Bog'liq Xujayev Rustam Iqtisodiyot nazariyasi kurs ishi
II BOB Mulkchilik munosabatlarining moxiyati va jihatlari
2.1. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari.
Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy sharti ko’’ ukladli iqtisodiyotni va raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli res’ublikamiz ‘rezidenti I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni «...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo’lib xizmat qiladi»5 deb alohida ta’kidlab ko’rsatadi. Uzoq yillar mobaynida res’ublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to’liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk sub’ekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a’zolari o’rtasida bu mulkga «hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarining shakllanishiga olib keldi.
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o’tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog’i ancha yuqori bo’lgan mamlakatlarda bu mulkning ma’lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga ko’ra, O’zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi Qonunida (1991 yil 19 noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi:
Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, akstiyali jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish – fuqarolarning va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob’ektlarini yoki davlat akstiyali jamiyatlarining akstiyalarini davlatdan sotib olishidir.6 Bundan ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham ko’zda tutadi. U bir qator yo’llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo’yicha fuqarolarga be’ul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini aukstionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin: 1) davlat mulkini be’ul bo’lib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini be’ul bo’lib berish hamda sotishni uyg’unlashtirish orqali xususiylashtirish.
Bu sanab o’tilgan usullarni amalga oshirishning aniq shakllarini 3-chizma orqali ifodalash mumkin.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ko’rsatib o’tilgan yo’llari va usullaridan qaysi birini tanlash undan kutilgan maqsadga bog’liq. Masalan, Rossiyada davlat mulkini vaucher orqali be’ul taqsimlash usuli qo’llanildi. Bundan ommaviy xususiylashtirishdan ko’zlangan maqsad qisqa muddat ichida cheklar bozorini joriy etish hisobiga mulkdorlarning g’oyat keng qatlamini vujudga keltirishdan iborat edi. Agar tadbirkorlikni rag’batlantirish ko’zda tutilsa, xususiylashtirish tanlab olingan ozchilik o’rtasida o’tkaziladi. Agar xususiylashtirish chetdan ka’italning kirib kelishiga, yo’l ochishi zarur bo’lsa, davlat mulkini xorijiy tadbirkorlarga berish shaklida amalga oshiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda ayrim usullarga ustuvorlik berish boshqa usullarni qo’llashni rad etmaydi, aksincha, ularni ham qo’llash zarurligini bildiradi. Masalan, korxona jamoasiga ustunlik berilib, davlat mulkini akstiyalashtirish, bu akstiyalarni sotib olishda shu jamoadan tashqari kishilar va chet el ka’italining ishtirok etishi ham bo’lishi mumkin. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga qarab ‘ulli, ‘ulsiz yoki imtiyozli tarzda o’tkaziladi. O’z shakli va usulidan qat’iy nazar bu tadbir xilma-xil mulkchilikni vujudga keltirishni ta’minlaydi, chunki davlat mulki hisobidan nodavlat mulkining barcha shakllari va turlari rivojlanadi.
Давлат мулкини хусусийлаштиришнинг усуллари
Мулкни бепул бўлиб бериш орқали хусусийлаштириш
Мулкни сотиш орқали хусусийлаштириш
Меҳнат жамоаларига бепул топшириш
Меҳнат жамоаларига сотиш
Барча жамият аъзоларига бепул бўлиб бериш
Барча жамият аъзоларига сотиш
Ким ошди савдосида фуқароларга ёки юридик шахсларга сотиш
Аҳолининг айрим ижтимоий єатламларига бепул бериш
Корхоналарни кейинчалик меҳнат жамоалари томонидан сотиб олиниши шарти билан ижарага бериш
Ҳар бир жамият аъзосининг давлат мулкини ҳосил қилишдаги иштироки, яъни қўшган ҳиссасига қараб бўлиб бериш
Фойда келтирмаётган корхонани меҳнат жамоасига бўлиб бериш
Чет эл фирмалари ва фуқароларига ташқи қарзни узиш эвазига бериш ёки сотиш
Мулкни бепул бўлиб бериш ҳамда сотиш усулларини уйғунлаштириш орқали хусусийлаштириш