Pedagogik kuzatish. Metod chaqiriqqacha bo’lgan o’quvchi yoshlarni fuqaro muhofazasiga doir meoyoriy xujjatlarning shakllari, mazmuni va ularning hususiyatlarini amaliy jihatdan o’rganish, tajribadan avval va keyin o’quvchilarda bilim saviyasini qay darajada shakllanganligini tahlil qilish maqsadida qo’llanildi. Tajriba davrida metoddan samarali foydalanish, shuningdek, chaqiriqqacha bo’lgan o’quvchi yoshlarda bilim saviyasini shakllanganligining real darajalarini aniqlash imkoniyatini ham yuzaga keltiradi. Pedagogik kuzatish metodi chaqiriqqacha bo’lgan o’quvchi yoshlarni fuqaro muhofazasiga doir meoyoriy xujjatlarning shakllari, mazmuni va ularning hususiyatlarini bilish darajasini shakllantirish yo’lida mavjud bo’lgan to’siqlar hamda salbiy omillarni aniqlashga ham yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |