Mundarija Kirish Arxitekturasi va konstruksiyasi bilan tanishish. Qurilish chizmalari bilan tanishish


Bog’ishamol hiyoboni (squer)maydoni tarixiy yechimi bilan



Download 2,24 Mb.
bet5/7
Sana18.07.2022
Hajmi2,24 Mb.
#820800
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TM hisobot

Bog’ishamol hiyoboni (squer)maydoni tarixiy yechimi bilan
tanishish.

Bog’ishamol park
Bog’ishamol… Ayni yozning jazirama kunlarida Andijon adirlarida allaqachon issiqdan qovjirab qolgan o’t-o’lanlar uzoqdan sarg’ayib ko’rinadi. Biroq shu adirliklar bag’rida ko’m-kok bo’lib Bog’i Bobur yashnab turibdi. Bog’i Bobur yoki Bobur Milliy Bog’i Andijon shahridan janubi-sharqda,markazdan 8 km uzoqlikda joylashgan. Bog’ 1993-yilda Xalqaro Bobur fondi tomonidan Andijon farzandi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan. Bog’ maydoni 357 gektar bo’lib, atrofi mevali bog’lar va uzumzorlar bilan o’ralgan. Bobur milliy bog’i istirohat va ziyoratgoh maskani hisoblanadi. Boqqa asta chaman ochilgan gulzor oralab kirsangiz, beixtiyor afsonaviy Tojmahal yodingizga keladi. Go’zal favvora, oq marmardan ishlangan zinalar, ark, moviy gumbazli me’moriy inshootlar kishini zavqlantiradi. Zinapoyalar sizni astalik bilan shoir haykali poyiga keltiradi. Undan yuqoriga ko’tarilsangiz, Bobur xalqaro fondi tomonidan tashkil etilgan muzeyga duch kelasiz. Muzeyda Bobur qadamjolari bo’ylab uyushtirilgan ekspeditsya tomonidan yurtimizga olib kelingan, noyob eksponatlar, qo’lyozmalarni ko’rishingiz, Bobur va boburiylar hayoti, faoliyati haqida ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Muzeyni aylanib yana yuqoriga ko’tarilasiz, bu yerda Agradagi va Qobuldagi Bobur qabridan olingan tuproq, shoir hoki ramziy qabrga qo’yilgan.
Bog’da turli bolalar o’yingohlari, attraksionlar, diskoteka, hayvonot bog’i va boshqa ko’ngilochar maskanlar mavjud. Osma sim arqonlar orqali adirning yuqorisiga chiqsangiz, butun Bog’ishamol, Andijon shahri go’yoki, kaftingizda namoyon bo’ladi.
Hozirgi kunda bu yerga chet el va mahalliy sayyohlarning tashrifi yildan yilga ortib bormoqda. Shu sababli bog’ni yanada kengaytirish ishlari olib borilmoqda.





Andijon shaxar teatr binosi arxetekturasi bilan tanishish. Andijon shaxar muzeyi binosi bilan tanishish.50-yillar qurilgan turar-joy binolari bilan tanishish.Mehmonxonasi bilan tanishish.

Andijon teatri, Yoʻldosh Oxunboboyev nomidagi Andijon viloyat musiqali drama va komediya teatri – toʻngʻich oʻzbek professional teatrlaridan. 1919-yil noyabr–dekabrida Hamza Hakimzoda Niyoziy boshchiligida "Yagona truppa" nomi bilan rasman ish boshlagan. Truppaning tashkiliy, ijodiy takomilida T. Jalilov, A. Azimov (Otash), B. Fayziyev, Orifjon Toshmatov (Orif Garmon), M. Najmiddinov, Ishoqqori Karimov kabi sozanda, bastakor va hofizlar, shuningdek S. Ziyoev, M. Karimov, B. Mashrabiy, A. Isroilov, F. Boybekov singari ijodkorlar munosib hissa qoʻshganlar. 1924-yil teatr "Umid" truppasi nomi bilan Andijon maorif boʻlimi ixtiyoriga olinadi. Truppaga A. Ismatov, Q. Oxunov, Hoji Zunnun kabi aktyorlar qoʻshiladi. Dastlab repertuar asosini ma’rifiy ruhdagi hajman katta boʻlmagan asarlar tashkil ettan. Truppa safida sozanda va ovozli aktyorlarning borligi jamoaga sof drama qatori musiqali drama spektakllarini yaratish imkonini berdi. "Hind ixtilochilari" (A. Fitrat), "Padarkush" (M. Behbudiy), "Yorqinoy" (Choʻlpon), "Fidoiy muhabbat" (Sh. Rasulzoda), "Erk bolalari", "Yetim va yetima" (Gʻ. Zafariy), "Lolaxon" (K. Yashin) kabi spektakllar musiqaviy ifodaga, xalq qoʻshiqlariga 506boyligi bilan tomoshabin e’tiborini qozondi. Hamzaning "Zaharli hayot", Uygʻurning "Turkiston tabibi" kabi asarlari ham oʻrin oldi. Teatrga tajribali rejissyorlardan M. Tojizoda, Ali Ardobus, X. Qoriyev – Oʻgʻizlar taklif etidsi. 1920-yillar repertuaridan rus bosqinchiligiga qarshi ohang bilan sugʻorilgan ba’zi pesalarning uchrashi alohida e’tiborga loyiq. K. Ramziyning "Vatan qahramoni", zanjirband etilgan ona timsolida "olami Turon" obrazini ifoda etuvchi "Ona Vatan", Behbudiyning "Padarkush" kabi asarlari shular jumlasidandir. 1927-yilda teatr Andijon shahri davlat truppasi nomi bilan qayta tuziladi. Unga etnografik – konsert ansamblidan M. Qoriyoqubov, Tamaraxonim, G. Rahimova, Qoʻqon teatri artistlaridan M. Qoʻldoshev, L. Sarimsoqova, S. Xoʻjayev, U. Abdullayev, 1929-yil H. Nosirova, M. Azizova, Sh. Rahimova kabi san’atkorlar kelib qoʻshiladi. K. Yashin adabiy emakdosh, T. Jalilov musiqa rahbari etib tayinlanadi. "Halima" (F. Zafariy), "Layli va Majnun" (Xurshid), "Arshin mol olon" (U. Hojibekov), "Ikki boyga bir malay" (K. Goldoni), "Hujum" (V. Yan), "Malikai Turandot" (K. Gotssi) kabi spektakllar truppaning professional sahna mahorati oshishida, oʻz ijodiy qiyofasiga ega boʻlishida muhim rol oʻynadi. 1931-yilda teatrga Y. Oxunboboyev nomidagi Ikkinchi oʻzbek davlat drama teatri nomi berildi. Teatrning 30-yillardagi ijodiy rivojida badiiy rahbar I. Karimov, direktor M. Qoriyoqubov, musiqa rahbari T. Jalilov, adabiy emakdosh S. Abdulla, rejissyor R. Sultonovlar faoliyati alohida e’tiborga molik boʻldi. Bosh rollarni oʻynagan A. Bakirov, H. Aminova ("Nomus va muxabbat", "Makr va muhabbat"da Gʻulom, Onaxon, Ferdinand, Luiza), A. Ismatov ("Rustam"da Rustam), Sh. Rahimova, M. Yunusov, A. Ibrohimov ("Oyxon", "Gulsara"da) va boshqa yirik drama akterlari sifatida ijod etdilar. 1937-yil Ishoq qori Karimov, R. Sultonov, S. Sayfiy, R. Rahimiy xalq dushmani sifatida qoralanib, hibsga olindilar va 1939-yilga qadar bironta ham spektakl qoʻyilmadi. 1940-yil V. Azimov sahnaga qoʻygan "Tohir va Zuhra" spektakli teatr hayotida yangi bosqichga aylandi. U. Shekspirning "Romeo va Juletta" fojiasining ilk bor Andijon teatrida qoʻyilishi teatrning ulkan imkoniyatlarga ega ekanligini koʻrsatdi. "Shohi soʻzana" (A. Qaxxor), "Yurak sirlari" (B. Rahmonov), "Nurxon", "Ravshan va Zulxumor" (K. Yashin), "Qaroqchilar" (F. Shiller), "Chin muxabbat" (O. Yoqubov), "Alisher Navoiy" (Uygʻun, I. Sulton), "Xolisxon" (Hamza) kabi spektakllar oʻnlab iste’dodli aktyorlar yetishib chiqishida oʻziga xos maktab boʻldi. A. Aminova, M. Ubaydumayeva, 60– 70-yillarda H. Oxunova, U. Nuraliyev, H. Olimjonov, S. Ulugʻov, M. Qodirov, M. Boymatova va boshqa aktyorlarning teatrga kelib qoʻshilishi repertuarning boyishiga, jahon dramaturgiyasining yirik namunalariga oʻrin berishga imkon yaratdi. "Qirol Lir", "Richard III" (U. Shekspir), "Mehrobdan chayon" (A. Qodiriy), "Suv keltirgan aziz" (N. Safarov), "Yurakdagi tosh" (3. Muhiddinov), "Ona qizim" (Shuhrat), "Bobur" (Z. Muhiddinov), "Boy ila xizmatchi" (Hamza), "Fargʻona tong otguncha" (M. Ismoiliy), "Toshbolta oshiq" (H. Gʻulom), "Temir xotin" (Sh. Boshbekov), "Nodira" (H. Razzoqov), "Chorraha" (A. Jabbor), "Alla" (T. Minullin), "Zebunniso" (Uygʻun) va boshqa teatrda qoʻyilgan eng yaxshi spektakllardir. Teatrda A. Aminova, H. Olimjonov, O. Saidburhonov, F. Hojiqulov, M. Boymatova, N. Hakimova, M. Yoʻldosheva, S. Umarov, O. Maxmudova, X. Soliyev, X. Yunusov, Sh. Tojiboyeva kabi san’atkorlar faoliyat koʻrsatmoqdalar. Teatrning bosh rejissyori va badiiy rahbari – Tolibjon Hamidov (1997).Sotimboy Tursunboyev.

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi


Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish