Mundarija kirish Asosiy qisim. 1-bob. Analog-raqam o’zgartirgichlarni ulanish usullari…



Download 3,26 Mb.
bet2/13
Sana12.07.2022
Hajmi3,26 Mb.
#778330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mundarijalar

Asosiy qisim.
1-BOB. Analog-raqam o’zgartirgichlarni ulanish usullari.


    1. Analog-raqamli o’zgartirgichlarning paralel ulash usuli.

Avtomatlashgan tizimlarda axborot almashinishi signallar yordamida amalga oshadi. Signalni tashuvchilari sifatida fizik kattaliklar tushuniladi, masalan, tok, kuchlanish, magnit holatlar va h.k. Fizik kattaliklar o‘zining vaqt funktsiyasi orqali yoki belgilangan fazoviy taqsimlanishida ifodalanadi Chastota, amplituda, faza, impulslar davomiyligi, ketma-ket impulslar seriyalarining bir yoki bir nechta parallel liniyalarida taqsimlanishi, tasvir nuqtalarining tekislik va x.k. larda taqsimlanishi kabi uzatuvchi vaqtli funktsiyalarni aniqlovchi parametrlar (ular orqali axborot uzatish holatida) axborot parametrlari deb ataladi. Agar fizik kattalik ikki yoki undan ortiq axborot parametrlarning tashuvchisi bo‘lsa, u ko‘p o‘lchovli signal hisoblanadi. Axborot parametrlar bir qator aniq miqdorlar to‘plamiga ega. Analog signallar - axborot parametrlari berilgan diapazon ichida
h ar qanday miqdorni qabul qilishi mumkin; Diskret signallar -axborot parametrlari faqatgina berilgan aniq diskret miqdorlarni qabul qilishi mumkin; Uzluksiz signallar - axborot parametrlari har vaqtda o‘zgarishi mumkin; Uzlukli signallar - axborot parametrlari vaqtning diskret onlaridagina boshqa miqdorni qabul qilishi mumkin. Analog raqamli o‘zgartirgich 8.1-rasm (ARU) quyidagi strukturaviy sxema asosida quriladi :
Analog Raqamli O‘zgartruvchilar va ularning muhim tomonlari. ARO‘ lar analog signallarni (kuchlanish, tok, quvvat) raqamli signallarga o‘zgartirishga mo‘ljallangan elektron qurilmalar hisoblanadi. Ko‘p hollarda asosan chiqish signallari kuchlanish U hisoblanadi. Shuni hisobga olib signallarni raqamli signalga o‘tkazishdan oldin uni kuchlanish ko‘rinishiga keltirib olinadi. Bunga sabab seriyali ishlab chiqariladigan ko‘p mikrosxemalar asosan U kuchlanish bilan ishlashga mo‘ljallangan. Umumiy holda U kuchlanish ma’lum bir vaqtda ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiymati bilan baholanadi. Lekin kuchlanish haqida gapirganda uning ma’lum T vaqt oraligida o‘rtacha erishgan qiymatining ham ko‘p hollarda tushiniladi.

Yuqoridagi munosabatdan kelib chiqib ARO‘ larni ikki guruhga bo‘lishimiz mumkin ma’lum bir vaqtdagi (oniy) kuchlanishning qiymati bilan ishlovchi ARO‘ va kuchlanishning o‘rtacha qiymati bilan ishlovchi ARO‘lar. Kuchlanishni o‘rtacha qiymatini hisoblash kuchlanishning oniy qiymatlarini integrallash yo‘li bilan olinishini hisobga olibgan bu guruhni INTEGRALLASH guruhi ham deyiladi.
Kuchlanishni raqamli kodlarga aylantirishda bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan uchta bosqichda bajariladi: DISKRETLASH, KVANTLASH va KODLASH. Analog signallarni raqamli signalga o‘tkazish jarayoni vaqt bo‘yicha uzluksiz U(t) funktsiyani U(tn) – ma’lum bir t vaqtda erishgan qiymatini raqamlar ketmaketligi bilan ifodalashdan iboratdir n=0,1,2,3,…….. Analog axborotni raqamli ko‘rinishga aylantirish uchun uni kvantlaydilar, ya’ni vaqt bo‘yicha uzluksiz signal uning ma’lum nuqtalardagi diskret qiymatlari bilan almashtiriladi. So‘ngra berilgan signal oxirgi diskret qiymatiga mos ravishda raqam beriladi. Signal diskret darajalarini raqamlar ketma – ketligi bilan almashtirish jarayoni kodlash deb ataladi. Olingan raqamlar ketma – ketligi signal kodi deb ataladiARO’ning paralel turining strukturaviy sxemasi 8.5 – rasmda keltirilgan. Bu yerda ARO’ jarayoni paralel ulangan komparatorlar yordamida amalga oshiriladi. Komparatorning bo‘sag‘aviy kuchlanishi qarshiliklarning bo‘lish yordamida kvantlash qadamiga mutanosib ravishda tanlanadi. Shunday qilib kirishga berilgan Ukir kattaliklari chiqishda ma’lum bir unitar kod ko‘rinishiga keladi. Unitar kodni ikkilak kodga aylantirish esa kod o‘zgartirgich yordamida amalga oshiriladi. Paralel o‘zgartirgichlar hozirgi paytda eng tezkor hisoblanadi 100 MGz diskretlash chastotasi bilan ishlash imkoniyatiga ega. Tayanch kuchlanishini bo‘lishga xizmat qiladigan qarshiliklarning kattaligi 1 om atrofida bo‘ladi.




    1. Download 3,26 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish