Mundarija kirish 2 I bob asosiy qism 4


Fiziologiyasi fanining o‘rganish usullari



Download 172,11 Kb.
bet6/9
Sana01.02.2022
Hajmi172,11 Kb.
#423220
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi OHF Xayrullayeva-namuna

Fiziologiyasi fanining o‘rganish usullari.


Fiziologiya - eksprimental fan. Tana faoliyatini tekshirishda bir qator usullardan foydalaniladi.



    1. O‘tkir tajriba usuli - uzoq davom etmaydigan tajribadir. Bunda hayvonga bexush qiladigan, og‘riq qoldiradigan yoki etni o‘ldiradigan, modda (narkoz) beriladi. hayvon harakatsizlantiriladi, shundan so‘ng harakatsizlantirilgan hayvon a’zolarining faoliyati o‘rganiladi.

    2. Surunkali usul - hayvonlarda har xil jarrohlik qilib, u tuzalgandan keyin tekshira boshlaydi. Bunday hayvonni haftalab, oylab, yillab kuzatsa bo‘ladi.

    3. Perfuziya - tanada ajratib olingan a’zo tomirlariga muayyan eritma yuboriladi, eritma tarkibi tartibga solib turiladi va to‘qima uchun zarur tashqi muhit-muayyan harorat, namlik va shu kabilar tayyor qilinadi. Ammo, tajriba o‘tkazuvchi tana o‘rganilayotgan sharoitni tabiiy sharoitga nihoyatda yaqin keltirish kerak.

    4. Ekstirpatsiya - usulini qo‘llaganda biror organ tanadan olib tashlanadi va tanani shu a’zoga bog‘liq faoliyati o‘rganiladi.

    5. Transplantatsiya - usulini qo‘llaganda biror bir a’zo ikkinchi tanaga ko‘chirib o‘tkaziladi. Natijada ikkinchi tanadan kelib chiqadigan o‘zgarishlar o‘rganiladi. Bunday usullar asosan ichki sekretsiya bezlarining faoliyatini o‘rganishda qo‘llaniladi.

    6. Ligatura solish - organlarni qon tomirlarni tartibi bilan aloqasini uzish uchun turli qon tomirlari bog‘lab tashlanadi. SHu yo‘l bilan organ faoliyati o‘rganiladi.

    7. Denervatsiya - organ faoliyati nerv sistemasining ta’siriga bog‘liq ekanini bilish uchun boradigan nerv tolalari qirqiladi va organdagi o‘zgarishlar kuzatatiladi.

    8. Tomirlar anostomozi - bir tomirning markaziy qismini, ikkinchi tomirning pereferik qismiga tikish yo‘li bilan ham organ faoliyati o‘rganiladi.

    9. Fistula usuli - gavdaning ichkarisiga joylashgan va shuning uchun bevosita kuzatib bo‘lmaydigan ba’zi organlar faoliyatini o‘rganish uchun fistula usulidan foydalanadi. Fistula qo‘llashning bir necha ko‘rinishlari bor. Birinchi ko‘rinishida organ mas: me’da, ichak, qovuq bo‘shliqiga plastmassa va zanglamaydigan metall nay kiritilib buning ikkinchi uchi teriga mahkamlab qo‘yiladi. Ikkinchi ko‘rinishda esa bezlar yo‘li teri yuzasiga chiqarib qo‘yiladi.

    10. Kateterizatsiya - yurak qon tomirlari va bez yo‘llarida o‘tkaziladigan ko‘plab tekshirishlarda ularga ingichka naylar suqiladi. SHu yo‘l bilan oranlar faoliyatini o‘rganishda ba’zan naylar turli asboblar ulab qo‘yiladi yoki muayyan moddalar shu nay orqali yuboriladi.

    11. Rentgenogafiya - keyingi paytda xilma-xil fan tajribalarida bu nurlardan foydalanib tezlashib ketdi. Organ faoliyati (me’da, ichak, o‘pka) o‘rganishda rentgen nurlaridan keng foydalaniladi.

    12. Biokimyoviy usul - organlar faoliyatini o‘rganishda, ayniqsa ulardagi kasalliklarga tashhiz qo‘yishda biokimyoviy usul keng foydalaniladi. Buning uchun tanadan bir qancha namunalar: qon, siydik, axlat olinadi va u biokimyoviy labaratoriyada kimyoviy analizdan o‘tkaziladi. Olingan miqdoriy

dalillar sog‘lom tanadan olingan dalillarga solishtiriladi, tegishli xulosa chiqariladi.

    1. Elektrofiziologik usul - eng yaxshi usullardan, bu usulni samarali qo‘llash fiziolog va mediklarning fizika va radiotexnika, elektronika kibernetikasining zamonaviy muvaffaqiyatlaridan keng foydalanishlari bilan bog‘liq. Faoliyatni tekshirishning yangi usullari ishlab chiqildi. Bu usullardan foydalanishda odam tanasiga qanday bo‘lmasin shikast etkazmasdan, uning ko‘pgina faoliyatlarini o‘rganish mumkin bo‘lib qoldi. Masalan: tanaga elektrod qo‘yib va elektr o‘lchash apparatlarini tadbiq etib, organlarda sodir bo‘ladigan elektr xodisalari o‘rganilmoqda. SHu ma’lumotga asoslanib nerv sistemasi, skelet muskullari, yurak va boshqa organlarning holati va faoliyati haqida tasavvur olinmoqda (elektrokardiogramma) jigar, yurak va miya reogrammalari.




    1. Download 172,11 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish