Mundarija kirish 2 I bob asosiy qism 4



Download 172,11 Kb.
bet3/9
Sana01.02.2022
Hajmi172,11 Kb.
#423220
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi OHF Xayrullayeva-namuna

I BOB ASOSIY QISM




    1. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” fanining rivojlanish tarixi.


Odam organizmini o‘rganishga qadimgi Xitoy, Hindiston, Rimda urinib ko‘rilgan. Ammo hayvonlar tanasi ilmiy asosda tekshirilmagan. Bunday urinishlar asosan din tomonidan qattiq ta’qib qilingan.


Fiziologik ilmiy kuzatish ishlari ingliz tabibi va fiziologi Uilyam Garveydan boshlandi. U 1628 yilda «Hayvonlarda yurak va qon harakatini anatomik tekshirish» nomli kitob yozdi. Bu kitobda katta va kichik qon aylanish doirasi hamda yurak haqida to‘g‘ri tasavvur berdi. Bu fiziologiyaning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi. XVI-XVII asrda sanoatning rivojlanishi fanni rivojlanishini taqozo qiladi.
Avvalo anatomiya, keyin fiziologiya rivojlana boshladi. XVI asrda Vezaliy, Servit Kolombo, Fallopiy va boshqa anatomlar o‘tkazgan tajribalar qon aylanishini o‘rganishga asos bo‘ladi.
Levenguk va Malpigi tomonidan kapillyarlarning topilishi qon aylanishi va qonning modda almashinuvidagi roli haqida tassavvurlarning to‘g‘riligini isbotlaydi.
XVII asrning birinchi yarmida R.Dekard (fransuz faylasufi) reflekslarni kashf etdi. Ular odam sezgi a’zolari ta’sirlanganda miyaga boradigan nerv taranglashadi, miyaning ichki teshiklari ochilib, u yerdan «hayvon ruhlari» chiqadi, bu ruhlar esa nerv orqali muskullarga kelib, ularni ishga tushiradi, dedi. Bu qancha sodda tushuncha bo‘lmasin, reflektor voqeani, asab impulsi o‘tadigan yo‘lni tasvir etadi.
D.A.Borelli nafas harakatlari mexanizmi, diafragmaning ahamiyati, tasvirlardagi qon harakatlarini o‘rgandi. R.Shayner ko‘z muhitning nur sindirish qobiliyatini aniqladi. L.Galvani bioelektrik hodisalarni kashf etdi.
XIX asrda tabiatda eng katta burilish bo‘ldi, anatomiya va gistologiyadan fiziologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Shu asrning 40-yillarida R.Meyer, J.Joul energiyani saqlanish qonunini aniqladi. Natijada odam va hayvonlar
faoliyati davrida ajralib chiqqan energiya massasi sirli bo‘lib kelgan bo‘lsa, endi aniq bo‘ladi.
1-rasm. I. M. Sechenov
I.M.Sechenov va V.Ya.Danilevskiy nerv markazlaridagi elektr hodisalarini birinchi bo‘lib tekshirdi. J.B.Lamarkning «Zoologiya falsafasi» va Ch.Darvinning
«Turlarning kelib chiqishi» nomli asarlari, Shleyden va Shvannlarning organizmni hujayralardan tuzilganligini kashf etishi, hujayra fiziologiyasi haqida tasavvurlarni vujudga keltirdi va bular ko‘p hujayrali hayvonlar fiziologiyasini o‘rganish muammosini keltirib chiqardi.

  1. asrda asosan I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, S.P.Botkin va V.M.Bixtirovlar kabi rus fiziologlari ishlab chiqqan ta’limot-nervizm ta’limoti vujudning yagona ekanligi haqidagi har qanday qarashlarga zarba berdi. 1862 yilda markaziy nerv sistemasidagi tormozlanish jarayonini ochgan, 1863 yilda esa «Bosh miya refleksi» nomli asarini nashr qilgan I.M.Sechenov ishlari juda nazariy va laboratoriya ahamiyatga ega bo‘ldi.

I.M.Sechenov oliy nerv faoliyati fiziologiyasiga asos soldi. Fiziologiyani bu sohasini keyinchalik I.M.Pavlov rivojlantirdi. Oliy nerv haqidagi I.Pavlov ta’limoti fiziologiyani muhim muvaffaqiyati bo‘ldi. U shartli va shartsiz reflekslar haqidagi ta’limotni yaratdi. Buning natijasida birinchi va ikkinchi signal tartibi haqidagi ta’limot vujudga keldi.
I.P.Pavlov va uning shogirdlari izlanishlari tufayli so‘lak bezlari faoliyati, ovqat hazm qilish organlari faoliyatiga oid ko‘p qonuniyatlar to‘g‘ri va ilmiy asoslab berildi.



    1. Download 172,11 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish