Iqtisodiyotning ayrim sohalari byudjet siyosatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar.
Obodonlashtirishsohasidagi byudjet siyosatini yanada takomillashtirish bo‘yicha quyidagilar taklif etiladi:
Obodonlashtirish sohasiga davlat-xususiy sherikchilik va autsorsing mexanizmlarini jalb qilishni qo‘llab-quvvatlash. Bunda tuman (shahar)lar miqyosida obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil qilish maqsadida sinov tariqasida ma’lum bir hududlardagi obodonlashtirish ishlarini tadbirkorlik sub’ektlariga tanlov (elektron auksion yo‘li bilan “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali) asosida biriktirib berish hamda bu borada faoliyatni amalga oshirish uchun muddatli (bir yil) shartnomalar rasmiylashtirishni belgilash.
Obodonlashtirish boshqarmalarining vazifalari xududlarni ko‘kalamzorlashtirish va sanitar tozalikni saqlash bo‘lganligi sababli, ichki xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llarini Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi korxonalar tasarrufiga o‘tkazish.
Agrar sohadagi byudjet siyosatini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi taklif etiladi:
agrar sohadagi davlat xarajatlari tarkibini qayta ko‘rib chiqish, samaradorligi past va mavjud muammolarga tizimli yechim bermaydigan xarajatlarni maqbullashtirish, sohaga ajratilayotgan Davlat byudjeti mablag‘larini qayta taqsimlash orqali agrar sohadagi ilmiy izlanishlarga ajratilayotgan mablag‘lar ulushini bosqichma-bosqich oshirish;
qishloq va suv xo‘jaligi sohasida elektr energiyasi xarajatlari hamda suv resurslari sarfining aniq hisobini yuritish maqsadida suv xo‘jaligi inshootlarida suv va elektr energiyasi sarfini “onlayn” tarzda kuzatish imkonini beruvchi tizimlarni joriy etish;
qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi sohalariga davlat-xususiy sheriklik tizimini joriy etishni kengaytirish, ob’ektlarni tadbirkorlik sub’ektlariga boshqarish va foydalanish uchun berish, ushbu yo‘nalishlarda modernizatsiya jarayonlarini jadallashtirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga imtiyozli kreditlar ajratish amaliyotini bosqichma-bosqich tugatish va uning o‘rniga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun jalb etilgan kredit foiz to‘lovlarini bir qismini qoplab berishni joriy etish;
byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish bo‘yicha xo‘jaliklarning mas’uliyatini oshirish maqsadida subsidiyalarni 5 yil
mobaynida, ya’ni uskunalardan foydalanishning eng kam muddatida, teng ulushlarda to‘lab borishni joriy etish taklif etiladi.
Tadbirkorlik va aholi bandligini ta’minlashbo‘yicha byudjet xarajatlari samaradorligini oshirishda quyidagilar taklif etiladi:
Davlat byudjeti va maqsadli jamg‘armalar hisobidan ajratilayotgan subsidiyalarni xatlovdan o‘tkazgan holda subsidiya ajratish muddatlarini hamda maqsadli ko‘rsatkichlarini belgilash.
Xalqaro amaliyotdan kelib chiqib byudjet intizomini ta’minlash va byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish maqsadida, davlat byudjetidan davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratiladigan transfert ko‘rinishidagi mablag‘larni jamg‘armalarning buyurtmanomalari asosida ajratib borish tizimini joriy etish.
Samaradorlikka erishilmagan yoki maqsadsiz sarflangan subsidiya, kompensatsiya va boshqa turdagi xarajatlarni sud tartibida qaytarib olish mexanizmini joriy etish.
Uy joy kommunal sohasi bo‘yicha byudjet xarajatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha quyidagilar taklif etiladi:
Ichimlik suvi ta’minoti korxonalarining shahar va tuman bo‘limlarining namunaviy tuzilmasini ishlab chiqish hamda yuridik shaxs maqomini berish orqali qayta tashkil etish Bunda:
ichimlik suvi ta’minoti korxonalari balansidagi asosiy vosita, mashina mexanizmlarni tegishliligi bo‘yicha shahar va tuman bo‘limlari balanslariga o‘tkazish.
Ichimlik suv va oqova xizmatlari uchun tariflarni xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilash.