2.3.1-rasm. «Ekologiyaning global muammolari va yechimlari» mavzusida konferentsiya
Dunyo miqyosida globallashuv jarayoni tez surʼatlar bilan jadallashib borayotgan bugungi kunda insoniyat uchun ekologik xavfsiz makonda yashash masalasi tobora dolzarb muammoga aylanib borayotganligini chuqurroq oʼylash, shuningdek, Ona sayyora muhitini bulgʼayotgan ekologik xavf hatto yadro talafotidan ham dahshatliroq boʼlib, yer yuzidagi barcha xalqlarni bu haqdagi fikrlarini hamda xalqaro tajribalarni tahlil qilish va solishtirishdan ularning yechimiga qaratilgan bilimlarni egallashdan iborat.
Konferentsiyani Аkademiya boshligʼi, general-polkovnik Qobul Berdiev ochib, asrning boshlanishi ikki muhim tendensiya bilan baholanishi yaʼni, birinchisi, hozirgi sivilizatsiyaning global ekologik muammolar (iqlim oʼzgarishi, ozon qatlamining buzilishi, toza ichimlik suvi tanqisligi, bioxilma-xillikning qisqarishi, ortiqcha chiqindilarning hosil boʼlishi, ularni utilizatsiyalash muammosi va hokazo)ga duch kelishini, ikkinchisi esa dunyo¬dagi qator mamlakatlarning jadal surʼatlarda rivojlanib borishini taʼkidladi. Mutaxassislarning maʼlumotlariga koʼra, bugungi kunda sayyoramizda turli xil yoqilgʼilarni yoqish sababli yiliga 10,1 milliard tonna kislorod sarf boʼlayotgani, qishloq xoʼjaligiga yaroqli yerlarning 70 foizi, chuchuk suvlarning 20 foizi oʼzlashtirilayotgani, oʼrmonlar yildan-yilga kamayib borayotganligini, choʼl zonalarining maydoni oshayotgani sababli havo harorati yildan-yilga koʼtarilayotganini, oxirgi 50 yilda yer yuzi aholisi deyarli uch marotaba oʼsgani, texnikaning, sanoat korxonalarining rivojlanishi natijasida transport vositalarining soni 900 milliondan ortgani, hosil qilingan elektr energiyasining 80 foizi anʼanaviy uglevodorod xomash¬yosi asosida ishlab chiqarilayotgani atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazayotganini. Bularning oqibati oʼlaroq, dunyoda ekologik muhitning yomonlashuvi bilan bogʼliq turli xil kasalliklar kelib chiqarayotganligi yuzasidan zarur choralar koʼrilayotganligini alohida taʼkidladi.
Konferentsiyada iqtidorli kursantlar tomonidan tayyorlangan maʼruzalarda bugungi kunda dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari natijasida paydo boʼlayotgan global, mintaqaviy va milliy ekologik xavflardan davlatni, jamiyatni va shaxsni himoya qilishga yoʼnaltirilgan milliy strategiyani shakllantirish hamda bu xavflarning yechimini topish uchun atrof-muhit va aholi salomatligi muhofazasi boʼyicha qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan tizimli ishlar davom ettirilishi zarurligi bu borada muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyov tashabbuslari bilan qabul qilingan Konseptsiyada belgilab berilgan Oʼzbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat toʼgʼrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bundan tashqari, Qonunchilik palatasidagi “Аdolat” sotsial-demokratik partiyasi fraktsiyasi bilan birga “Qayta tiklanuvchi energiya toʼgʼrisida”gi, Ekoharakat deputatlari guruhi tomonidan “Oʼsimlik dunyosini muhofaza qilish, undan foydalanish va qayta tiklash toʼgʼrisida”gi qonunlar loyihalari tayyorlanganligini alohida eʼtirof etildi. Shuni alohida taʼkidlash joizki, bugun yosh avlodning taʼlim olishida ajdodlarimiz merosiga tayangan holda ekologik taʼlim sohasini isloh qilishga alohida eʼtibor qaratishimiz kerak.
Zero, aholining ekologik madaniyatini oshirish, ayniqsa, yoshlar oʼrtasida ekologik taʼlim-tarbiyani kuchaytirish, qolaversa, har bir insonda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʼlish hissini shakllantirish muhim ahamiyatga ega.

Xulosa
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridayoq mamlakatimiz hududida ekologik xavfsizlikni tug`dirayotgan barcha muammolarga hukumatimizning rahbariyati Prezidentimiz Islom Karimov asosiy e`tiborni qaratdi, chunki tabiat, atrof – muhit toza bo`lsagina jamiyatimizda sog`lom turmush tarsi qaror topadi.
Asrlarga tutash kelgan palla butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo`l qovushtirib o`tirish – o`z – o`zini o`limga mahkum etish bilan barobardir.
Afsuski, hali ko`plar ushbu muammoga beparvolik va mas`uliyatsiz bilan munosabatda bo`lmoqdalar.
Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan.
Ekologik vaziyatni obyektiv va har tomonlama tahlili shuni ko`rsatadiki, ekologik xavf – hatarning vujudga kelishi nafaqat fan – texnika taraqqiyotiga, balki jamiyatning tabiat bilan o`zaro munosabatlarini boshqarish mehanizminig yo`qligiga bog`liq. Tabiiyki, bunday hol tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga, tabiiy muhitning nomaqbul o`zgarishlariga olib keladi. Ekoligik vaziyatning yomonlashuni hamda tabiat va jamiyat o`rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, shuningdek, tabiatning ichki tuzilish va rivojlanishining qonuniyatlariga amaliyotga yetarlicha e`tibor bermasligi bilan ham bog`liq. Ichki boshqaruv mehanizmiga ega bo`lgan tabiiy muhit o`zida sodir bo`ladigan jarayonlarni muayyan muvozanatda saqlab turish imkoniyatlariga ega. Ammo har qanday tizim kabi tabiiy muhita ham muayyan chegaralarga ega. Shu sababli tabiiy muhitning o`zgarish dinamikasi ma`lum sig`im orqali, ya`ni o`z – o`zini tiklash resurslarining mavjudligi bilan ifodalanadi. Agar inson faoliyatining ta`sir ko`lami tabiiy muhitning o`z – o`zini tiklash imkoniyatlaridan ortiqcha bo`lsa, tabiiy muhitning nomaqbul o`zgarishlari ro`y beradi va bu o`zgarishlarni qanday yo`nalishda sodir bo`lishini oldindan belgilash va boshqarish imkoniyatlari bo`lmaydi.
Tabiiy muhitning ekologik jihatdan nomaqbul o`zgarishlarining ilmiy texnikaviy omillari ko`pgina hollarda jamoyatning tabiatga nisbatan munosabatlariga bog`liq. Chunki tabiat bilan o`zaro ta`sir jarayonida tabiatdan oqilona foydalanishni rivojlantirish av boshqarish streategiyasini optimallashtirish vazifalarini hal etish uchun yetarlicha tayyor bo`lmaydi.
Jamiyat va tabiat orasidagi o`zari ta`sir va bu ta`sir tufayli tabiiy muhit sodir bo`ladigan o`zgarishlarning dolzarb umumzaminiy muammolari Markaziy Osiyo mamlakatlarida xususan, O`zbekistonda ham vujudga kelishiga ko`ra, o`ziga xos mintaqaviy belgilarga va sharoitlarga ega.
Markaziy Osiyo mintaqasi – ekologik falokatning g`oyat havfli hududlaridan biridir. “Vaziyatning murakkabligi shundaki, - deb ta`kidlaydi Islom Karimov o`zining “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida” kitobida, - u bir necha o`n yilliklar mobaynida ushbu muammoni inkor etish natijasidagina emas balki, bu mintaqada inson hayot faoliyatining deyarli barcha sohalari ekologik xatar ostida qolganligi natijasida kelib chiqqandir”.
Darhaqiqat, MArkaziy Osiyo mintaqasida ko`plab odamlar, bir qancha xalqlar va millatlarning hayoti uchun fojeaga aylandi. Ularni qirilib ketish, genofondining yo`q bo`lib ketishi yoqasiga keltirib qo`ydi. Bu jarayonlar O`zbekiston uchun ham xosdir. Mutaxassislarning baholashicha O`zbekistonda juda murakkab va xavfli vaziyat vujudga kelmoqda. Shu sababli hukumat va davlat, mamlakatimizda atrof – muhitni muhofaza qilish, atbiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalariga juda katta e`tibor bermoqda. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab atrof – muhitni muhifaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari qabul qilindi. Olimlar yildan yilga yangi - yangi kashfiyotlar yaratishyapti. O`zaro bahslarda ular yadroviy energiya, chekishning zarari, Sibir daryolarini O`rta Osiyoga olib kelish kerakmi yoki yo`qmi deb, doimiy munozara ichidalar. Aynan mana shu “ikkilanish” insonning dadil qadam tashlashiga to`g`anoq bo`lib kelmoqda.
Insoniyatning tabiat bilan hisoblashmasdan, faqat o`zining manfaati yo`lida qaror qabul qilishi tabiiy muhitning ahvoli salbiy tarafga o`zgarishga olib keldi. Sanoat va qurilishda tabiiy resurslardan samarasiz foydalanish, ularnig keskin kamayishiga olib keldi.
Ko`p hollarda amalga oshirilayotgan ishlar tabiatni muhofaza qilish foydasiga hal bo`lmayotganligini sezib turamiz. Shunu ta`kidlash joizki, ayrim korxona rahbarlari yuqori iqtisodiy ko`rsatkichlarga erishish maqsadida turli tadbirlarga o`ylamay – netmay qo`l urishadiki, pirovard natijada artof muhitaga yetkazilgan zarar ushbu iqtisodiy yutuqlar o`rnini qoplabgina qolmay, bundan o`z chandon ortib ketmoqda.
Bugungi kunda aksariyat odamlarda ekologik bilimlarning yetarli emasligi, ba`zilarda umuman yo`qligi bilinib qolmoqda. Ko`pchilik ekologik muommolar mavjudligidan habardor, ba`zilar kechiktirib bo`lmas qabul qilish kerakligini, atro – muhitni muhofaza qilish yo`lida tub burilish zarurligini talab qilishsa, boshqa toifadagi odamlar buning keragi yo`q deb o`ylashadi.
Joylardagi tadbirlarni amalga oshirayotgalarida ushbu tadbirning iqtisodiy samarasi bilan birga kelajak haqida ham bosh qotirishlari kerak.
President ta`biri bilan aytganda, muhofazalashda mahalliy hokimiyatlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning bajarilishi harakatdagi birinchi rahbarga bog`liqdir. Joylardagi birinchi rahbarning atrof – muhitni muhofaza qilishga e`tibor qaratsa, aholi ham bu masalaga yuz o`giradi.
Sayyoramizni kelajak avlod uchun sof holda saqlab qolishimiz zarur ekanligini butun insoniyat e`tirof etmoqda. XXI asrda yangicha dunyoqarash va ekologik tafakkur shakllanmoqda. Hozirgi paytda tabiatdan oqilona foydalanish va atrof – muhitni muhofaza qilish sohasidagi barcha chora – tadbirlar atrof – muhtni muhofaza qilish va tabiiy resurslarda oqilona foydalanish bo`yicha davlat dasturi tashkil etilgan. Tabiatni muhofaza qilish borasidagi milliy tadbirlar boshqa davlatlar va halqaro tashkilotlar bilan keng va har tomonlama hamkorlik qilish ishi bilan qo`shib olib borilayortir.
Do'stlaringiz bilan baham: |