Mundarija: kirish asosiy qism I bob mulkchilik munosabatlarining moxiyati


Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari



Download 150,55 Kb.
bet13/15
Sana05.07.2022
Hajmi150,55 Kb.
#741734
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Xujayev Rustam Iqtisodiyot nazariyasi kurs ishi

2.2. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari

Iqtisodiyotning shakllanishi, rivojlanishi va uni taraqqiyotini o’rganishda turlicha yondashuvlardan foydalaniladi:


1. Tarixiy-formatsion yondashuv;
2. Madaniylashish (tsivilizatsiya) darajasi jihatidan yondashuv;
3. Texnika va texnologiya taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv;
4. Sotsial-iqtisodiy shakllar o’zgarishi jihatidan yondashuv.
Tarixiy-formatsion yondashuvda ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlari o’rganiladi. Ya‘ni, ishlab chiqarish usuli - bu ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish (iqtisodiy) munosabatlarning birligidan iboratdir.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar - bu ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalarini birligidir, ya‘ni ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillarini tashkil etadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar - bu mehnatga layoqatli bo’lgan kishilar bilan tabiat o’rtasida bog’lanishni hosil qiluvchi munosabatlar ham deyish mumkin.
Kishilar tabiatni o’zlashtirishda bir-birlari bilan o’zaro aloqa bo’lib, munosabatlar bog’laydilar. Bu bog’lanish ishlab chiqarish munosabatlaridir. Demak, ishlab chiqarishda tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar shakllanadi, ammo ular biri-ikkinchisidan farq qiladi. Ya‘ni, tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar bevosita ishlab chiqarishda va uni tashkil etishda shakllanadi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar o’rtasidagi aloqalar ko’rinishida tashkil topadi.
Ishlab chiqarish doimo ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni qaror toptiradi, uning asosini ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish belgilaydi. Egalik qilish esa mulkchilik munosabatlari hosil qiladi.
Xulosa qilib aytganda, kishilar uchun hayotiy zarur bo’lgan moddiy va nomoddiy ne‘matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayrboshlash va iste‘mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy aloqalar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar deyiladi.
Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani tashkil etadi. Ya‘ni:
Ishlab chiqarish usuli - bu ishalab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining birligidir.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar - bu ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalarining qo’shilishidir.
Ishlab chiqarish munosabatlari - bu mulkchilik, ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste‘mol munosabatlaridan tashkil topadi.
Ustqurma - bu siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, milliy, oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni jamisidir. Kishilik jamiyati taraqqiyoti quyidagi ishlab chiqarish usullari bilan tavsiflanadi: ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal va kapitalistik munosabatlar bo’lib, ular asosan Yevropa hududida bir-biri bilan almashinib turgan. Jamiyat taraqqiyoti oddiy kooperatsiya, manufaktura, yirik mashinalashgan ishlab chiqarish bosqichlarini bosib o’tdi.
Oddiy kooperatsiya - bu bir xil ishni yoki xizmat vazifasini bajaruvchi eng oddiy shaklidagi uyushmasi bo’lib, ma‘lum tartibda faoliyat ko’rsatadigan kishilar guruhidir.
Manufaktura - bu mashina mavjud bo’lmagan sharoitdagi mehnat taqsimotiga asoslangan kooperatsiyadir.
Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish – bu mehnat taqsimoti hamda mashinali mehnatga asoslangan kooperatsiyadir.
Jamiyat taraqqiyoti va texnika hamda texnologiyaning vujudga tovar xo’jaligi va bozorning vujudga kelishi kuchli ta‘sir ko’rsatgan bo’lib, texnika taraqqiyotining va axborotlashgan jamiyat bosqichlari keyingi 250-300 yildagi davri tovar xo’jaligini rivojlanishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan.
Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida amal qiladigan xo’jalik yuritishning iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishi birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi.
Iqtisodiy tizimlar quyidagi ko’rinishlarda turkumlanadi:
1. An‘anaviy iqtisodiyot;
2. Ma‘muriy bo’yruqbozlik iqtisodiyoti;
3. Bozor iqtisodiyoti tizimi.
A‘anaviy iqtisodiyot - barcha mamlakatlar uchun xos bo’lib, unda natural yoki mayda tovar xo’jaligi xukmronlik qilgan. Texnika taraqqiyoti va uning yangiliklarini joriy qilish cheklangan bo’lgan.
Ma‘muriy-bo’yruqbozlik iqtisodiyoti - bu bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi bo’lgan tizim bo’lib, bu tizimda davlat mulkchiligi hukmron bo’ladi va iqtisodiyot markazdan boshqariladi.
Bozor iqtisodiyoti tizimi – bu iqtisodiyotni rivojlantirishda eng muhim bo’lgan tizimdir. Bu ikki bosqichga egadir. Birinchisi, erkin raqobatga asoslagan klassik bozor iqtisodiyoti, ikkinchisi esa, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti bo’lib, uni aralash iqtisodiyot tizimi deyiladi.
Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti - tadbirkorlikda erkinlik amal qiladigan va shaxsiy manfaat ustun turadigan tizimdir. Iqtisodiy jarayonlarga davlatning aralashuvi cheklangan bo’lib, davlat xususiy mulkni himoya qiladi va erkin bozorni amal qilishini ta‘minlovchi huquqiy tartiblar o’rnatib boradi.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti – bu hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti sof bozor mexanizmi va rejali iqtisodiyot, unsurlarini qo’shilishidan hosil bo’lgan aralash iqtisodiyotdir. Bunda mulkchilikning har xil shakllari, tadbirkorliklar turli bo’ladi, rejalashtirish, prognozlash, aholini ijtimoiy himoyalash kuchayadi. Masalan, hozirgi vaqtda Xitoy Xalq respublikasida davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari qo’llanishi natijasida iqtisodiy o’sish va iqtisodiy barqarorlik ta‘minlanmoqda.
Iqtisodiyotni shakllantirish jarayonida kishilarni narsalarga va barcha moddiy va nomoddiy borliqqa munosabatining paydo bo’lishi mulkchilikni keltirib chiqaradi.
Aytish mumkinki, mulkchilik munosabatlari – bu iqtisodiy va doimiy kategoriya bo’lib, bu mulkka egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidir.
Mulkka egalik qilish – bu mulkni egasi qo’lida mavjud bo’lishidir va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklidir. Shuning bilan bir qatorda mulk kishiga boshqa kishilar foydalanishi mumikn.
Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishini bildiradi.
Mol-mulkni o’zlashtirish - bu daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishidir.
Mulkni tasarruf etish – bu mol–mulk taqdirini mustaqil hal etishni bildiradi. Bu mustaqillik mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish, davlat ixtiyoriga o’tkazish kabi ko’rinishlardan iboratdir.
Mulkchilikning munosabatlarining iqtisodiy mazmunini mulkka egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf etish belgilaydi va jamiyatdagi huquqiy, iqtisodiy munosabatlar mazmunini o’zida ifodalaydi. Mulkchilik shu sababli bir vaqtning o’zida ham huquqiy, ham iqtisodiy ham doimiy kategoriya hisoblanadi. Mulkchilikni huquqiy normalari bu sub‘ektning mulkka xo’jayinlik qilishini yuzaga chiqaradi. Demak, huquqiy norma - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf qilishdagi iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan real ko’rinishi hisoblanadi.
Mulkning ob‘ekti va sub‘ekti bo’lish lozim. Mulkning ob‘ekti - bu inson yaratgan moddiy va ma‘naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilish qobiliyati – ishchi kuchi hisoblanadi. Mulkni sub‘ekti - unga egalik kiluvchilar (insonlar) bo’lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa guruhlarga birlashgan bo’ladilar.
Mulk ob‘ektlari va sub‘ektlari birgalikda mulkchilik munosabatlarini shakllantiradi. Demak, mulkchilik munosabatlari - bu mulk ob‘ektini o’zlashtirish bo’yicha sub‘ektlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatdir.
Mulkchilik huquqlari – bu mulk sub‘ektining mulk ob‘ektiga nisbatan munosabati bo’lib, mulkdan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan hosil bo’ladigan huquqlar majmuidir degan ta‘rifni berish mumkin.

Ma‘lumki, moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish mulkchilik munosabatlarisiz amalga oshirilmaydi va jamiyatning rivojlanishi ham mulkka egalik qilishni talab qiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik munosabatlariga quyidagi mulk turlari kiradi:


1. Davlat mulki;
2. Ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlari;
3. Ijtimoiy tashkilotlar mulki;
4. Uy xo’jaligi va shaxsiy tomorqa xo’jaligi mulki;
5. Yakka tatibdagi mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulki;
6. Tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllari;
7. Xususiy mulklardan iboratdir.
“O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g’risida”gi Qonunida turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritilgandir:
1. Davlat mulki;
2. Jamoa mulki;
3. Xususiy mulk;
4. Shaxsiy mulk;
5.Aralash mulk.

Mulkchilik shakllari


_______________________________↓______________________________
↓ ↓
Davlat mulki - mulk deb hisoblangan narsalarni davlat tomonidan bajarish uchun o’zlashtirilishi Jamoa mulki - ishlab chiqarish va iste‘mol narsalarni muayyan maqsad yo’lida ayrim jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o’zlashtirilishi Xususiy mulk - ayrim kishilar va guruhlarga tegishli bo’lgan hamda daromad topishga qaratilgan mulk
↓ ↓ ↓
Aralash mulk - bu turli mulk shakllari birikishidan tashkil topib, har bir sub‘ekt o’z ulushini o’zlashtirish Yakka tartibdagi xususiy mulk - moddiy borliqni mulkdor tomonidan o’zlashtirilishi Korporativ xususiy mulk - bu birlashgan kishilar tomonidan korxonalar mulkni o’zlashtirilishi.

Davlat mulki – bu mulkka egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan barcha mulk ob‘ektlaridan iborat. Bu mulk asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi: birinchisi, xususiy mol-mulk milliylashtirilib, davlat ixtiyoriga o’tkaziladi, ikkinchisi, davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarga investitsiyalar kiritish. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, yo’llarni ko’rsatish mumkin.


O’zbekiston Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va ma‘muriy-xududiy (munitsipal) tizilmalar mulkidan iborat bo’ladi. Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va havonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hoqimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudet mablag’lari, oltin zahirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.
Ma‘muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan davlat hokimiyati mahalliy organlar mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualari, xalq ta‘limi, madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari kabi mol-mulki bo’ladi.
Jamoa mulki – bu ixtiyoriy ravishda jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma‘naviy boyliklarni yaratish va uni hamjihatlik bilan o’zlashtirilishidir. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab korxona qurishi, aktsiya chiqarib uni sotish yo’llari bilan shakllanadi.
Jamoa mulkiga kooperativlarnig, ijara va jamoa korxonalarining, aktsionerlar jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarning, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarining mulki kiradi, bu mulkka ayrim shaxslar emas, balki ma‘lum guruh, kishilar egalik qiladilar.
SHaxsiy mulk - bu har bir kishining mulki bo’lib, bu mulkdan shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojni qondirish uchun foydalaniladi va qonun bilan himoya qilinadi. Shaxsiy mulk har bir kishining mehnat daromadlari evaziga hosil bo’ladi va ko’payib boradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aktsiyadan kelgan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi, mulkini ijaraga berishdan kelgan daromad kabi yangi manbalarga asoslanadi.
SHaxsiy mulk ob‘ektlari – bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamg’armalari, uy-ruzg’or va shaxsiy iste‘mol buyumlari, yakka tartibda faoliyati uchun kerakli bo’lgan ishlab chiqarish vositalari hisoblanadi.
Xususiy mulk – bu ayrim tadbirkolarga, sohibkorlarga, ishbilarmonlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va egasiga foyda keltiruvchi mulkdir.
O’zbekiston Respublikasining ”Mulkchilik to’g’risida”gi Qonunda (7-modda), xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko’rsatilgan va qonunlar doirasida uning miqdori va qiymati cheklanmasligi ham qayd etilgan. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, turli shakldagi mulklarning qo’shilishi natijasida aralash mulk paydo bo’ladi va bu mulkdan hosil bo’lgan daromaddan har bir sub‘ekt - mulk egasi - o’zining ulushini oladi va bu mulkni rivojlanishidan manfaatdor bo’ladi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishning bozor yo’li - bu kup mulkchilikdir yoki ko’p ukladli iqtisodiyotni va raqobatlashuvchi muhitni shakllantirishdir. Buning asosida davlat tasarrufida bo’lgan mulkni xususiylashtirib, uni jamoa, ijara korxonalariga, aktsiya jamiyatlarga, ma‘suliyatli cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish - fuqarolarning va davlatga taaluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki obe‘ktlarini yoki davlat aktsiyali jamiyatlarining aktsiyalarini davlatdan sotib olishdir. [1] Prezident I. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni “....bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo’lib xizmat qiladi” [1] deb ko’rsatadi. Shu sababli O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat berilib, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi Qonuni 1991 yil 19 noyabr qabul qilindi.
Xususiylashtirish davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishini bildiradi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish – bu xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishning ham ko’zda to’shadi. U bir qator yo’llar bilan amalga oshiriladi:
1. Davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish;
2. Davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish;
3. Mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo’yicha fuqarolarga bepul berish;
4. Mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish;
5. Ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish;
6. Davlat mol-mulkini auktsionlarda kimoshdi savdosi orqali sotish va hakozo.
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3-guruhga ajratish mumkin:
1. Davlat mulkini bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish;
2. Davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish;
3. Davlat mulkini bepul bo’lib berish hamda sotishni uyg’unlashtirish orqali xususiylashtirish.
Davlat mulkini xususiylashtirish usullari

↓ ↓
Mulkni bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish Mulkni sotish orqali xususiylashtirish


↓ ↓
Mehnat jamoalariga bepul topshirish Mehnat jamoalariga sotish
↓ ↓
Barcha jamiyat a‘zolariga bepul bo’lib berish Barcha jamiyat a‘zolariga sotish
↓ ↓
Aholining ayrim ijtimoiy qatlashmlariga bepul berish Kim oshdi savdosida fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga sotish
↓ ↓
Har bir jamiyat a‘zosining davlat mulkini hosil qilishdagi ishtiroki, ya‘ni qo’shgan hissasiga qarab bo’lib berish Korxonalarni keyinchalik mehnat jamoalari tomonidan sotib ijaraga berish

CHet el firmalariga va fuqarlariga tashqi qarzni o’zish evaziga berish yoki sotish
___________↑_____________________________________________↑

Mulkni bepul bo’lib berish hamda sotish usullarini uyg’unlashtirish orqali xususiylashtirish.

O’zbekiston mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari



Birinchi bosqich.
(1992-1993 yillar)
→ Umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish korxonalarini, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimi korxonalarini xususiylashtirish

Ikkinchi bosqich.


(1994-1995 yillar)
→ Ko’plab o’rta va yirik korxonalar hissaborlik jamiyatlariga aylantirsh hamda ularning aktsiyalarini respublika qimmatbaho qog’ozlar bozorida sotish

Uchinchi bosqich.


(1996-1998 yillar)
→ Aktsiyalarning nazorat paketi davlat mulkida bo’lgan yirik korxona va tarmoqlarini xususiylashtirish

To’rtinchi bosqich


(1998-2002 yillar)
→ Xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini to’laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish

Beshinchi bosqich


(2003 yildan boshlab)
→ Xususiylashtirish jarayonlari samaradorligini oshirish va jadallashtirish, iqtisodiyotda xususiy sektorning ishtirokini faollashtirish va salmog’ini oshirish
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi.
Ikkinchi bosqichda kuplab o’rta va yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi.
Uchinchi bosqich 1996 yildan boshlandi va xususiylashtirilmaydigan ob‘ektlar ruyxatiga kirmagan barcha ob‘ekt va korxonalar 3146 ta davlat tasarrufidan chiqarildi.
To’rtinchi bosqichda asosiy vazifalar sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar yo’naltirildi.
Beshinchi bosqich O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi “O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni bilan bog’liq. Farmonga ko’ra iqtisodiy nochor davlat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish. Mazkur korxonalani modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to’g’ridan–to’g’ri invetitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan ob‘ektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi, ya‘ni past likvidli ob‘ektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo’yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlanadi.
Respublikada xususiylashtirishning adresli yo’naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu esa aholini mazkur jarayonda qatnashish imkonini beradi, uy-oylarning o’z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining ko’proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablag’lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi xo’jaligi uchun chek, yerlar olishida o’z ifodasini topadi.
Xususiylashtirishning to’lovliligi ham muhim xususiyatdir. Pulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob‘ektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog’liq salbiy holatlar bartaraf etilishining imkoniyati yaratildi.
Yana bir xususiyat - respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog’ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta‘minlandi.
Masalan, xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aktsiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura ob‘ektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalari, bog’larni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish, hamda soliq to’lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir.

Download 150,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish