1. 2 O`zbekistonda ekologik havfning vujudga kelishida suv zahiralarining ta`siri.
Mamlakatimizning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini samarali tashkil etish va jadallashtirish sharoitida, ona tabiat muhofazasi hamda undan oqilina foydalanish masalasi butun xalq xo`jaligi rivoji bilan bevosita birlikda qaratiladi.
Suv qishloq xo`jaligi va sanoat ishlab chiqarishdagi deyarli barcha texnologik jarayonlarning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Mazkur sohalardagi texnologik jarayonlarda suv juda ko`p ishlatiladi. Chunki suvdan haddan ortiq ko`p foydalanilsa, oxir oqibat u yetishmay qolishi mumkin. Sababi, hozirgi zamon texnikasi uni yuz foiz tozalashga qodir emas. Suvni butunlay tozalash uchun ham oqova suvlardan foydalanishga to`g`ri keladi. Bu esa suvni yana isrof qilish demakdir. Tabiiy suv havzalarida o`z – o`zini tozalash effekti ham katta samara beradi.
Resbublikamizda hozirgi vaqtda ifloslangan oqova suv manbalariga oqizish uchdan birga qiziqtirildi. Suvni tejab ishlatish borasida nazorat kuchaymoqda. Dalalarga rejali asosda suv berilyapti. Xonadonlarga suv o`lchagich asboblar o`rnatilmoqda.
Garchang yer yuzida suv eng ko`p tarqalgan modda bo`lsa-da, ularning 98 foiz tashkil etadi. Umumiy chuchuk suvning atigi 0,1 foizidan foydalanish imkoni bor, xolos.10
Suv ona sayyoramizda eng ko`p tarqalgan noorganik moddadir. Suvsiz yerda hayot yo`q. Suv – yerdagi asosiy hayotiy jarayon hisoblanmish fotosentezda yagona kislorod manbaidir. U ob havo va iqlimning shakllanishida katta ahamiyatga ega.
Yerdagi suvning katta qismi dengiz va okeanlarda to`plangan. Yerda tarqalgan butun suvning atigi 2 foizi chuchuk suv ulushiga to`g`ri keladi. Chuchuk suvning 85 foizini qutb zonalaridagi muzliklar va boshqa muzlar tashkil etadi. Chuchuk suvlarning qayta tiklanishi tabiatda suv aylanishi tufayli sodir bo`ladi.11
Yer kurrasining ko`pgina hududlarida daryolar asosan elektr manbai hisoblanadi. Chuchuk suvlardan inson turmushda, qishloq xo`jaligi va sanoat ehtiyojlar uchun foydalanadi.
Qadimdan xalqimiz orasida “Bir narsani yo`qotmay turib, ikkinchisi narsaga erishib bo`lmaydi”, degan hikmatli so`z yuradi. Sobiq sho`rolar davrida, ekin ekiladigan maydonlarni kengaytirish maqsadida cho`llarni o`zlashtirishga tushdilar. Holbuki, o`zlashtirilgan cho`l tuproqlarining oddiy lalmikor tuproqlarga nisbatan suvga bo`lgan ehtiyoji bir necha barobar yuqori. Bu muammo ham hamirdan qil sug`urgandek osongina hal etildi, ya`ni Amudaryo va Sirdayyoning Orolga boradigan yo`nalishini o`zlashtirayotgan cho`l zonasiga burdilar. Suvdan ayovsiz, vaxshiylarcha foydalanish natijasida Orol dengiziga quyiladigan suvning miqdori kamayadi. Ha, basilar o`ylagan maqsadiga erishdi, ya`ni mahsuldorlikni oshirish uchun yerlar kamaytirildi. Ammo bizga undan ikki barobar qimmatga tushgani – Orol dengizining batamom qurib qolish havfi tug`ildi.12
Orol dengizining qurib borishi bilan vujudga kelgan ekologik va ijtimoiy – iqtisodiy muammolar hozirgi kundagi eng dolzarb masala sanaladi. Va bu borada ko`pchilikda yetarli ma`lumotlar bor. Lekin, Orol dengizining muammosi jamoatchilik e`tiboridan holi bo`lib kelayotgani yo`q.
2000-yilda Birinchi Prezidentiimiz I. A. Karimov Birlashgan Millatlar Tashkilotida bo`lib o`tgan ming yillik sammetetining 55-sessiyasida Orol muammosining yana ilgari surdi va bunda Orolning muammoga aylangani e`tirof etildi.13
Aslida Orol dengizi muammosi uzoq o`tmishga borib taqaladi. Lekin bu muammo so`nggi o`n yilliklarda xavfli darajada ortdi. Orol dengizi muammosi soyasida qolib, jamoatchilik e`tiboridan xoli bo`lib kelayotgan bir qancha muammolarni ham tilga olishimiz zarur.
Xususan, mamlakatimiz aholisini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash jiddiy e`tibor qaratish kerak bo`lgan masalalarning eng muhimi sanaladi. Raqamlarga tayanib aytadigan bo`lsak, respublikamiz shahar, shahar posyolkalari va tuman markazlari aholisining 89 foizi toza ichimlik suvi bilan ta`minlangan. Mamlakatimiz aholisining 60 foizidan ko`pi qishloqlarda yashashini e`tiborga oladigan bo`lsak, bu boradagi ahvol yanada yaqqolroq namoyon bo`ladi. Ya`ni, davlatimiz mustaqillikka erishgunga qadar qishloq aholisining 52 foizinigina qoza ichimlik suvi bilan ta`minlangan.14 O`tgan o`n bir yil davomida bu ko`satkich 74,9 foizga yetkazildi.
Bundan tashqari qishloq aholisini qoza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta`minlash bo`yicha maxsus davlat dasturi amalga oshirilmoqda.
Ma`lumki, O`zbekistondagi ichimlik suv ta`minotining 80 foizi yerosti suvlari hisobidan amalga oshiriladi. Mamlakatimizda ichimlik maqsadlarida foydalaniladigan 95 ta yerosti suvlari manbalari mavjud bo`lib, ulardan 72 tasi chuchuk suv manbalaridir.15
Tan olib aytish kerakki, antropogen ta`sir ostida mavjud chuchuk yerosti manbalarining sifati yomonlashmoqda, ya`ni ma`lum darajada ifloslanishi kuzatilmoqda. Misil uchun, eng katta yerosti suv zahirasi bo`lmish farg`ona viloyatidagi suvning azot birikmalari, neft mahsulotlari bilan ifloslanganligi, mineralizatsiyasi oshganligi va ular hajmining kamayib borayotganligi tashvishlanarli holdir. Shunga o`xshash holatlarni Namangan viloyatining Olmos – Vazrik, Iskovat – Peshkanar, Samarqand viloyatining Toshhurd va Xo`jaipak, Toshkent viloyatining Ravot – Zomin yerosti suv manbalarida ham kuzatish mumkin.
Bunday noxush holatlarni oldini olish maqsadida tabiatni muhofaza qilish davlat qumutasi tomonidan chuchuk yerosti suvlari hosil bo`ladigan hududlarga alohida muhofaza etiladigan hududlar maqomini berish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, respublikamiz muqyosidagi 11 ta va viloyatlar miqyosidagi 8 ta hududlarga ushbu maqomni berish ishlari amalga oshirilyapti.16
Xususan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chirchiq, Ohangaron, So`x va Chimyon – Avval yerosti chuchuk suvlari hosil bo`ladigan mintaqalarga alohida muhofaza etiladigan gududlar maqomini berish to`g`risida”gi hamda Zarafshon vodiysi, O`sh – Aravon, Norin, Kitob – Shahrisabz yerosti chuchuk suvlari hosil bo`ladigan mintaqalarga ushbu maqomni berish to`g`risidagi qarorlari qabul qilindi.
Viloyatlar miqyosidagi yerosti chuchuk suvlari hosil bo`ladigan 8 ta mintaqadan 5 tasida Farg`ona, Namangan, Samarqand va Surhondaryo viloyatlari hokimlarining tegishli qarorlari qabul qilindi, bular: Farg`ona viloyati Isfara yerosti chuchuk suv manbasining Beshariq uchastkasi, Namangan viloyatining Olmos – Vazrik, Iskovot – Peshkanar yerosti chuchuk suv manbalari, Samarqand viloyati Nurosti chuchuk suv manbasining Djyush uchastkasi, Surhondaryo viloyati Toshhurd yerosti chuchuk suv manbalaridir.17
Daryolar ifloslanishining oldini olish maqsadida o`tgan 2002 yil mobaynida Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Qashqadaryo daryosining qirg`oq bo`yi polosasi va muhifaza zonasini belgilash to`g`risida”gi hamda “Samarqand, Navoiy va Buxori viloyatlaridagi Zarafshon daryosining qirg`oqbo`yi polosasi va muhofaza zonasini belgilash to`g`risida”gi qarorlar qabul qilindi.18
Aholining toza ichimlik suvi bilan ta`minlanganligini yaxshilash masalasihal qilinayotgan bir vaqtda oqova suvlarni chiqarib tashlash va ularni tozalash uchun kanalizatsiya tarmoqlarini qurish, mavjud tozalash inshootlarini kengaytirish va yangilarini qurish masalariga yetarli darajada e`tibor berilmayapti.
Respublikamizda ekologik holatning yangilanishiga salbiy ta`sir ko`rsatayotgan omillardan yana biri – chiqindilarni joylashtirish va ularni qayta ishlash muammosining ,to`liq hal etilmaganli hisoblanadi.
Jahonda ham maishiy chiqndilar muammosi shu paytgacha to`liq ijobiy hal etilmagan. Zotan, har yili bir shahar aholisidan o`rtacha 150 kg dan 600 kg gacha chiqindi jon boshiga Amerika Qo`shma Shtatlarida 520 kg ni, Norvegiya, Ispaniya, Shvetsiya va Nederlandiyada 200-300 kg ni tashkil etadi. Toshkent shahrida esa bu ko`rsatkich 240 – 260 kg ni tashkil etmoqda.19
Tahlillarga murojaat qiladigan bo`lsak, O`zbekiston hududida qattiq maishiy chiqindilar tashlanadigan 200 ga yaqin shahar va qishloq ahlatxonalari mavjud. Ularda tahminan 30 mln. kub – metr axlat to`planadi. Ming afsuski, ushbu axlatxonalarda to`planayotgan chiqindilarni zararlantirish va ko`mib tashlash hamon eskirgan usullar bilan amalga oshirilmoqda.
Bu muammolarni bartaraf etishda, respublikamizda qabul qilingan ekologik dasturlarning bekamiko`st bajarilishiga bog`liq. Daraxtzor va o`rmonlarni ko`paytirish, manzarali daraxtlarni yo`l chetlariga ko`plab o`tqazish mavjud muammolarning oldini olishga ijobiy natijalar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |