Ish joyini tashkil qilinishiga quyiladigan talablar
Ish joyini tashkil qilishga kirishishdan oldin, bitiruv ishida, programmalar qanday maqsad uchun ishlab chiqilayotgani va qayerda ishlatilishi , ishlab chiqarish, ko‘rsatilishi lozim. Bu esa kompyuterda ishlashda paydo bo‘ladigan barcha xavflarni yaxshi baholashni ta’minlaydi. SHundan so‘nggina kompyuter sinflariga bog‘liq bo‘lgan masalalar hamda ularni joylashtirish, bir kompyuter uchun maydonni aniqlash, ish joyini inventarlar bilan ta’minlash zarur.
Displeylar bilan ishlaydigan operatorni ish maromini yo`lga qo`yish mexdat xavfsizligini va charchashni kamaytirishni oldini oladi. Ish kuni mobaynida ishchining ishlash qobiliyati birdan o`zining eng katta qiymatiga erisha olmaydi. Operatorning displey bilan ishlaganda ish maromi xar 2 soatda yarim soat dam olishi yoki 1 soatda 15 minut dam olib turishi l ozim. Bu kiska-kiska dam olish ish qobiliyatini yaxsxilash va charchashni oldini oladi. Bundan tashqari, operator va mashina o`rtasidagi masofa, shu masofaga binoan ekrandagi yozuvlarni kattaligi,
ekran yorkinligi ham shular jumlasidandir. Ko`z va ekran oraligi 60-80 sm, kattaligi esa 3-4 mm, optimal kenglik va balandlik 3:4, belgi orasidagi masofa esa uning bo`yidan 15-20 % bo`lishi kerak
Operatorning kompyuterda ishlash paytidagi talab
Ish joyiini ratsional rejalashtirish, yoritish, operator bajarilishi lozim bo‘lgan ishga to‘g‘ri keladigan xizmat qilish sistemasidir.
Ish joyida xavfsizlikni ta’minlash va mehnat sharoitidagi ish muhitini tashkil qilish , ish rivojiga yo‘llanma hisoblanadi
Ish joyini ratsional tashkil qilish moddiy sarfni kamaytirmagan xolda ham, sezilarli darajada mehnat unumdorligini oshiriladi. Operator ish joyida mehnat unumdorligi darajasiga ta’sir etadigan ishlab chiqarishda boshkaruvchi barcha qismlar ishining sifati va murakkabligi tekshiriladi.
Ish joyini va texnologiyani rivojlantirishi, ortiqcha xarakatlarni yuqotishi, ortiqcha operatsiyaga xujjatlarni qidirish, spravka, adreslar operator ish vaqti sarfi bo‘lmasligini ta’minlashi zarur.
Ish joyida xar doim, ishni uzluksiz olib borishi uchun kerak bo‘lgan narsalar etarli bo‘lishi, lekin xech qanday ortiqcha narsa bo‘lmasligi lozim.
Operator olish va qidirilgan vaqt va kuch sarflamaslik uchun, xar bir predmetning o‘z joyida bo‘lishi zarur.
Ish joyini rejalashtirishda tez - tez ishlatila-digan predmetlar iloji boricha operatorga yaqin joylashtirilishi kerak.
O‘ng tomonda olinadigan predmetlar operator o‘ng tomonidan, chap qo‘li bilan olinadiganlari esa chap tomonda turishi lozim.
Ish joyining ta’minlanganligi texnik vositalar, ish joyini maxsuslashtirish darajasi, bajariladigan ishlarni avtomalashtirish va mexanizatsiyalashtirish darajasi, hamda ish davrida foydalaniladigan mehnat vositalari soni bilan aniqlanadi.
Ish joyini ratsional tashkil qilishning asosiy elementi bo‘lib, doimiy ravishda yo‘riqnoma o‘tkazish, jixozlarni profilaktik ta’mirlash ishlari olib borishi, ish joylarini yig‘ishtirish, xujjat va materiallar bilan ta’minlash hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |