Tayyorgarlik bosqichida kurs matnini yozish, ko’rgazmali va ma’lumotli materiallarni tayyorlash, interfeys eskizlarini va o’quv dasturining stsenariyasini, shuningdek alohida bloklarning stsenariyalarini (animatsion fragmentlar, videofragmentlar, kompyuterli modellashtirishni amalga oshiruvchi dasturlar, bilimlarni tekshirish bloklari va boshqalar) yaratish mo’ljallanadi. Bu bosqichda o’rganuvchining psixologik tipidan kelib chiqqan holda o’quv materialini (shakli
va mazmuni bo’yicha) ko’rsatishning turli variantlari ishlab chiqiladi. Bunday xollarda, dastavval, psixologik test o’tkazish ham kerak bo’lib kolishi mumkin.
O’quv kursining matni bilan ishlashda shu kursda o’tiladigan mavzular ro’yhati asosida matnning tuzilmasini yaratish kerak bo’ladi. Bunda hamma mavzular ko’rsatilgan holda matn bo’lim, bob, paragraf va shunga o’xshashlarga bo’linadi. O’quvchi uchun bilimlar va ko’nikmalar to’plami oldindan aniqlangan bo’lsa, u xolda xar bir bo’lim ham va o’quv kursi ham o’z oldiga qo’ygan maqsadga erishadi. SHuning uchun turli xil mnemonik usullardan foydalanish maqsadga muvofikdir. Bularga shriftlar yordamida ajratish, grafika, rasmlar va multiplikatsiyalarni ishlatish kirishi mumkin. Bu maqsadda natijalarni chikarishni kuchaytirish mumkin: asosiy formulalar ro’yxatini keltirish, asosiy koidalarni yoritish, jadvallar tuzish. Matnga keyinchalik katta o’zgarishlar kiritmaslik uchun mukammal taxrirlanadi. Oxirgi taxrirlangan matn gipermatnga aylantiriladi.
Kursning matnini yozish bilan parallel ravishda kursning multimedia stsenariyani yaratish ishlari olib boriladi. Multimedia stsenariyasida kursning mavzular va kerakli komponentlar ro’yhati ko’rsatiladi, undan tashqari uning dastlabki tuzilmasi yoritiladi. Bunga animatsion, audio- va videofragmentlarni, illyustratsiyalarni va boshqalarni bayon etish kiradi. Stsenariyani yozish tanlangan dasturiy ta’minotning imkoniyatlaridan va tayyor birlamchi materiallardan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Kursning to’liq stsenariyasi deb oddiy matnni va unga aloqador mavzular, bo’limlar yoki tushunchalar, tasvirlar, ovoz, videofragmentlar bilan bo’liq bo’lgan gipermatnni ishlatishga hamda jadvalli axborotni, illyustrativ (grafika, sxema, rasmlar) materiallarni, animatsion rasmlar, fotomateriallar, audio va videofragmentlar, kompyuter modellarini ishlatishga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |