Dunyo okeani va biologik resurslari
Keyingi yillarda jahon okeanshunos olimlari shu jumladan YU.A.Shakolpskiy (1856-1960), P.P.Shirshov (1905-1953), K.K.Markov (1905- 1980), N.N.Zubov (1885-1960) kabi rus tadqiqotchilari o`nlab ekspedisiyalarning ishlari natijasida dunyo okeani ko`p sirlarini bilib olishdi. Dengiz geologiyasi yordamida okean tabiiy resurslarini juda katta xazinasi ekanligi isbotlandi. Bu xazinani quruqlik resurslari bilan bemalol qiyoslash mumkin. Bu xazina avvalo dengiz suvidan iborat. Dengiz suvi miqdori haqiqatdan ham juda ko`p. Ya`ni 1338 mln km.kub yoki gidrosferadagi suv miqdorining 96,5 foizini tashkil qiladi. Bundan tashqari dengiz suvi o`ziga xos “tirik ruda” bo`lib, tarkibida 75 xil kimyoviy elementlar mavjud. Misirliklar va Xitoyiiklar qadim zamonlardayoq suvdan tuz ajratib olishni o`rganib olishgan. Hozir undan ko`p miqdorda tuz olinadi. Dengiz suvidan yana magniy, brom, yod olinadigan manba bo`lib xizmat
qiladi. Bundan keyingi boylik dunyo okeani tagidagi mineral resurslardir. Materik sayozligi resurslari orasida neft va tabiiy gaz eng katta ahamiyatga ega. Ko`pchilik hisoblarga qaraganda bu boyliklar butun jahon zahirasining 1/2 qismidan ortiqrog`i materik sayozligiga to`g`ri keladi. Sayozlikdagi qattiq foydali qazilmalarni nishab shaxtalar yordamida qazib olish mumkin. Bunday boyliklar ko`pincha hozirgi zamon mo`may boylik topuvchi ustalarning qo`liga tushadi. Okeanlar chuqur qismining asosiy boyligi temir, marganes qotishmalaridir.
Dunyo okeanining bundan keyingi boyligi energetika resurslaridir. Bu boylik ham juda katta, nihoyat, dunyo okeanining yana bir boyligi biologik resurslardir. Bular suvda yashovchi hayvonlar (boyliklar, sut emizuvchilar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar) va o`simliklardir. Okeanlarning biologik moddalari umumiy miqdori 35 mlrd tonna hisoblanadi, ular 140 ming tur mavjudotdan iborat. Norvegiya, Bering, Oxota, Yaponiya dengizlari dunyoda eng mahsuldor dengizlar hisoblanadi. Biroq okeanlardagi ovlanadigan ko`pchilik baliqlar va hayvonlar muhofazaga muhtoj.
Yer yuzining 71 foizini egallovchi dunyo okeani mamlakatlar va xalqlarning aloqasida har doim muhim rol o`ynab kelgan. Biroq to XX asrning o`rtalarigacha kishilik faoliyatining dunyo okeanidagi barcha turlari jahondagi daromatning atigi 1-2 foizini bergan, xolos. Biroq fan-texnika taraqqiyoti jadallashgan sari dunyo okeani har tomonlama tadqiq etish va o`zlashtirish butunlay boshqacha ko`lam kashf etdi.
Birinchidan, global energetika va xom-ashyo muammolarining o`tkirlashuvi dengiz tog`-kon, kimyo sanoatlari va dengiz energetikasining paydo bo`lishiga olib keldi. Fan-texnika taraqqiyoti muvaffaqiyati kelgusida neft va gazlarni, temir- marganesli rudalarni qazib olishni yanada ko`paytirib, dengiz suvidan vodorodning izotop bo`lmish deyterini ajratib olish, suv qalqishi asosiga qurilgan ulkan eektr stansiyalar va dengiz suvini chuchitish inshootlarini qurishdan yangidan yangi istiqbollar ochdi.
Ikkinchidan, global (dunyoviy) ko`lamdan oziq-ovqat muammolarining o`tkirlashuvi okeanning biologik resurslariga bo`lgan qiziqishni oshirdi. Vaholangki, hozircha, dunyo okeani insoniyatning oziq-ovqatga bo`lan ehtiyoining atigi 2 foizini ta`minlaydi, xolos. Biroq okeandan hayvonlar oqsilining 12-13 foizini ajratib olinmoqda. Albatta baliq ovlash va dengiz mahsulotlari olishni tobora ko`paytira borish lozim. Okeandagi mavjud balansni buzmagan holda bu mahsulotlarni yanada ko`paytirish imkoniyatlari turli mamlakatlar olimlarining hisobiga ko`ra 100-150 mln t.ga yetadi. Dengizda suv o`tlarini yetishtirishni rivojlantirish esa qo`shimcha katta rezerv hisoblanadi.
Uchinchidan, Xalqaro geografik mahsulotning chuqurlashuvi jahon savdosining tezkorlik bilan o`sishi, dengizda yuk tashish ishlari hajmini tobora oshirmoqda. Bu birinchi navbatda ishlab chiqarish va aholini dengiz sari siljishiga va shu munosabat bilan bir qancha dengiz bo`yi rayonlarining shiddat bilan rivojlanishiga sabab bo`ldi. Masalan, ko`pdan ko`p yirik dengiz portlari sanoat-port majmualariga aylandi. Bu majmualar uchun kemasozlik, neftni qayta ishlash, neft dunyosi, metallurgi kabi sohalar eng xarakterlidir. Keyingi vaqtda esa ba`zi bir eng yangi tarmoqlar ham rivojlana boshladi.
Dunyo okeani doirasidagi va okean - quruqlik tutashgan zonasidan barcha ishlab chiqarish faoliyati va ilmiy faoliyat natijasida jahon xo`jaligining tarkibiy qismi bo`lmish dengiz xo`jaligi vujudga kelgan. Bu tog` kon va qayta ishlash sanoatlari, energetika, baliq ovlash, transport, savdo hamda turizmni o`z ichiga oladi. Umuman olganda bu dengiz xo`jaligida kamida 100 mln kishi band.
Biroq bunday faoliyat ayni vaqtda dunyo okeanining global muammosini tug`dirdi. Uning mohiyati okean resurslarining nihoyatda notekis o`zlashtirilayotganligi, undan harbiy faollik sifatida foydalanayotganligidan iboratdir. Xuddi mana shuning uchun ham 1982 yil qabul qilingan BMTning dengiz huquqiga doir konvensiyasi (bitimi) juda katta ahamiyatga ega bo`lib, u “Dengiz xaritasi” nomini olgan. Bu hujjat dengiz sohilidan 200 mil masofadagi
iqtisodiy zonani belgilab berdi. Bu zonada dengiz bo`yida joylashgan davlat biologik va mineral resurslardan foydalanishda mustaqil huquqqa ega. Dunyo okeanidan foydalanish muammosini yechishning asosiy okean tabiati va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish uning boyliklariga nisbatan to`g`ri majmuali yondashuvini tanlashdan iborat bo`lib, bu yondashuv butun jahon hamjamiyati kuch va harakatlarini birlatirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |