Asosiy tayanch tushunchalar:
Ishlab chiqarish usuli - bu ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarini bir-biriga qo’shilishidir.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar – bu ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalarini o’zaro birligidan iborat.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar – bu insonlarni yashashi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol qilish jarayonida hosil bo’ladigan iqtisodiy aloqalar birligidir.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli - bu mehnat vositalari, materiallari, texnologiya, energiya axborotlari va ishlab chiqarishni tashkil etish usulidir.
Mulkchilik munosabatlari – bu tabiatda mavjud bo’lgan narsalarga egalik qilish, ulardan foydalanish, uni o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonida hosil bo’ladigan iqtisodiy aloqalar majmundir.
Mulkdan egalik qilish – bu mulkdorlik huquqi bo’lib, amaldagi qonunchilik bilan tavsiflanadi.
Mulkni o’zlashtirish – bu mulkni o’zini va undan olingan daromadlarni iste‘mol qilishdir.
Mulkni tasarruf etish – bu mulkni taqdirini mulkni taqdirini o’zi beligilashidir.
Mulk ob‘ektlari – bu mulk bo’lgan barcha boylik turlari tashkil etadi.
Mulk sub‘ektlari – bu mulk egalari bo’lgan barcha sub‘ektlari va uni o’zlashtirishdagi barcha ishtirokchilardir.
Xususiylashtirish – bu davlat ixtiyoridagi mulkni huquqini xususiy shaxslarga berilishidir.
XULOSA
O‘zbekiston so‘ngi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etayotgan va raqobatbardosh mamlakatga aylanmoqda. Zero, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ko‘zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, kelajakda iqtisodiyotimizni rivojlangan demokratik mamlakatlar darajasiga olib chiqib bo‘lmasligi davlatimiz rahbari tomonidan asoslab berilgan edi.
1. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bir xilda va tekis ketmay, uni turli bosqichlarga ajratish mumkin. Mazkur bosqichlarini bilishda tarixiy-formastion, madaniylashish (stivilizastiya) darajasi, texnika va texnologik taraqqiyot darajasi, sostial-iqtisodiy shakllarning o’zgarishi kabi jihatlar bo’yicha yondoshuvlar mavjud.
2. Iqtisodiy tizim har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar majmuasini o’z ichiga oladi. Iqtisodiy nazariyada ko’’incha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog’lab, shu asosda dunyodagi mamlakatlar iqtisodiyoti an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlariga ajratiladi.
Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o’zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o’rtasidagi munosabatlar majmuasidir.
4. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy ne’matlarni o’zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks etadi. Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu ob’ektni o’zlashtirish va foydalanish borasida sub’ektlar o’rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni sub’ektning ob’ektga nisbatan bo’lgan munosabatini aks ettiradi.
5. Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish – korxonalar ustav fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning investistion jozibadorligini oshirish va xorijiy investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga qaratilgan kom’leks dasturdan iborat jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |