi. Nemis qo‘shinlari uchta armiyaga bo‘lingani holda aniq reja asosida harakat qilishdi. Ular bir - birlari bilan mustaxkam bog‘langan holda harakat qilishardiyu 1870- yilining avgustida nemis harbiy qismlari Reyin daryosidan o‘tishib Elzas va Lotaringiya chegaralariga etib borishdi.
“Fransuz armiyasida mutlaqo boshqacha holatni ko‘ramiz. Mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan tanglik armiyaga ham katta ta’sir ko‘rsatgan edi. Fransuz xarbiy qismlari 8 korpusga bo‘linishib, asosan mamlakatning Shimoliy – Sharqiy chegaralariga yo‘naltirilgan edi. Armiyaga dardmand xarbiy sohada layoqatsiz bo‘lgan Napoleon III bosh qo‘mondon edi. U to‘rt yil mobaynida Prussiyaga qarshi urushga tayyorlanib kelayotgan edi. Lekin, bonapartchilar matbuotining maqtanchoqlik bilan baqirishlariga qaramay, urushning taqdiri birinchi kundayoq ma’lum bo‘lib qoldi:
--armiya idorasida tartibsizlik va sarosimalik hukm surardi;
--harbiy qo‘shilmalarni yaxlitlash chalkashib ketgan;
--ularning yo‘nalishlar va ma’lum yo‘lni bosib o‘tish muddatlari buzilib ketgan;
--ularning ta’minoti yo‘lga qo‘yilmagan edi; qo‘mondonlik qancha jangchi borligini, qancha to‘p va o‘q dori borligini bilmasdi. Fransiya urush e’lon qilgandan beri ikki xaftacha o‘tgan bo‘lsa ham, fransuz armiyasi hamon hech narsaga erisha olmagan edi. Xarbiy vazir va shtab boshlig‘i bo‘lgan Lebef ham kuchli xarbiy salohiyatga ega emas edi. Garchand urushni Fransiya tomoni e’lon qilgan bo‘lsa-da, urushning boshidayoq uning armiyasi xujum o‘rniga mudofaani afzal ko‘rdi.”1
Urushning dastlabki kunlariga oid bo‘lgan tarixiy xujjatlar Fransiyaning armiyasi nochor ahvolda ekanligidan guvohlik beradi. Mana bu xujjatlarga e’tibor beraylik. Urush harakatlari ketayotgan rayondan Parijga 1870- yil 20- iyul kuni soat 9:50 da yuborilgan telegramma: Mets qal’asida shakar, kofe, guruch, aroq, tuz yo‘q, yog‘ va suxari oz qolgan. Zudlik bilan loaqal bir million poyoqni Tionvillga yuborilgan. Fransuz armiyasining 2- korpus qo‘mondoni general 21-iyul kuni xarbiy vazirlikka yo‘llangan telegrammada “Ombordan kartalar uyumini yuborishayapti, ularning hozirgi davrda keragi yo‘q. Bizda Fransuz chegaralarining bironta kertasi yo‘q”. O‘sha kuni boshqa general xarbiy vazirilkka yuborgan telegrammasida “Belforga etib keldim. Lekin o‘z brigadamni topa olmadim. Diviziya boshlig‘ini ham topmadim. Nima qilay? Bilmadim, polkim qaerda ekan: Eng achinarlisi, Fransuz armiyasining bosh shtabi boshlig‘i xarbiy vazirga yo‘lagan ma’lumotida aytadiki, “Armiyaga ketayotgan otryadlar hamon qurol – aslahasiz kelishayapti”. Mana shu tarzda Fransuz armiyasining nochor ahvolga tushib qolganligidan darak beruvchi xujjatlar saqlanib qolgan.
1870- yilning 4-avgust kuni Veysenburgda 5 ming Fransuzlar 40 ming kishilik nemis armiyasining xujumiga dosh bera olmay katta qurbonlar berdi va Strasburg tomon chekinishdi. Strasburg yaqinida 6-avgustda Freshviler bilan Forbak yonida turgan 46 ming Fransuz askarining ahvoli yanada tang edi. Chunki unga xujum uyushtirgan nemis armiyasi 120.000 kishidan iborat bo‘lgan. Bu ketma-ket mag‘lubiyatlar Napoleon III armiyasining zaifligini va ayniqsa, shu armiyani vujudga keltirgan tuzumning zaifliginI ko‘rsatuvchi yaqqol dalil edi.
Shiddatli janglar davomida prussiyaliklar marshal Mak Meton qo‘mondonligidagi Fransuz armiyasini janubiy guruhini tor-mor etdilar.
Fransuz qurolli kuchlarining mag‘lubiyatga uchraganligi to‘g‘risidagi xabarlar Parijga, so‘ngra esa mamlakatning boshqa qismiga yetib borgan zahoti xalq g‘azabi qaynab ketdi. 6-9 avgustda Parijda, shuningdek viloyatlarda dahshatli xalq g‘alayonlari bo‘ldi; rahbarlik ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilganda va burjua respublikachilarixalq ommasidan dahshatga tushib, bonapartchilar rejmini quvvatlamaganda edi, bu g‘alayonlar imperiyaga nisbatan ochiq inqilobiy harakatga aylanib ketgan bo‘lardi.
“Burjua respublikachilarning qo‘rqoqligi va ojizligi Qonun chiqaruvchi korpusda hukmronlik qiluvchi ,,mamluk”larning (bonapartchilrni kinoya bilan shunday atardilar, ya’ni deputatlar) hukumatni o‘zgartirishga imkon berdi. Olive hukumati istefo berdi. Ashaddiy urushqoq bonapartchilardan tuzilgan yangi hukumat shafqatsizlik bilan politsiya ta’qibi yo‘liga – demokratik gazetalarni yopish, Parijning hamma hududlarida respublikachi-demokratlarni va sotsialistlarni qamoqqa olish yo‘liga o‘tdi, bu hukumat mamlakatda qaynab turgan jamoatchilik g‘azabini shunday terror vositasi yo‘li bilan bo‘g‘ib tashlamoqchi bo‘ldi.”12
O‘sha yilning 12-avgustida Mets qal’asining qo‘mondonligi marshal Bazepga topshirildi. 14-avgustda blankichilar Belgiyadan yashirincha kelgan Blanki rahbarligida Parijda qo‘zg‘olon ko‘tarishga va La-Villet bulvaridagi kazarmalarini qo‘lga olishga urinib ko‘rdilar. Lekin, blankichilarning ommani siyosiy jihatdan tayyorlamasdan ob’ektiv shart-sharoitlarni hisobga olmasdan, eski klassik fitnachilik usullari bilan uyushtirgan va o‘tkazgan harakati bu gal ham tamomila muvaffaqiyatsizlikka uchradi. «Mamluklar» La–Vilett bog‘idagi muvaffaqiyatsizlikni bahona qilib, bunday demokratlarni yana shafqatsizlik bilan ta’qib ostiga olish va mamlakatda terrorni kuchaytirish uchun foydalandilar. Lekin bu hatti-harakatlar jon talvasasiga tushib qolgan bonapartchilar rejimini o‘z halokatini orqaga surish uchun qilayotgan so‘ngi urinishlari edi.
“14- va 16-avgustdagi Shpixern yonidagi uchinchi mag‘lubiyatdan keyin fransuz armiyasi barcha imtiyozlaridan mahrum bo‘lib qBazen”3
1.2.Fransiya-Prussiya urushining yakunlari, oqibatlari.
Armiyaning marshal Bazen rahbarlik qilayotgan so‘l qanoti g‘aflatda qolib, Mets yonida og‘ir janglarga duchor qilib qo‘ydi, natijada mag‘lubiyatga uchradi.
Fransuz askarlari bu janglarda zo‘r qahramonlik va matonat ko‘rsatdilar, lekin Bazen Mak-Magon armiyasi bilan qo‘shilish uchun so‘nggi imkoniyatdan foydalana olmay, butun armiyasini Mets qal’asiga qamab qo‘yishlariga imkon berdi, bu yerda Bazen armiyasini nemislarning ustun turgan kuchlari qurshab oldi. Bazenning xatolari va kamchiliklari o‘sha vaqtdayoq xiyonatkorlik deb baholangan edi.
Mak-Magon ixtiyorida 120 mingdan ortiq qurolli kishi bor edi. Lekin Mak -Magon qo‘shinlari olg‘a tomon tez va dalil bormadi. U Parijdagi istehkomlarga tayanib ish ko‘rish uchun Parijga bormoqchi edi, lekin xalqni yolg‘on axborotlar bilan aldab kelgan hukumat: chekinib kelayotgan armiyani va bu armiyadagi imperatorni ko‘rgan xalq inqilob boshlab yuboradi, deb qo‘rqib Mak-Magonga Metsda Bazen bilan borib qo‘shilishni buyurdi. Mak-Magon dushman kuchlariga duch kelib, shimoliy-sharqqa burildi va biron - bir maqsadni ko‘zlamay, soldatlarni holdan toydiradigan yurishlar qilib, oqibatda o‘z armiyasiga fransuz qo‘mondonligining hamma xatolaridan ustalik bilan foydalangan dushman zarbalariga tutib berdi.
“30- avgustda Mak-Magon armiyasi Bomon yonida yana mag‘lubiyatga uchradi va orqaga chekinib borib keyinchalik, Avgust oyidagi urush harakatlarining borishi nemis qo‘shinlari foydasiga o‘zgara bordi. Natijada MakMagonning 90 ming kishilik armiyasi ikki nemis armiyasining qurshoviga tushib
Sedan daryosi bo‘yida juda noqulay pozitsiyalarda to‘xtadi. Bu yerda fransuz armiyasini nemislar qurshab oldi. Nemislar tevarak atrofdagi tepaliklarga juda kuchli artileriyani joylashtirib olib, Sedan soyligida qopqonga tushgandek, qamalib qolgan fransuz armiyasini 1-sentabr erta tongdan to‘pga tuta boshladi. O‘sha kuni kuni 140 ming kishilik nemis armiyasi to‘plar yordamida ketma ket uyushtirilgan xujumi natijasida katta qurbonlar berishdi.”1 Soldatlar va ofitserlar dushmanning o‘zlaridan ustunlik qiladigan kuchlariga qarshi g‘oyat zo‘r qahramonlik va jasorat bilan jang qildilar, lekin ular ko‘rsatgan jasorat va qurbonliklarning hammasi behuda ketdi.
“Ikkinchi imperiyaning iste’dodsiz lashkarboshilari askarlarni g‘alabaga olib borish u yoqda tursin, hatto milliy bayroq sha’ni uchun jang qilishdan ham ojiz edilar. Mak- Magon jang boshida yengil yarador bo‘lgandan keyin, armiyani o‘zi halokat yoqasiga keltirib qo‘ygan bo‘lsa ham, o‘zini javobgarlikdan olib qochish uchun darrov qo‘mondonlikni zimmasidan soqit qila qoldi. Uning o‘rnini egallagan gen. Vimpenning harakatlari ham og‘ir ahvolni o‘zgartirmadi. Qariyib 12 soat davom etgan jang harakatlari oqibatida sharmandali mag‘lubiyat ro‘y berdi. Fransuz soldatlari sharoit juda og‘ir bo‘lishiga qaramay, qat’iy jangga shaylanib turgan edilar. Lekin, kunduzi soat 3:00 da Sedanga etib kelgan imperatorning o‘zi shahar markazidagi minorada oq bayroq o‘rnatishga buyruq berdi, o`zining qilichini esa Prussiya qiroliga jo`natishga majbur bo`ldi. Imperator buyrug‘iga asosan Metsga yordamga borayotgan Mak-Magon armiyasi prussiyaliklar tomonidan Sedanga surub chiqarildi va o‘sha yerda qurshab olindi. Imperator Napoleon III ham Mak-Magon armiyasida edi. qurshovda qolgan Mets qal’asidagi
Fransuz qo‘shinlari urush harakatlarida ishtirok eta olmadi, O‘sha og‘ir janglarda Fransuzlardan 3 ming kishi o‘ldi, 14 ming jangchi qattiq jahorat olishdi.
Fransuz armiyasining Sedan bo‘yidagi mag‘lubiyati Parijda norozilik harakatlarining boshlanishiga sabab bo‘ldi. Natijada imperator va xukumatning obro‘i butunlay barbod bo‘ldi. keyinchalik, o‘sha yilning 27- oktabrida dushmanga to‘la taslim bo‘ldi. Avgust oyidagi urush harakatlarining borishi nemis qo‘shinlari foydasiga o‘zgara bordi. Natijada Mak-Magonning 90 ming kishilik armiyasi ikki nemis armiyasining qurshoviga tushib Sedan daryosi bo‘yida g‘oyat noqulay past ham joyiga to‘planib qolishgan.
2-sentabrda fransuz imperatori butun Mak-Magon armiyasi bilan taslim bo‘ldi. Prussiya armiyasi muvafaqqiyati ko‘p jihatdan son bo‘yicha ustunlik evaziga erishildi. Fransiya-Prussiya urushining barcha janglarida (16- avgustdagi Mars-Lya-Turdagi jangdan tashqari) son jihatdan ustunlikda g‘alaba qozonildi. Barcha kuchlarni bir frontda-Fransiyaga qarshi mujassam etish imkoniyatiga ega bo‘lish-bu Prussiya uchun katta siyosiy yutuq edi. Shu tariqa, bu yerdagi 80 ming kishilik armiya Napoleon boshchiligida taslim bo`ldi. Napoleon III Sedanda o`z Vaterloosini topdi. 100 ming kishilik ikkinchi armiya ham Mets qaPasida qurshovga tushib qoldi. Endi, Fransiya Germaniyaga tahdid sola olmas edi. Bu mag`lubiyat, ayni paytda ikkinchi imperiya hokimiyatining ham halokati bo`ldi. 2sentabrda jami 3 ming kishini talafot bergan fransuz armiyasi imperator Napoleon boshliq 82000 soldat, ofitserlar bilan g‘oliblarga taslim bo‘ldi. Fransiya olib borgan urushlar tarixda misli ko‘rilmagan bu sharmandalik ikkinchi imperiya halokatining qonuniy xotimasi edi.”


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish