79 505,0
|
83 706,0
|
89 534,0
|
106 027,0
|
132 874,0
|
169 230,0
|
1,7
|
Kontrakt hisobiga
|
221 172,0
|
274 793,0
|
354 636,0
|
445 404,0
|
489 944,0
|
538 938,0
|
2,2
|
oliy ta’lim xarajatlarining Davlat byudjeti jami xarajatlariga nisbatan ulushi
|
1,0%
|
1,1%
|
1,2%
|
1,1%
|
1,4%
|
1,6%
|
|
Oliy ma’lumotli kadrlar bilan qamrab olish maqsadida 2022 yil oliy ta’lim muassasalar soni 115 taga yetkazish kutilmoqda. 2021 yilda oliy ta’lim muassasa soni 110 tani tashkil etgan.
Oliy ta’lim muassasalari uchun 2022 yilda doktoranturaga ajratilayotgan kvotalar soni 2 barobarga oshirish belgilangan bo‘lib, doktoranturaga qabul kvotasi 3 600 gacha oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu maqsadlar uchun 2022 yilda 453,6 mlrd. so‘m, 2021 yilga nisbatan qo‘shimcha 186,0 mlrd. so‘m rejalashtilgan.
2022–2026 yillardagi sog‘liqni saqlash tizimidagi byudjet siyosati:
Aralash moliyalashtirishga o‘tkazilgan barcha sog‘liqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish tartibini belgilovchi maxsus Yo‘riqnoma ishlab chiqish, unda moliyalashtirilishi Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi orqali amalga oshirilishini ta’minlash orqali quyidagilarni nazarda tutish taklif etiladi:
“har bir davolangan holat”dan kelib chiqib moliyalashtirish tizimiga o‘tish;
imtiyozli asosda davolanadigan bemorlarni orderlar (yo‘llanma) asosida davolashda ularga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar tarifini ishlab chiqish;
Davlat byudjetidan mablag‘larni imtiyozli toifadagi bemorlar davolanishi uchun belgilangan tariflar asosida va byudjet xarajatlari iqtisodiy klassifikatsiyasining bir satrida moliyalashtirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.
Dori vositalarini respublika hududiga kirib kelishidan boshlab ularni bemorgacha yetib borishini shaffof ta’minlaydigan Yagona elektron tizim yaratish. Bunda, xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, dori vositalari va tibbiy buyumlarni markirovkalash (shtrixlash) tizimini yo‘lga qo‘yish.
Sog‘liqni saqlash tashkiliy tuzilmalari viloyat markazidagi tor ixtisoslikdagi (onkologiya, kardiologiya, oftalmologiya, urologiya, endokrinologiya va boshqalar) sog‘liqni saqlash muassasalarini viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga birlashtirish va haqiqiy ma’nodagi viloyat yagona ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bepul tarzda dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanadigan bemorlarning elektron yagona reestrini yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |