II BOB. TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY O’QITUVCHINING ROLI.
2.1Imkoniyati cheklangan va deviant xulq-atvorli oquvchilarga talim berishda pedagogning mahorat madaniyati
Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish va uni malum bir kasbga vonaltirish ogir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz talim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir. Shaxsga ta’hm-tarbiya berish nihoyatda murakkab jarayon, qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk arboblari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uni tashkil etish mazmun va nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilovchi muhim ahamiyatga molik bo’lgan omil ekanligi takidlanadi. Xususan, mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A.Karimov oqituvchining kasbiy faoliyatiga shunday tarif beradi: Barchamizga ayonki, inson qalbiga yol, avvalo ta lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qa chonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosnieslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bolgan yana bir buyuk zot - о ‘qituvchi va murabbiy larning olijanob mehnati ni hurmat bilan tilga olamiz... Muxtasar qilib aytganda, maktab degan ulug' dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta ’sirini nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan о ‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan о ‘lchab, qiyoslab bo 'Imaydi".21 Bugungi kundagi zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas. Ta’lim muassasalari o‘qituvchisining pedagogik-psixologik bilimlarga ega bolishi, oz navbatida pedagog xodimlar va oquvchilarga ijodiy soglom muhitni tashkil etish bilan birga har bir oqituvchi va oquvchini intellektual qashshoqlikdan qutqarib qoladi. Talim tizimidagi har bir oqituvchi va talaba oz intilish va maqsadlariga ega. Pedagogik jamoani boshqarish, avvalambor, uning tarkibiy qismi bolmish oqituvchi va talabalarning xulq-atvorini inobatga olishni talab qiladi. Talim tizimida turli xarakterli insonlar Deviant xulq-atvor mikro ijtimoiy munosabatlar (oilaviy, maktabdagi munosabatlar) va kichik ijtimoiy guruhlarga xos bolgan ijtimoiy meyorlar va xulq-atvor qoidalarini buzish bilan bogliq meyordan oguvchi xulq-atvor turlaridan biridir. Deviant xulq-atvorga oqishdan qochish va daydilik, bolalar va osmirlarning aroqxorlik, giyohvandlik va u bilan bogiq gayri ijtimoiy harakatlar, jinsiy harakterdagi hatti-harakatlar, oziga suiqasd qilishga urinish kabilarni misol qilib ko rish mumkin. Delikvent xulq-atvor deviantdan farqli ravishda bolalar va osmirlarning takrorlanib turuvchi gayri ijtimoiy hatti-harakatlar sifatida harakterlanadi. Bu huquqiy meyorlarni buzuvchi, biroq ijtimoiy xavf darajasiga kora jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydigan harakatlardir.
Delikvent xulq-atvorning quyidagi turlari mavjud:
-agressiv xulq-atvor, bunga haqoratlash, sadistik harakatlar, o’t qo’yish kabilar kiradi;
- garazli xulq-atvor: (kichik ogriliklar, tamagirlik, avtoulovlarni olib qochish va mulkiy tajovuzlar);
-giyohvand moddalarni yetishtirish va tarqatish.
Jinoiy hatti-harakat jinoiy javobgarlikka tortishga, malum yoshga yetganda jinoiy ish qozgashga sabab boluvchi va jinoyat kodeksining muayyan moddalarida nazarda tutilgan gayri huquqiy hatti-harakatlar hisoblanadi. Deviatsiyaning salbiy turlari ijtimoiy potologiya hisoblanadi. Bularga aroqxolik, toksikomaniya, giyohvandlik, fohishabozlik, oz joniga qasd qilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kiritish mumkin.
O’smirlik davri (11 — 14 yosh). Bu davr inson faoliyatining‗ eng murakkab davrlaridan biridir. Mazkur uyg‗un faoliyatning faollashuvi davrida organizmning barcha organlarining jadal farqli ravishda o’smir o’z xulq-atvor tamoyillariga, o‗z qarashlariga amal qilishga harakat qiladi, mustaqillikka ehtiyoj tug’iladi, kattalar nasihatlari tanqid ostiga olinadi, ularga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi. Yagona maqsad sari uyushadilar.Xosh deviant xulq-atvor nima va u qanday shakllarda namoyon boladi? Deviant xulq-atvorli bolalar bilan qanday ishlanadi?
Aynan o’smirlik davrida ichkilikka ruju qo’yishning ilk bosqichi boshlanishi mumkin. Chunki u o’smir guruhlari sharoitida namoyon bo’ladi va shuning uchun “'jamoaviy ichkilik tobeligi" tavsifga ega bo’ladi. Bu yoshdagi bola katta bo’lishga yoki kattalardek ko’rinishga harakat qiladi. Bu ham ijobiy, ham salbiy ma'noda namoyon bo’lishi mumkin. Balog’atga yetish tendensiyasi agar axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarga asoslanmasa, ijtimoiy salbiy ma'nodagi: chekish, spirtli ichimliklarni iste'mol qilish, jinsiy mas'uliyatsizlik, huquqbuzarlik namoyon boladi. Osmirlik davrida 11 yoshdan boshlab kattalar bolaga avvalgidek ta'sirlarini otkaza olmaydilar. Bola uchun tengdoshlari bilan muloqotda bolish katta ahamiyat kasb eta boshlaydi. Osmirning ijtimoiy maqomi qancha past bolsa, uning guruhga ta'siri shuncha kam boladi. Shuning uchun bu yoshda ijtimoiy pedagog faoliyatida asosiy urgu guruh bilan ishlashga qaratiladi. Bu quyidagi faoliyat yonapishlari orqali amalga oshiriladi:
1.Ichkilikbozlik sabablari va oqibatlari profilaktikasi. Buni ichkilikbozlik bilan bogliq mavzularda bahs-munozaralar otkazish orqali amalga oshirsa ham bolladi. Bu mashg’ulotlar natijasida, guruhning barcha ishtirokchilari amal qiladigan qarashlar shakllanishi lozim.
Bahs-munozaradan tashqari, rasmli o’yinlar ham o’tkazish mumkin. Ichkilikbozlik profilaktikasiga qaratilgan bunday o’yinlarda bolaning shaxsiy rivojlanishiga, jamoaviy muomala malakalariga o’rganishiga erishsa bo’ladi. Ijtimoiy pedagog o’smirlar guruhida shakllantirish mumkin bo’lgan asosiy ijtimoiy malakalar bu ichkilikka qarshi dalillarni aniq ilgari surish va tengdoshlari bosimiga qarshi tura olish.
Ish shakllari: bahs, ekskursiya, suhbat. Bunda bolalarni qo’rqitadigan usullardan foydalanish maqsadga muvofiq emas.
2.O’smirlarning bo’sh vaqtini tashkillashtirish. Bo’sh vaqtni togri tashkil qilish zarur. Ijtimoiy pedagog o’smirning qiziqishlarini bilishi va uning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishga yordam berishi lozim.
Bu yoshning psixologik xususiyatlari tufayli bo’sh vaqtni o’tkazishning jamoaviy shakllarini rivojlantirish maqsadga muvofiq. Shuni inobatga olish lozimki, deviant xulqli bolalar, asosan, intellektual faoliyat bilan emas, balki sport bilan shug’ullanishga qiziqishadi. Shuning uchun ularning sport seksiyalariga qatnashishlariga yanada ko’proq sharoitlar yaratib berish lozim.
3. Ijtimoiy pedagog tomonidan o’tkazilayotgan ichkilikka qarshi tarbiya bolada mustahkam antialkogol qarashlar sog’lom hayot tarzining zarurligi, organizm shakllanayotgan paytda spirtli ichimlik iste'mol qilish mumkin emasligi, ichkilikbozlikning axloqsiz omil ekanligini shakllantirishga qaratiladi. Maktab pedagog jamoasini ichkilikka qarshi yo’naltirish ham ijtimoiy pedagogning vazifasi hisoblanadi. O’smir yoshidagi o’quvchilarning ta'lim daspuri bilan tanishish asosida ijtimoiy pedagog ichkilikka qarshi tarbiya elementlarini maktab darslari tarkibiga kiritishni ilgari surishi mumkin. Odatda, deviatsiyalar osmirlik davrida yuzaga keladi. O’smirlik davri yoshlik davrlari ichida eng murakkabidir. Uni "otish davri" ham deb atashadi, chunki rivojlanishida oz ta'sirini korsatadi.
Osmirlik davrida osmir hayoti va faoliyatida jiddiy ozgarishlar roy beradi, bu esa oz, navbatida, ruhiyatning qayta shakllanishiga, tengdoshlari bilan munosabatlarida yangi shakllarning paydo bo’lishiga olib keladi. Osmirning ijgimoiy maqomi ozgaradi, unga nisbatan kattalar tomonidan yanada jiddiyroq talablar qo’yila boshlaydi.
Bugungi davrda har bir ota-ona, har bir pedagog tarbiya uquviga ega bolmogi zarur. Bola fao-liyatini nazoratsiz qoldirish, undagi ozgarishlar sababini tahlil qila olmaslik, yoshiga monand tarzda munosabatda bolmaslik salbiy xulq-atvor shakllanishiga imkon yaratadi. Deviant xulq osmir shax-siga etiborsizlik, uning qiziqishlarini etiborga olmaslik va nazoratsiz qoldirish, ertangi kunga nisba-tan qiziqish va umid uygota olmaslik kabi qator salbiy motivlar asosida shakllanadi. Bu motivlar esa faqatgina oilada yoki talim tizimida emas, har ikkala tarbiya ochogining uzviyligi taminlangan-dagina bartaraf etilishi mumkin. Osmirlarga oilada talim-tarbiya berilayotganda ota-onalarning ozlari ular uchun namuna, ibrat bolishlari kerak. Shuning uchun soglom fikrlashni insonlar qalbiga va onggiga singdirishni, eng avvalo, oiladan boshlash kerak. Biz deviant xulq motivlarini o‘rganga-nimizda “Deviant xulqning yuzaga kelish sababi nimada?” degan savolga:
- ota-onalar o‘rtasida doimiy nizolarning mavjudligi ― 53%;
- farzand faoliyatini nazorat qilmaslik ― 21,5% ;
- bola shaxsiga noto‘g‘ri muomala va ta’sirda bo‘lish ― 11,5% ;
- doimo birga bo‘ladigan o‘rtoqlari va o‘zi uchun idel sifatida tanlagan timsollari xulqiga taqlid qi-lish ― 1,4% kabi javoblarni e’tirof etishdi. Oila muhitidagi nosog‘lom psixologik iqlim osmirning oiladan bezishiga, turli noqonuniy harakatlar bilan mashgul bolishga, diniy ekstremistik oqimlar ta-siriga tushib qolishiga sabab boladi. Osmirlar ortasida bu holatning oldini olish uchun tajriba-sinov maskanlarda Psixolog xizmati markazi, Sirdoshim klubi, Ijtimoiy moslashuv markazi kabi togaraklar tashkil qilindi. 22
Deviant xulq-atvorli bola nafaqat ozigina meyorlarga moslasha olmaydi, balki ozi anglamagan holda ijtimoiy normalarga, meyorlarga moslashgan ota-onalari, yaqinlari faoliyatini ijtimoiy meyor-lardan ogishiga sabab bolmoqda. Aniqlovchi pedagogik tajribalarimizda, ota-onalardagi, deviant xulq-atvorli bolalarning salbiy emotsional-hissiy tasirlarini organishga va ularni turkumlashtirishga harakat qildik. Tadqiqotlar natijalaridan quyidagi krizisli holatlar bosqichlari aniqlandi (odatda bu ho-latlar ota-onalarda bosqichma-bosqich roy beradi, ammo paydo bolish va otishlari hammada har xil):
I. Ota-onalar bolalaridagi deviant xulq-atvorlarni tan olgilari kelmaydi, dalillarni yoshlikka, tajribasizlikka, erkalikka yoyishadi. Muammoni togridan-togri inkor etadilar. Ammo shubha paydo boladi. Salbiy emotsional-hissiy holat yuzaga keladi, u kundan-kunga kuchayib boradi.
II. Deviant xulq-atvor dalillari inkor qilib bolmaslik darajasiga yetadi. Ota-onadagi salbiy emotsional-hissiy holat yuqori depressiv darajaga yetadi. Ilojsizlik, najotsizlik holati sodir boladi. Gayri tabiiy, mojizaviy chora-tadbirlar xayolga kela boshlaydi.
III. Vaziyatdan chiqish chora-tadbirlari togrisida fikrlash boshlanadi (mana shu bosqichda ota-onaga ijtimoiy pedagogik yordam kerak).
IV. Vaziyat qabul qilinadi, mutaxassislarga murojaat qilish eng togri yol ekanligi (ijtimoiy peda-gogik yordamida) tan olinadi va bu yolda harakat boshlanadi. V. Deviant xulq-atvorli bolasiga ota-ona butun etiborini, faoliyatini boglab, atrofidagi kasbiy, ijti-moiy munosabatlarini uzib qoyishi mumkin. VI. Ijtimoiy pedagog, ota-onaga deviant xulq-atvorli bolani davolash, ijtimoiylashtirish bilan birga ozlarining ham kasbiy, ijtimoiy, individual hayotlari bilan yashashlari kerakligini uqtirib boradi va shunga erishadi. Shunday qilib, deviant xulq-atvorli bola tola ijtimoiylashib ketadimi-yoqmi, bundan qatiy nazar, pedagog ota-onaning indiuvidual, ijtimoiy, kasbiy hayotlarini tola, normal saqlanib qolishining chora-larini korish, taminlashi zarur.
Tajriba-sinov maydonchasi etib tanlangan talim muassasalarimizda yaxshi natija berdi, deviant xulqqa moyilligi bor osmirlar soni keskin kamaydi. Bu tajribani hamma talim muassasalariga qol-lash tavsiya etildi. Chunki bunday xulqqa ega yoshlar kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda sanoqli miqdorlarni tashkil etadi. Ularning har biri bilan alohida, individual profilaktik-pedagogik yondashish qiyinchilik tugdirmaydi. Deviant xulqning kelib chiqish sabablari hammasida har xil, turlicha. Sabablar turlicha yondashishni talab etadi.
Umuman olganda, osmir dunyoqarashi va etiqodini ozgartiruvchi omillar:
1) manaviyat va marifat;
2) oila;
3) mafkura;
4) ijtimoiy ustanovkalar. Shu orinda osmirlar orasida deviant xulq profilaktikasini amalga oshi-rish boyicha mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli ishlar haqida alohida takidlash joiz. Bir necha on yil ilgari qaysi joyda odam nima qilishni istasa va shuni bajara olsa, bu yerda demokra-tiya bor degan juda tor qarashlar ilgari surilgan davlatlardan farqli ravishda, bizning xalqimiz azaldan Bir bolaga yetti mahalla ota-ona, Kasallikni davolagandan ko`ra uning oldini olgan afzal kabi naqllarga amal qilib yashaydi. Odob-axloq qoidalariga rioya qilish, yon atrofdagi odamlarga nisbatan mehr-oqibatli bolish, ozgina bolsa-da nomaqbul ish qilishdan uyalish hissi oilada farzand tarbiyasi-ning asosini tashkil qilib keladi. Xulosa ornida shuni aytish lozimki, osmirlar orasida deviant xulq kelib chiqishining oldini olish, yani pedagogik profilaktikasini amalga oshirish nafaqat davlat organlarining, balki shu jamiyatning azosi hisoblangan har bir insonning vazifasidir. Eng avvalo, ozimiz, oila azolarimiz va jamiyat oldi-dagi masuliyatni doimo his qilib yashash, atrofdagi hodisalarga beparvolik bilan munosabatda bol-maslik, tinch va osuda hayotimizning qadriga yetib yashash barchamizning kundalik hayot tarzimizga aylanishi zarur. Zero, barkamol avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish pedagogik konsepsiyasi har bir bolaning tugma imkoniyatlari, layoqat, qobiliyatlari va talantlarini togri pedagogik diagnostika qi-lish, unga bor imkoniyatlarini royobga chiqarish uchun iqtisodiy-manaviy, psixologik, pedagogik sharoitlar yaratib berishni dolzarb, milliy xarakterdagi vazifa qilib qoymoqda.
Jamiyatda qabul qilingan qoidalar, xulq-atvor me'yor-laridan chetga chiqqan o’smirlarni "tarbiyasi og’ir o’smir" deyiladi. "Tarbiyalash og’ir" deganda, pedagogik ta'sirga qarshilik ko’rsatish tushuniladi. Tarbiyalash og’ir, qabul qilingan me'yor va qoidalarga tarbiyalanuvchi tomonidan amal qilinmasligini fanda deviatsiya (og’ish) hodisasi orqali organiladi.
Har bir oqituvchi, talabalar va ularning ota-onalari bilan bir qator suhbatlar olib borar ekan, u pedagogik bilimlar targibotchisi hamdir. Oquvchilarining hulqida salbiy ozgarishlar aniqlanganda yoki oilaviy sharoitiga kora bola tarbiyasiga salbiy tasir korsatuvchi holatlar sezilganda oquvchi maktabning alohida ichki nazoratga olinadi va yakka tartibda profilaktik tadbirlar tashkil etiladi. Umumtalim maktablarining alohida ichki nazoratiga olingan oquvchilar ro’yxati shakllantirish. Umumtalim maktablarining ichki nazoratiga huquqbuzarlikka moyilligi bolgan oquvchilar sifatida: Maktabning ichki tartib qoidalariga toliq amal qilmaydigan, surunkali dars qoldiruvchi va past ozlashtiruvchi,maqsadli reydlar davomida kocha-ko’yda bemaqsad yurganligi yoki turli ishlar bilan shugullanayotganligi aniqlangan oquvchilar; Ijtimoiy xavfi katta bolmagan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etgan oquvchilar; Ichki ishlar idoralarining profilaktik hisobiga olingan oquvchilar.
«Diniy talimga moyilligi bolgan oquvchilar sifatida:
majburiy talim olishdan bosh tortib masjidlarda ibodat qilganligi, yoki diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashganligi aniqlanganlar;
maktabda va jamoat joylarida diniy libos (xijob)da yuruvchi oquvchi-qizlar;
Ichki ishlar bolimlarining maxsus hisobida turgan Diniy ekstremistik oqim xayrixohlarining maktab yoshidagi farzandlari;
oquvchilarning din haqidagi bilimlar olishga bolgan qiziqishlarini aniqlash maqsadida otkazilgan ijtimoiy va psixologik sorovlar natijasiga kora lozim topilganlar.
Narkologiya dispanserining profilaktik hisobida turadigan shaxslarning maktab yoshidagi farzandlari; Notinch va janjalkash oilalarda tarbiyalanayotgan oquvchilar olinadi; Umumtalim maktablarining alohida ichki nazoratiga olingan oquvchilar bilan tushuntirish ishlarini olib borish. Mazkur oquvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borishni quyidagi tartibda amalga oshirish maqsadga muvofiq. Oquvchilarning ushbu royxatga olingaligini oziga va tengdoshlariga oshkor qilmagan holda profilaktik tadbirlarni amalga oshirish va ularga nazoratchi-pedagoglar biriktirish; Ularni bosh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida maktabdagi qiziqishlari boyicha va fan togaraklariga jalb etish;
Nazoratchi-pedagoglar tomonidan oquvchilarni royxatga olinishiga sabab bolgan xatti-harakatlarini takrorlanishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish. Bunda Diniy talimga moyilligi bolgan oquvchilarning din haqidagi tushunchalari va dunyoqarashlarini ijobiy tomonga ozgartirish maqsadida mazkur oquvchilar va ularning ota-onalari bilan yakka tartibda tushintirish ishlarini olib borish; Ularga Ozbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar togrisida»gi Qonuni talablarini tushuntirish;
Huquqbuzarlikka moyil oquvchilar va ularning ota-onalari ortasida «Voyaga etmaganlarning huquq, burch va masuliyatlari», «Voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarliklari», «Farzand tarbiyasiga salbiy tasir korsatuvchi omillar va ularni oldini olishda ota-onalarning roli», «Diniy ekstremizm yoshlar kelajagiga tahdid», «Soglom avlod millat kelajagi» mavzularida soha mutaxassislarini jalb qilgan holda davra suhbatlarini tashkil etish;
Oquvchilarning darslarga maktab «Ustavi»da belgilangan oquvchilar formasida, dars jadvalida korsatilgan darsliklar va tegishli oquv-qurollari bilan kelishini nazorat qilishga alohida etibor qaratish lozim.
Mahalla faollari bilan hamkorlikda ushbu oquvchilarning ota-onalari yoki ularning ornini bosuvchi shaxslarning bola tarbiyasidagi masuliyatini oshirishga qaratilgan hamkorlik ishlarini amalga oshirish:
Farzandi tarbiyasiga salbiy tasir korsatayotgan, ularni maktabga borishiga tosqinlik qilayotgan noqobil ota-onalar togrisida mahalla fuqarolar yiginlariga malumot kiritish hamda ularni faollar ortasida muhokama qilinishi ustidan jamoatchilik nazoratini ornatish. Ota-onalar yoki ularning ornini bosuvchi shaxslar tomonidan bolalarni tarbiyalash borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik hamda umumiy talim olishlarini taminlamaslik holatlari kuzatilganda ularni ornatilgan tartibda javobgarlikka tortish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taklif kiritish; Korilgan choralar samara bermagan holda ularni ota-onalik huquqidan mahrum qilish boyicha voyaga etmaganlar ishlari boyicha komissiyalarga murojaat qilish. Shuningdek, umumtalim maktablarining orta boginida oqitiladigan Vatan tuygusi Milliy istiqlol goyasi va manaviyat asoslari fanlari oila maktab jamoatchilik hamkorligida otkaziladigan manaviy-marifiy madaniy tadbirlarni mazmunan umuminsoniy va milliy goya asosida tashlik etilishi talim- tarbiya samaradorligini oshirish garovidir. Bu turkum fanlar mazmunining osmirlar shuningdek ijtimoiy huquqiy xatar guruh osmirlarining yosh va psixologik xususiyatlarini xisobga olgan xolda oddiydan murakkabga, bosqichma-bosqichlik izchillik asosida shakllantirilishi kutilgan natijalarni berilishi tabiiydir. 23
Maxsus ehtiyojli bolalar talim tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalar sirasiga aylanib bormoqda. Maxsus talim imkoniyati cheklangan bolalar uchun talim tizimi sifatida rivojlangan. Ushbu talim imkoniyati cheklangan bolalarning ehtiyojlarini umumtalim muasasalarida qondirib bolmaydi degan taxminlar asosida qurilgan. Maxsus talim butun dunyoda maktab yoki internat shaklida, shuningdek umumtalim maktablarining katta bolmagan qismlari sifatida faoliyat yuritadi. Maxsus ehtiyojli bolalarning maxsus talim tizimda oqitilishi ularning maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi. Shuningdek ularning oz oilasidan uzokda bolishlariga majbur qiladi. Bu toifa bolalar boqimandalikka organib qoladilar, oz-oziga xizmat qilishlarida qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari juda koplab maxsus ehtiyojli bolalar talimdan chetda qolib ketmoqdalar. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarni rivojlanish darajasi, imkoniyati nuqson xususiyatlari va qobiliyatlariga kora maxsus yoki umumtalim tizimida talim olishini amalga oshirish maqsadida inklyuziv talim siyosati amalga oshirilmoqda. Nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish integrasiyaga qarab qoyilgan birinchi qadamdir. Ozbekiston Respublikasida inklyuziv talim tizimining joriy etilish masalalari Ozbekiston Respublikiasida nogiron bolalar bilan bogliq tahlil va dastlabki baholash ishlari 1966 yilda boshlangan.
Hozirgi kunda Ozbekistonda 250000 ga yaqin turli korinishdagi nogiron bolalar (16 yoshgacha) talim olish ehtiyojiga ega. Nogiron bolalar uchun talim bilan birgalikda maxsus xizmatlar tashkil etish lozim.
Kozi ojizlar, kar va eshitish nuqsoniga ega bolgan bolalar, poliyemiyelit bilan kasallanganlar, aqli zaif bolalar, nutqida nuqsoni bor va soqov bolalarga moljallangan 86 ta maxsus talim va aralash maxsus muassasalar, 982 ta maxsus bolalar bogchalari mavjud. Maxsus yordamga muhtoj bolalar asosiy muamolarini ular ozlari yashab turgan muxitdan, oiladan uzoqda talim tarbiya berish bilan hal qilib bolmaydi. Jamiyat oz azolariga javobgarlikni oz boyniga olmas ekan, cheklab qoyilgan huquq va imkoniyatlar qaytarib berilmas ekan ijtimoiy integrasiyaga erishish qiyin. Maxsus ehtiyojli bolalarni talim tarbiyasida tenghuquqlilik muammosini hal etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Ammo bugungi kunda ham juda koplab bolalar turli xildagi sabablarga kora talimdan chetda qolib ketmoqdalar. Inklyuziv talimga jalb qilishning tashkiliy, ilmiy-uslubiy choralarini korib chiqish yani mutaxassislarini tayyorlash, malakasini oshirishga oid tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Alohida yordamga muhtoj bolalarni umumtalim muassasalariga jalb qilishning ikki asosiy omili bor: Birinchidan, alohida ehtiyojga ega bolgan bolalar ham soglom bolalar bilan birgalikda ozaro faoliyat korsatishlari mumkin. Inklyuziv talim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus ehtiyojli bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, soglom bolalar esa ijtimoiy adolat va tenglikning tan olinishi buyukligini nogiron bolalarga nisbatan yanada mehribon va etibor bilan munosabatda bolishni his etadilar. Ikkinchidan, nogiron bolalar ham soglom tengdoshlari bilan yonma-yon oqish, tarbiyalanish huquqiga ega ekanligi.
Bu ishlarni muvaffaqiyati xar bir davlatning qonunlarida aks etilishi zarur. Chunki, qonunlar, ularni kerakli moddiy va manaviy resurslar bilan taminlanishini amalga oshirishni kafolatlaydi. Imkoniyati cheklangan bolalar-oquvchilarga talim berishda, ota-onalar, mahallalar pedagoglar, mutaxassislar hamkorligida faoliyat korsatishlarini talab qilinadi va majburiy shart hisoblanadi.
Alohida ehtiyojli bolalar ham soglom tengdoshlari bilan birgalikda oz qobiliyat darajasida faoliyat korsatish, talim olishi, kasb-xunar organishi va rivojlanishi mumkin. Inklyuziv talim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa maxsus yordamga muhtoj bolalar ijtimoiy tomondan himoyalandilar, ijtimoiy hayotda teng xuquqliligini, oz tengdoshlari bilan birga bilim olishlari mumkinligini his etadilar. Maxsus yordamga muhtoj bolalar bilan ishlash oddiy maktablarning ish faoliyati doirasiga kirar ekan, bu jarayon quyidagi maqsadlarga erishishning eng samarali vositasi bo’la oladi:
Ajratib qo’yish illatiga qarshi kurash;
Do’stona insonparvar jamovlarni yaratish, o’z tarkibiga maxsus ehtiyojlari bo’lgan shaxslarni olgan jamiyatni qurish;
Barcha bolalarning ta’lim olishiga erishish
Maxsus yehtiyojli bolalar, boshqa bolalar, oqituvchi va tarbiyachilar faoliyati inklyuziv talimda oziga xos orin tutadi. Bunday talim tufayli maxsus yehtiyojli bolalar:
- jismoniy va ruhiy ehtiyojlarini qondiradilar;
- ijtimoiy xulq va oziga-ozi xizmat korsatish malakalarini yaratadilar; \-
ularning imkoniyatlarini hisobga olgan oquv materiallarini ozlashtiradilar;
- tengqurlari bilan turli oyinlarda ishtirok yetib rivojlanadilar;
- jismoniy tarbiya darslarida shaxmat-shashka oyinlari, turli sport musobaqalarida vaqtni kuzatuvchi hakam yoki darvozabon bolishlari mumkin;
- dostona muhitda dost orttiradilar;
- turli kongilochar va bayramona dasturlarda ishtirok yetadilar. Boshqa bolalar yesa;
- dostona muhitni yaratadilar;
- maxsus yehtiyojli bolalarga gamhorlik qiladilar,ularni turli oyinlarga jalb qiladilar;
- sinf tadbirlarida ishtirok yetadilar;
- tozalik va ozodalikni taminlaydilar;
- jamoa oldida masuliyat hissini rivojlantiradilar;
- didaktik va oyin vositalarini tayyorlashda birgalikda ishtirok yetadilar;
- oqituvchi va tarbiyachilar bolalarni bir-birlarining ichki dunyolarini tushunishga orgatadilar;
- har bir bolaning qobiliyati va imkoniyatini hisobga oladilar;
- har bir bolada hayotiy malaka va mustaqillikni shakllantiradilar;
- ishlarni tahlil qiladilar va baholaydilar;
- ota-onalarga amaliy yordam korsatadilar;
- barcha bolalarga birdek bilim berib, tarbiyalaydilar; Demak; inklyuziv talim maxsus yehtiyojli, nogiron bolalar ham faqat maxsus maktablarda yemas, balki soglom bolalar oqiydigan umumtalim maktablarida ham talim-tarbiya olishlari mumkin ekanligini etirof etadi.24 Buning uchun esa maktab ham, oqituvchi-tarbiyachilar ham inklyuziv talim tizimiga tayyor bolishi, maktab darajasi, jismoniy sharoit va oqishga imkon omillari shu talim talablariga tola javob berishi kerak. Imkoniyati cheklangan bolalarning talim olishida nihoyatda yuqori etiborni talab qiluvchi umumtalim tizimining sohasi hisoblansa, imkoniyati cheklangan bolalar esa jamiyatning ijtimoiy qatlamidir. Ularga ta’lim berishni yo’lga qoyishda quyidagilarga ahamiyat berish zarur:
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim sharoitida o’qitishni tashkillashtirish;
Inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun umumiy ta’lim tizimiga tarkibiy o’zgartirishlar kiritish;
Inklyuziv ta’limni joriy qilishda muassasa hodimlarini ish vazifalarida islohotlarni amalga oshirish;
O’qituvchi-defektologlar, ota-onalar va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlashni yo’lga qoyish;
Imkoniyati cheklangan bolaning shaxsiy xususiyatlariga ko’ra yakka tartibda korreksion metod va moslashtirilgan o’quv reja, dasturlar va boshqa omillardan foydalanib, atrofdagi jamoatchilik bilan birgalikda o’qitishning turli shakllarini tashkil qilish;
Bolalar uchun ta’lim sharoitini yaratish va ta’lim samaradorligini oshirish;
Barcha yoshdagi bolalar atrofida yashayotgan va ishlayotgan bolalar bilan bir xil sharoitda o’qishlari va kamol topishlari zarur;
Sinfdagi o’quvchilar soni muammosini hal qilish;
Ota-onalar uchun nogiron bolalarni o’qitish tizimi, inklyuziv ta’lim tizimi haqidagi o’quv qo’llanmalar yaratish;
Nogiron bolalar oilasi bilan maktabning uzviy aloqa o’rnatish;
Nogiron bolalarni maktabga kelishi uchun transport bilan ta’minlash masalalari;
Nogiron bolalarning ota-onalaridagi huquqiy bilimini oshirib borish;
Ta’lim muassasalari uchun kadrlar yetishtirish;
Umumiy qilib aytadigan bo’lsak imkoniyati cheklangan o’quvchilarga ta’lim berish jarayonida pedagogdan juda katta mahorat, malaka va tajriba zarurdir. Oddiy oquvchilardan farqli ravishda bunday bolalar oziga xos yondashish ularni hayotga jamiyatga qoshish, talini ularning imkoniyati va ehtiyojiga mos holda tashkil etish muhim sanaladi. Imkoniyati cheklangan oquvchilar orasida qobilyatlilari juda kop. Ularni koproq sanat yonalishiga jalb qilish, qiziqtirish, ularni psixologik holatini yaxshilash bilan bir qatorda. Jamiyatda oz orniga ega ekanligini his qilishga yordam beradi. Ularning jismoniy holatidan kelib chiqib rasm chizish, hunarmandchilik, musiqa, badiiy adabiyotga yonaltirish samarali natijalarni beradi. Bu borada imkoniyati cheklangan bolalar maxsus maktablari va sanat yonalishidagi pedagoglar, shu soha mutaxassis oqituvchilari bilan hamkorlikni yolga qoyish Ozbekistonda inklyuziv talimni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |