Mundarija: Kirish. 1 Novvoychilikda lipoksigenaza fermentlarining qo’llanilishi


VAFLI ISHLAB CHIQARISH UCHUN ENG YAXSHI PREPARAT



Download 28,63 Kb.
bet4/7
Sana18.02.2022
Hajmi28,63 Kb.
#455074
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
FERMENTLARNING OZIQ

VAFLI ISHLAB CHIQARISH UCHUN ENG YAXSHI PREPARAT.
Vafli ishlab chiqarish sanoatida vafli xamirining teng miqdorda bo’linishi, shishlar bo’lmasligi, va tayyor mahsulot sifatining yaxshilanishi uchun, xamir chiqimini tejamliligi uchun xamir tarkibidagi moddalarning teng miqdorda taqsimlanishi va yopishqoqligi kam bo’lishi kerak. Ko’p miqdorda kleykovina saqlovchi undan foydalanganda vafli ishlab chiqarishda xamir bo’rtib qoladi, kleykovina ba’zan seperatordan o’tkaziladi. Shungacha bu muammoni hal qilishda AB Enzymes kompaniyasi eng yaxshi yechim – proteaza va gemisellulozadan iborat Veron® W mahsus ferment preparati kompleksini ishlab chiqmaguncha turli xil proteazalardan foydalanilgan. Proteaza komponenti sababli xamir birmuncha yopishqoqroq, gemiselluloza sababli esa yanada kamroq yopishqoq va bir jinsliligiga olib keldi. Ikkala preparat komponentlarining birgalikda qo’llanilishi natijasida xamir tarkibidagi suvning miqdorini 15%gacha pasaytirish mumkin. 100g unga Veron® W preparatning tavsiya etiladigan miqdori Ukrainada 20-50g ni tashkil etadi. Emulsiyaga uning tayyorlanish davrida solinadi. Vafli tayyorlash texnologiyasi esa o’zgarmasdan qoladi.
KREKER VA PECHENYE ISHLAB CHIQARISH SANOATIDA PREPARATLAR.
Turli xil ko’rinishdagi pechenye va krekerlar uchun kamroq miqdorda kleykovina saqlovchi undan foydalangan eng yaxshi variant hisoblanadi. Bunday undan tayyorlangan xamir mahsulotlari pishish davrida deformatsiyalanmaydi. Proteazalarning qo’shilishi natijasida esa kuchliroq undan foydalanish mumkin, tayyor mahsulotlar yuzasi silliq, g’ichirlashi yoqimli, va bir xil rangli bo’lib chiqadi. Bunday tekis qirrali, bir xil o’lchamli va massali mahsulotlar o’ramli mahsulot ishlab chiqarish uchun zaruriy shart hisoblanadi. Bunday proteazalar o’tkir zaharlilik xususiyatiga egaligi uchun allaqachon ko’pchilik mamlakatlarda foydalanish taqiqlab qo’yilgan natriy metabisulfat o’rnini olishlari mumkin. AB Enzymes kompaniyasi bunday preparatlarning butun bir guruhini ishlab chiqardi: kukunsimon Veron® P , Veron® HPP , Veron® S 50 , va suyuqlik ko’rinishidagi Veron® L10.
Shuningdek, ishlab chiqarishda yuqorida ta’kidlab o’tilgan Veron® W preparatidan ham foydalanishimiz mumkin. Gemisellulozaning qo’llanilishi, masalan ksilanaza Veron® 393 orqali kamroq qattiqlikka ega bo’lgan xamir olish mumkin va retseptdagi suvning miqdori ham kamayadi. Xamirturush usulida kreker ishlab chiqarishda qo’ziqorin amilazasi, masalan, Veron® 2000 yoki Veron® M4 dan foydalangan ma’qulroq, chunki bu preparatlar oshirilgan xamirning tezroq yetilishi va tayyor mahsulotlar sifatini yaxshilashda juda muhim. Ksilanaza va transglutaminaza preparatlari kompleksi- Veron® HF suli pechenyesi ishlab chiqarishda foydalaniladi. Bu modda xamirni stabillashtirib turadi, tayyor mahsulotga yaxshi forma beradi, yuqoridagi fermentlarning kreker ishlab chiqarishda 100g unga nisbatan qo’llanilish dozasi: Veron® P - 100-500 g; Veron® L10 - 40-80 g; Veron® W - 60-200 g; Veron® HPP - 5-15 g; Veron® S 50 - 5-20g, Veron® 393 - 3-5 g, Veron® 2000 - 5-10 g, Veron® M4 - 0,2-1 g ,Veron® HF - 5-15g ni tashkil etadi. Preparatlar komponentlarni aralashtirish jarayonida solinadi.

Download 28,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish