15
1) Bilim olish yo‘lidagi to‘siqlarni yengish. Axborotlardan foydalanish
insonning imkoniyatlarini shakllantirish uchun ta’lim kabi muhim ahamiyatga
ega. Agarda ta’lim kognitiv ko‘nikmalarini
rivojlanishiga olib kelsa, axborot
bilimlarni to‘plash jarayoni mazmunli jihatini ta’minlash uchun zarur. Internet va
«Jahon axborot tarmog‘i» turli yoshdagi va ijtimoiy holatidan qat’iy nazar,
barcha insonlar uchun axborotlar izlash kanali bo‘lib xizmat qiladi.
2) Ijtimoiy hayotda ishtirok etishni ta’minlash yo‘lida to‘siqlarni yengish.
Internet orqali butun dunyo bilan aloqa qilish imkoniyatlari oxirgi yillarda
ko‘plab dolzarb fuqarolik tashabbuslarini amalga oshirishga imkon berdi, misol
uchun ta’lim sohasida qayta aloqani ta’minlash harakati amalga oshirilmoqda.
3) Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish yo‘lidagi to‘siqlarni yengish.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ular bilan bog‘liq sohalar ta’lim
sohasining ham eng jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlari hisoblanadi. Yangi
axborot texnologiyalari
axborot va aloqalarga, elektron pochta, elektron
kutubxonalardan foydalanishni keskin kengaytiradi — saytlar ta’lim tizimi uchun
cheksiz imkoniyatlarga ega, dunyoning har qanday nuqtasidan o‘quv va ilmiy
axborotlarni olish imkoniyatlarini yaratadi.
AT vositalari bilan muhim bilimlar bo‘yicha axborot bazasi to‘planishi
mumkin, bu foydalanuvchilarni yangi ijodiy izlanishlarga undaydi. Bu maqsad
uchun talabalarga
qulay axborot bazasi ham, shuningdek, bir o‘quv muassasasi
ichida hamda boshqa ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida tajriba almashish
imkonini beruvchi ta’lim muassasasi Web-resursi xizmat qilishi mumkin. Ijodiy
ishlanmalar virtual klubi iqtidorli foydalanuvchilarni birlashtirishga imkon
beradi.
Ta’limda AT vositalaridan foydalanish olamni global tarzda ma’naviy,
ijtimoiy, yaxlit anglashni rivojlantirishi kerak. Hozirgi vaqtda juda katta sonli
Internet
resurslari, shu jumladan, shubhali xususiyatdagilari ham mavjud. Shu
sababli ham foydalanuvchilarda tarmoqdagi xavflarni to‘g‘ri tasavvur qilish,
ularda yaxshilik, tinchlik, inson qadri va huquqlariga hurmatga salbiy ta’sir
ko‘rsatuvchi g‘oyalarga asoslangan resursga qarshi immunitetni shakllantirish
kerak. Ulardan foydalanishda talabalarning axborotni to‘g‘ri
qabul qilishlari,
ularning psixologik xususiyatlari va kompyuter oldida o‘tkazilgan vaqt sanitar-
gigiyenik me’yorlari bilan tanish bo‘lishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: