Mundarija kirish 2


Xalqaro valyuta jamg‘armasi hisob-kitoblari bo‘yicha jahon va ayrim davlatlar iqtisodiyotining 2021 yil uchun o‘sish sur’atlari prognozi



Download 4,95 Mb.
bet5/81
Sana02.04.2022
Hajmi4,95 Mb.
#524094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
budjetnoma 2

Xalqaro valyuta jamg‘armasi hisob-kitoblari bo‘yicha jahon va ayrim davlatlar iqtisodiyotining 2021 yil uchun o‘sish sur’atlari prognozi


(foizda)





Mamlakatlar

Yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’ati (aprel prognozi)

Yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’ati (iyul prognozi)



Farqi

Jahon iqtisodiyoti

6,0

6,0




Rivojlangan davlatlar

5,1

5,6

0,5

Rivojlanayotgan davlatlar

6,7

6,3

-0,4

Evropa hududi

4,4

4,6

0,2

AQSh

6,4

7,0

0,6

Germaniya

3,6

3,6




Fransiya

5,8

5,8




Italiya

4,2

4,9

0,7

Ispaniya

6,4

6,2

-0,2

Buyuk Britaniya

5,3

7,0

1,7

Xitoy

8,4

8,1

-0,3

Hindiston

12,5

9,5

-3,0

Rossiya

3,8

4,4

0,6

Braziliya

3,7

5,3

1,6

Qozog‘iston

3,2

-

-

Belarus

-0,4

-

-

Turkiya

6,0

-

-

O‘zbekiston

5,0

5,6

0,6

Manba: Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlari.
Jahon bankining iyun oyidagi hisobotiga ko‘ra, rivojlangan davlatlarda vaksinasiya va fiskal imkoniyatlarning kengligi hisobiga jahon iqtisodiyoti 5,6 foizga o‘sib, dastlabki prognozlarga (4 foiz) nisbatan 1,6 foiz bandga tezroq tiklanishi kutilmoqda.
Kelgusi davrda (i) koronavirus pandemiyasi yangi to‘lqinlarining yuzaga kelishi, (ii) qator davlatlarda vaksinasiya jarayonlarining sustligi, (iii) tashqi qarz darajasining oshishi va (iv) inflyatsion bosimning, shu jumladan, oziq- ovqat narxlarining sezilarli ko‘tarilishi jahon iqtisodiyotiga ta’sir etuvchi asosiy omillar sifatida keltirilmoqda.
Pandemiyadan keyingi davrda asosiy e’tiborni (i) yashil va inklyuziv o‘sish hamda (mavjud resurslardan samarali foydalanish orqali iqtisodiy o‘sish sur’atlarini va ish joylarini tashkil etishga erishish) (ii) tashqi savdo tariflarini yumshatish (global qo‘shilgan qiymat zanjiri narxlari barqarorligi va savdoni yaxshilash orqali ishlab chiqarish o‘sishiga sharoit yaratish) orqali resurslarni samarali taqsimlashga qaratish zarurligi ta’kidlanmoqda.
Jahon savdo tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 2021 yilda jahon savdo aylanmasi 8 foizga, 2022 yilda – 4 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy holat bo‘yicha xatarlar yuqoriligicha saqlanib qolmoqda. Jumladan, pandemiya qo‘shni mamlakatlar va yirik savdo sheriklari iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda. Xususan, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida Qozog‘iston yalpi ichki mahsuloti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan atigi 2,2 foizga, Rossiyada yalpi ichki mahsulot (yanvar-may) taxminan 3,7 foizga o‘sgan bo‘lsa, Qirg‘izistonda yalpi ichki mahsulot 1,7 foizga qisqargan.
Shu bilan birga, Xitoy yalpi ichki mahsuloti rekord darajada 12,7 foizga o‘sdi. Ushbu yuqori o‘sish sur’atlari asosan Xitoy iqtisodiyotining 2020 yilning 1-choragida 6,5 foizli bandga qisqarganligi va joriy yilda iqtisodiy faollikning o‘ta yuqori darajada tiklanayotgani bilan bog‘liq.
2021 yil yanvar-iyun oylari natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,2 foizga o‘sgan holda asta-sekin tiklanmoqda va barqaror o‘sishga qaytmoqda. Bunga o‘z vaqtida muvofiqlashtirilgan fiskal va pul-kredit choralari tufayli erishilmoqda.
2021 yilning yanvar-iyun oylarida yalpi ichki mahsulot hajmi 318,5 trln. so‘mni tashkil etdi. Iqtisodiy o‘sish sanoat 8,5 foizga, qurilish 0,1 foizga, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 1,8 foizga hamda xizmatlarni 8,0 foizga o‘sishi bilan ta’minlangan.
Respublika yalpi ichki mahsuloti o‘sishining 0,38 foiz bandi qishloq xo‘jaligiga, 0,01 foiz bandi qurilishga, 2,24 foiz bandi sanoatga hamda 3,04 foiz bandi xizmatlar hissalariga to‘g‘ri keladi.
Sanoat sohasida o‘sish asosan ishlab chiqaradigan sanoatning 8,6 foizga, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlashning 7,5 foizga, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 12,1 foizga va suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish – 3,5 foizga o‘sishi bilan ta’minlandi.
Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘ida tabiiy gaz ishlab chiqarish 4,7 foizga, ko‘mir 51,8 foizga o‘sdi.
2021 yilning yanvar-iyun oylarida 34 318,6 mln. kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 9,1 foizga ko‘p.
Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, 2020 yilning mos davriga nisbatan 7,7 foizga oshib, 64,3 trln. so‘mni tashkil etdi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlari 14,7 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 3,9 foizga oshgan.
Jami pullik xizmatlar hajmi o‘tgan yilga nisbatan 18,3 foizga, jumladan, ta’lim xizmatlari – 40,8 foizga, sog‘liqni saqlash xizmatlari

  • 31,4 foizga, moliya xizmatlari – 27,1 foiz hamda aloqa va axborotlashtirish –

19,4 foizga o‘sdi.
O‘sish omillari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

    • ta’lim xizmatlarida xususiy va DXSh asosida 98 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari, 11 ta xususiy maktablar, 6 ta xususiy oliy ta’lim muassasalari va 100 dan ortiq maktabdan tashqari ta’lim hamda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlari tashkil etildi;

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5144-son qaroriga muvofiq bolalarni MTM bilan qamrov darajasi past bo‘lgan 53 ta tuman/shaharlarda qo‘shimcha 100 ta DXSh asosida, 2 mingta oilaviy va 50 ta davlat MTMlari tashkil etilib, ushbu chora-tadbirlar ta’lim sohasidagi xizmatlar ko‘lamini yanada oshirishga turtki bo‘ladi.

    • sog‘liqni saqlash xizmatlarida joriy yilning I yarim yilligida 312 ta yangi xususiy tibbiyot muassasalari tashkil etildi hamda 16 ta DXSh asosida loyihalar amalga oshirildi;

    • moliya xizmatlaridagi o‘sishni bank tizimi faoliyatida jami kredit qo‘yilmalarining – 59,8 trln. so‘mga (25,1 foizga ko‘p), foizli daromadlarning

  • 4,4 trln. so‘mga (31,2 foiz), foizsiz daromadlarning – 3,8 trln. so‘mga (75 foiz) oshishi, shuningdek, muomaladagi bank plastik kartalari sonining 1,4 mln. birlikka (6,4 foiz) hamda o‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni 1,4 mingtaga (12,6 foiz) oshganligi bilan izohlanadi;

    • aloqa va axborotlashtirish xizmatlarida Toshkent shahrida joylashgan

617 ta (78 foiz) maktabgacha ta’lim muassasalari,
346 ta (100 foiz) xalq ta’limi hamda 271 ta (100 foiz) sog‘liqni saqlash ob’ektlariga 363 km optik tolali aloqa liniyalari tortildi;

  • transport xizmatlarining tiklanishi natijasida ushbu soha ham o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,3 foizga o‘sdi, jumladan:

  • savdo xizmatlarining 9,3 foizga oshishi asosan chakana savdoning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9 foizga, shundan yirik savdo tarmoqlarida – 15,6 foizga o‘sishi bilan izohlanadi.




Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish