1 Davlat byudjeti daromadlarini ta’minlash va mahalliy salohiyatini
oshirishda soliq siyosatiga ta’sir etuvchi omillar
Respublikamiz xo’jalik yuritish va ijtimoiy munosabatlarning yangi
shakllariga o’tish bilan soliqqa tortishning me’yoriy-huquqiy bazasi muntazam
ravishda takomillashib bordi. Rivojlanish va oyoqqa turishning murakkab yo’lini
bosib o’tib, anchagina barqaror va yaqqol bo’lgan soliq tizimi shakillandi, u
so’nggi yillarda davlat byudjeti daromadlari va harajatlarining muvozanatlashuviga
erishish imkonini berdi. Respublika xukumati tomonidan iqtisodiyotga tushadigan
soliq yukini bosqichma-bosqich kamaytirish izchil siyosatining o’tkazilishiga
jamg’armalarni va iqtisodiyotning moddiy (xususiy) sektorining iste’molini
oshirish zaruriyati sababchi bo’ldi, soliqlar va yig’imlarni birxillashtirish esa milliy soliq tizimini xalqaro me’yor va standartlarga muvofiqlashtirish imkonini beradi.
Natijada davlat byudjeti daromadlari tarkibida soliq tushumlarining YaIMdagi
ulushi bir muncha o’zgardi.
Respublika xukumati tomonidan soliq siyosatini yanada takomillashtirish,
fiskal funktsiyalarni kamaytirish hamda soliqlarning rag’batlantiruvchi ahamiyatini kuchaytirishga doir asosiy omillar sifatida quydagilarni belgilab olindi:
soliq yukini ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga o’tkazish, to’g’ridanto’g’ri soliqlar salmog’ini qisqartirish hisobiga bilvosita soliqlar ulushini ko’paytirish;
soliqqa tortishning o’xshash bazasiga ega bo’lgan soliqlarni birxillashtirish,
soliq mexanizmini soddalashtirish;
resurslarni tejovchi ishlab chiqarishlarni rag’batlantirishni ta’minlovchi resurs soliqlari stavkalarini maqbullashtirish;
yig’iluvchanlik darajasini oshirish va boshqa zaxiralar hisobiga soliq solish
bazasini kengaytirish.
Soliq yukini ishlab chiqaruvchilar zimmasidan iste’molchilar zimmasiga
o’tkazish, bilvosita soliqlar ulushini oshirish. Bevosita soliqlar salmog’ini
kamaytirish hisobiga bilvosita soliqlar ulushini oshirish, soliq yukini ishlab
chiqaruvchilar zimmasidan iste’molchilar zimmasiga o’tkazish bevosita soliqlar korxonalar hamda fuqarolarning moliya-xo’jalik faoliyatiga, ya’ni ularning daromadlari xajmiga bevosita ta’sir ko’rsatishi bilan bog’liq. Bevosita soliqlarning kamayishi bilan ishlab chiqarishning rivojlanishi rag’batlantiriladi, tegishlicha soliqqa tortish bazasi kengayib, byudjetga tushumlar ortadi. Bevosita soliqlar stavkalarini kamaytirish va bilvosita soliqlarga tortish bazasini kengaytirish orqali bunga erishish mumkin. Bundan tashqari, soliq stavkalarini yanada ko’proq pasaytirish yo’li bilan ayrim yo’nalishilar eksport, xorijiy investitsiyalar va boshqalar rag’batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |