Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob. Interfaol ta’lim metodlari hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari Ta'lim vositalarining klassifikatsiyasi
Bog'liq I bob. Interfaol ta’lim metodlari 1 Hozirgi kunda eng ommaviy in
Mundarija: Kirish
Asosiy qism
I bob. Interfaol ta’lim metodlari
1.1 Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari
1.2 Ta'lim vositalarining klassifikatsiyasi.
1.3 Ayrim interfaol ta’lim metodlarining turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan qo’llash uchun qulayligi
II bob Interfaol grafik organayzerlar
2.1. Grafik organayzerlar texnikasi
2.2 “Venn diagrammasi” metodi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish O'zbekiston Respublikasida ta ’lim sohasida bo'layotgan o'zgarishlar davlatim izning istiqbol ini ta ’m inlovchi asosiy om illardan biri sifatida jahon ommasi tomonidan e'tirof etilmoqda. 0 ‘z navbatida ‘Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’ning qimm ati unda har bir shaxsni jamiyat ehtiyojiga javob beruvchi kasb egasi qilib tarbiyalashga asosiy e ’tibor qaratilganligi bilan belgilanadi. Ushbu asosda o'quvchilarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash ishlarining samarali yo'lga qo'yilishi ta ’lim islohotlari muvaffaqiyatini ta ’m inlovchi m uhim omil vazifasini o'taydi. Ta’lim islohotlarining hozirgi bosqichida erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash muammosi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu boradagi milliy ta’lim m odelining asosiy g'oyasi va m azm uni ‘Ta’lim to ‘g‘risida’gi Q onun ham da ‘Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’da o'z ifodasini topgan. Respublikam izda um um iy o'rta ta ’lim m uassasalari oldiga qo'yilgan o'quvchilarni xalq xo'jaligining turli sohalarida samarali m ehnat qilishga, kasb-hunarlarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash bo'yicha ijtimoiy buyurtm asini bajarishda m ehnat ta ’limi o'qituvchisining roli beqiyosdir. Davlat ahamiyatiga molik ushbu vazifani bajarish uchun m ehnat ta ’limi o'qituvchisidan um u m - mehnat bilim, ko'nikma va malakalarini, kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirishni hamda dinam ik ravishda rivojlanib borayotgan pedagogik jarayon talablari darajasida pedagogika, psixologiya, metodika fanlari yutuqlari, zamonaviy texnika va ilg'or texnologiyalar, ishlab chiqarish va bozor iqtisodiyoti munosabatlari bo'yicha mukammal bilim hamda ko'nikmalarni egallashni taqazo etadi. Shu m unosabat bilan, m ehnat ta ’limi o'qituvchisining bilim, ko'nikma ham da malakalari ko'lami va sifati, uning ta ’lim-tarbiya jarayonini um um iy o'rta ta'lim DTS talablari asosida tashkil etish va o'tkazish bo'yicha erishgan yutuqlari va yo'l qo'ygan kamchiliklari, kasbiy m ahorati va shu kabi mehnat faoliyatiga oid murakkab va ko'p qirrali faoliyatini takom illashtirish jarayonining didaktik shart-sharoitlarini aniqlash, nazorat maqsadiga muvofiq ravishda uning shakl, tur, usul va vositalarini optimal tanlash asosida nazorat o'tkazish metodikasini ishlab chiqish, uning mazmunini boyitish, bu sohada mamlakatimiz miqyosida amalga oshirilayotgan tashkiliy ishlarning tahlili bu borada amalga oshirilavotgan barcha tadbirlarni ilmiyuslubiy asosda tashkil etilishini talab qilmoqda.
Vatanimiz ta’limi keng qamrovli islohotlarni amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirmoqda ulardan ko`zda tutilgan maqsad maktab faoliyatini demokratlashtirish, uning insonparvarlik tamoiyillarini rivojlantirish, bu vazifalarning muvaffaqiyatli hal qilishning muhim shartlaridan biri chet el maktabi va pedagogikasi tajribalariga munosabatni tubdan o`zgartirishdan iborat ekanligini hayotning o`zi ko`rsatmoqda.
Bu tajribalarni sinchkovlik va qunt bilan o`rganish orqali ta’limda xato va yanglishishlardan, shubhali xulosalardan o`zimizni saqlashimizdan tashqari ta’lim-tarbiyada qotib qolgan, eskirgan, o`z dolzarbligini yo`qotib borayotgan ish shakllari va uslublaridan tezroq xalos bo`lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo`shimcha boy manbalarga ham ega bo`lamiz.
Shuni e’tirof etish kerakki, rivojlangan mamlakatlarda ta’lim sohasida ulkan o`zgarishlar sodir bo`layotgan bir davrda bizda ta’lim mazmunini yangilash uni boshqarish yangi pedagogik texnologiyani maktab hayotiga tatbiq etishda hamon kamchiliklar mavjud.
Ta’lim-tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi davrda esa ilmiy-texnika taraqqiyoti yangi texnalogik rivojlanishlar sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsata oladigan jamiyat a’zolarini etishtirib berish yosh avlodni kasb-hunarga yo`naltirishda davlat xizmatini hamda o`rta ta’limning ko`p variantli uchinchi bosqichini joriy etish ta’lim mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni qo`llash ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo`l ochish uni muqim tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o`rganish ayni muddaodir.
Rivojlanayotgan xorijiy davlatlarda ta’limning, mamlakat ichki siyosatiga faol ta’sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy taminlashga qaratilayotgan mablag` miqdori yildan yil oshib bormoqda .Yaponlarda, masalan “maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli”gina bo`lib qolmay, “u insonlarni yaxshilaydi”, degan fikr ishonch timsoliga aylangan. Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tatqiqotlarni amalga oshiradigan ko`p sonli ilmiy muassasalar faoliyat olib boradi.
Fransiya, Germanya, AQSh, Yaponiyada ta’lim-tarbiya nazariyasi muommolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tatqiqot markazlari shug`ullanmoqda. Ular faoliyatini esa xalqaro ta’lim markazlari, masalan AQShda xalqaro ta’lim instituti muvoffiqlashtirib bormoqda. Asosiy o`quv dasturlariga ma’lum cheklanishlarni kiritish, alohida predmetlarni urganishni kuchaytirib, ularni chuqur o`zlashtiradi va o`quvchilarni ortiqcha yuk dan halos qiladi. Bu masalani ijobiy hal etishda o`quv kurslari integrasiyasini amalga oshirishga yordam beradi. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar o`quv dasturiga integrasiyalashtirilgan kurslarni kiritish to`la amalga oshirildi. Fransiya maktablarida ularga 6-10 foiz, Buyuk Britaniya maktablarida 15 foiz o`quv soatlari ajratildi. Chet el tajribalari shuni ko`rsatdiki, ta’lim mazmunini qayta qurish ishida shoshma-shosharlikka yo`l qo`yib bo`lmaydi. Fikrimizcha, bu sohada samaraliroq yo`l integrasiya va ixtisoslashtirishga asoslangan o`quv dasturini yaratishdir.