Bog'liq Mundarija Kirish Alkoloid tarixi va kelib chiqishi Alkaloidlar
Nikotinni qog‘oz xromatografiyasi yordamida identifikatsiyalash. Ajratgich varonkaga n-butil spirti muz sirka kislotasi (25:1) solinadi va eritma suv bilan to‘yintiriladi. Suv pastki yupqa qavatga ajralishi bilan to‘yintirish to‘xtatiladi.
Olingan eritma xromatografiya idishga solinadi. Xromatografiya qog‘ozi uchun lenta shaklida qirqilib oddiy qora qalam bilan start chizig‘i va aniqlanadigan moddani qo‘yish joyi belgilanadi. Bir tomchi asoslarning yig‘indisi (efir haydalgandan so‘ng olingan) va bir tomchi toza nikotin probirkalarga solinadi va o‘n baravar miqdordagi metil spirtida eritiladi. Eritmalar kapillyar naychalar yordamida analiz uchun tayorlangan qog‘ozga tomiziladi va yuqoriga qarab yuruvchi usulda xromatografiya qilinadi. Xromatogramma finish chizig‘iga yetgach olib havoda quritiladi va Dragendorf reaktivi purkaladi. Bu reaktiv oldindan ikkita eritmadan quydagicha tayyorlanadi.
1) 0,85 gr vismut nitrat asosli tuzi, 40 ml distillangan suv va 10 ml muz sirka kislota aralashmasi.
2) 8 gr kaliy yodid va 20 ml distillangan suv aralashmasi. Eritmalar qora shishadan yasalgan idishlarda alohida-alohida saqlanadi.
Purkash uchun ishlatiladigan reaktiv tarkibi 5 ml birinchi eritma, 5 ml ikkinchi eritma, 20 ml sirka kislota va 100 ml suvdan iborat bo‘ladi.
Xromatogrammaga reaktiv purkalganda modda turgan joyda tiniq qovoq –sariq dog‘ hosil bo‘ladi. Nikotinning Rf =0.44. Xromatogramma natijasiga qarab alkaloidlar yig‘indisi tarkibiga va ajratib olingan nikotinni tozaligiga baho beriladi.
Maxsus fermentlar, DNK tarkibiga kiradigan azotli asoslar A T G C larda o’zining metil belgisini qoldiradi va ushbu belgini olgan genlar faolligi o’zgara boshlaydi. Bunday Genetik faolligning o’zgarishi fanda epigenetik usul deyiladi. Nikotin epigenetik holatda 7000 dan ziyod Genlarga ta’sir etishini Florida Shtati Universiteti va Massachusets klinikasining izlanuvchilari PLoSONe da ta’kidlab o’tishgan.
Nikotining Biosintezi tamaki o’simligining ildizida sodir bo’ladi, bargida esa yeg’iladi. Yana bir qiziq malumot, nikotin pomidor, kartoshka, baqlajon va yashil bulg’or qalampiri tarkibida oz miqdorda uchraydi.
Agar inson tamaki chekishni tashlasa 5 yil davomida chekishni boshlagandan avvalgi ya’ni organizmi Nikotin bilan zaharlanib ulgurmagan holiga qaytadi. Hulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki Nikotining istemolini sekin astalik bilan cheklab birinchi navbatda inson o’z organizmiga va albatta oila budjetiga ham foyda keltirishi mumkin!!!
Nikotin (lotincha Nicotiána - tamaki) - bu Solanaceae oilasiga mansub piridin alkaloid, asosan tamaki barglari va poyalarida (quruqlikda konsentratsiyasi og'irligi 0,3 dan 5% gacha), tamaki (2-14%), kichikroq miqdorda - pomidor, kartoshka, patlıcan, yashil qalampir. Muntazam iste'mol qilinganda o'ziga qaram bo'lib qoladi (masalan, chekuvchilarda). Nikotin alkaloidlari (anabazin va boshqalar) koka barglarida ham mavjud.
Xulosa Tabiat bizga inom etgan o’simliklar tarkibida foydali va zararli moddalar mavjud bo’lib ulardan birini misol tariqasida sizga takidlab o’taman. Ikki urug’ pallalilar sinfi Ituzumdoshlar oilasiga mansub Tamaki o’simligining tarkibida uchraydigan- nikotin moddasining zarari ancha katta. Sizga modda nomi tanish to’g’rimi? Ha albatta siz uni “sigaret” ko’rinishida bilasiz. nikotin ni ko’pincha erkaklar sigaret yoki nikotinli saqch ko’rinishida iste’mol qilishadi. Sigaret qutisidagi “chekish insonni o’ldiradi” degan yozuvga e’tibor bermaydilar. Ushbu so’zning tagida katta haqiqat borligiga hech qiziqib ko’rishganmikin!?
Hidlaydigan va nikotinli saqich chekadigan nikotinga nisbatan inson oraganizmiga ko’proq zaharlidir. Nikotin organizmga tushishi bilan qon orqali tanaga tez tarqaladi. Tamakini hidlagandan so’ng nikotin miyaga yetib borishi uchun 7 soniya kifoya ekan. Ushbu moddani chekayotgan odam o’zi bilan birga o’z kelajak avlodiga ham katta zarar yetkazishini Florida shtatidagi universitet va Massachusets umumiy klinikasi izlanuvchilari PLoSOne da yozib o’tishgan.
Izlanuvchilarning tadqiqodlariga ko’ra ckekadigan inson avlodlari o’zlarida nikotinga nisbatan moyillikni his etishadi va ota-onalaridan yashirincha chekishni boshlaydilar.
Nikotin moddasi hatto molekulyar darajada ham inson hujayrasiga ta’sir ko’rsatadi. Bizga ma’lumki DNK bu hayot kodi- huddi kompyuter kodi singari. Agar kompyuter kodi nollar bilan birlardan hosil bo’lgan bo’lsa – DNK A, T, G, C harflaridan iborat. Zararli kompyuter programmalari (biz ularni viruslar deb ataymiz) shu kompyuter kodiga o’zgartirish kiritadi. Masalan 0 yoki 1 o’rniga 2 ni qo’shib qo’yilsa kompyuter buni o’qimaydi va ishdan chiqa boshlaydi. Bizning DNK miz ham huddi shunday ishlaydi.