2.2. Ekologik ekspertizaning ilmiy printsiplari.
Ekologik ekspertiza faoliyati va amaliyotining turli soha va yo’nalishlarini ilmiy tadbiq etishning asosiy natijalari sifatida tavsiya qilingan va har tomonlama ilmiy asoslangan ekologik ekspertiza printsiplari konkret ilmiy printsiplari qatoriga kiradi. Bunday printsiplar qatoriga quyidagilar kiradi:
har qanday rivojlantirilayotgan xo’jalik va boshqa faoliyatning extimol tutilayotgan ekologik xavflilik prezumtsiyasi;
ekologik ekspertiza xulosalarining ilmiy asoslanishi, ob’ektivligi va qonuniyligi;
ekologik ekspertiza ob’ektlari ro’yobga chiqarish to’g’risidagi qaror qabul qilinishiga qadar davlat ekologik eksspertizaning majburiyligi;
xo’jalik va boshqa faoliyatning atrof tabiiy muhitga ta’sirini va uning oqibatlarini baholashning komleksligi;
ekologik ekspertizani o’tkazishda ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning majburiyligi;
ekologik ekspertizaning ehtimol tutilayotgan o’zgarishlarni bashorat qilishning zarurligi;
ekologik ekspertizaga taqdim etilayotgan axborotning ishonchligi va to’lqinligi;
ekologik ekspertiza ekspertlarining ekologik ekspertiza sohasida o’z vakolatlarini amalga oshirishdagi mustaqilligi;
oshkaralik, jamoat tashkilotlari (uyushmalar) ishtiroki, jammoatchilik fikrini hisobga olish;
ekologik ekspertiza qatnashchilari va manfaatdor shaxslarning ekologik ekspertizani tashkil etish, o’tkazish, sifati uchun javobgarligi.
Har qanday rejalashtirilayotgan xo’jalik va boshqa faoliyatning ehtimol tutilayotgan ekologik havflilik prezumtsiyasi printsipi, ushbu holatning aksi tasdiqlanmaguncha, uni yuridik to’g’ri deb topishni bildiradi.
Ekologik ekspertiza xulosalarining ilmiy asoslanishi, ob’ektьivligi va qonuniyligi printsipi ekologik ekspertizaning xulosalari asoslangan va ilmiy dalillar bilan ispotlangan bo’lishini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish printsiplariga asoslanishini, eng avvalo, insonning hayoti va salomatligi, odamning sog’lom va yashash uchun qulay atrof muhitga ega bo’lish huquqlarining ustuvorligini ta’minlaydigan ekologik va iqtisodiy manfaatdorlarning ilmiy asoslangan bog’lanmalarini ta’minlash printsiplariga asoslanishini bildiradi. Ekologik ekspertiza xulosalari qat’iy qonunchilik talablariga tayanadi va xulosalarining ob’ektiv bo’lishini ta’minlaydi.
Ekologik ob’ektlarini ruyobga chiqarish to’g’risidagi qaror qabul qilinishiga qadar davlat ekologik ekspertizaning majburiyligi printsipi ikki xil ahamiyatga ega: birinchidan, atrof muhitga yoki inson salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan loyihalar, dasturlar, qurilmalar, qurilmalarini majburiyekspertizadan o’tkazish. Bunda yuqori tashkilotlar faqat davlat ekologik ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasidan keyin keyin ularni ruyobga chiqarishga ruxsat berishi mumkin. Ikkinchidan, ekspertiza xulosasida ko’rsatilgan xudlosalrni bajarishning majburiyligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |