Loyihalashning bosqichliligi. Ko‘chmas mulk ob’yektlarining individual xususiyatlariga bog‘liq, ularning qurilishi bo‘yicha loyiha hujjatlari bir yoki ikki bosqichda ishlab chiqiladi.
Ikki bosqichli loyihalashda qurilish qiymatining umumiy smeta hisob–kitoblari bilan texnik loyiha va smetalar bilan birga ishlab chiqilgan ishchi hujjatlar (IH) yirik va murakkab tavsifga ega bo‘lgan korxona, bino va inshootlar majmualari va yakka tartibdagi individual loyihalash ob’yektlari uchun ishlab chiqiladi.
Innovatsion loyihalar, ya’ni chet el moliyalash institutlari (JB, ORB, va (yoki) ichki fondlar (Yo‘l fondi, .....) sarmoyalari hisobidan quriladigan ob’yektlar O‘zR VMning 110-son qaroriga muvofiq uch bosqichli ham bo‘lishi mumkin. Bunda TIA ikki bosqichda tuziladi, dastlabki (DTIA) va tom ma’noda TIA. Ularning tuzilishida loyiha rentabelligi, sarmoyalarning qaytarilishi, qatnashchilar ulushi va moliyalash sxemalari muhim o‘rin tutadi. Bunday loyihalarni ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish (Davarxitektqurilish, Iqtisodiyot, Moliya va Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo Vazirliklari, Davlat tabiat va atrof muhitni asrash Qo‘mitasi, Milliy Bank tomonidan) va tasdiqlash tartibi xalqaro qoidalarga moslashtirilgan. Bir bosqichli loyihalash (qurilish qiymati umumiy smeta hisob–kitoblari va smetalar bilan birga ishchi loyiha (IL) yoki ishchi hujjatlar (IX) texnik jihatdan sodda hamda takror qo‘llanadigan namunaviy loyihalar bo‘yicha bino va inshootlar qurilishi uchun tuziladi.
Ko‘pgina hollarda qurilish amaliyotida Loyiha (ikki bosqichli loyihalash) bilan birga qurilishning texnik–iqtisodiy asoslanishi (TIA), bir bosqichli loyihalashda–ishchi hujjatlarning (IX) tasdiqlanadigan qismi ishlab chiqiladi. Hujjatlar tarkibi loyiha tashkilotining texnik kengashida buyurtmachi va investor ishtirokida qarab chiqish uchun yetarli bo‘lishi talab etiladi. Navbatdagi bosqichda hujjatlar ekologik va davlat miqyosidagi idoralardan tashqari ekspertiza tomonidan ijobiy xulosalar berilgan holatda, hududiy me’morchilik boshqarmasida, davlat axamiyatiga ega loyihalar esa VM tomonidan tasdiqlanadi. Shunday qilib, uchinchi bosqichda Loyiha hujjatlarining nazorat qiluvchi pog‘onalar (SES, Davlatyong‘innazorati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV), foydalanuvchi tashkilot, Yo‘l harakati havfsizligi davlat inspeksiyasi (YHXDI) bilan kelishuv va ekspertizadan o‘tkazish amalga oshiriladi. Investitsiya tasdiqlanganidan keyin barcha hujjatlar mahalliy Me’morchilik qurilish nazorati (DAQN) inspeksiyasiga qurilish uchun ruxsat berish rasmiy qayddan o‘tkazish uchun taqdim etiladi. Manfaatdor tashkilotlar bilan kelishuvlar va davlat ekspertizasidan o‘tkazilganidan keyin, loyiha–qurish hujjatlari tasdiqlash uchun investor yoki buyurtmachiga uzatiladi. Ijobiy natijalar qayd qilinishida yechimlar tegishli qaror, buyruq yoki topshiriqlar tarzida rasmiylashtiriladi. Ekspertizadan ijobiy xulosalar olinganidan keyin, ishchi hujjatlar (IH) ishlab chiqiladi yoki ishchi loyihani (IL) ishlab chiqish bo‘yicha ishlar tugallanadi. Texnik va ekologik jihatdan murakkab tavsifli ob’yektlar uchun va shuningdek, alohida tabiiy–iqlim sharoitlarida amalga oshiriladigan qurilishlarda hujjatlarni tasdiqlash davomida Investor va Buyurtmachi mahalliy boshqaruv organlari tomonidan ruxsat olish bilan birga, loyihaning qarab chiqilishi va ishchi hujjatlarning ishlab chiqilishi mumkin va bunda alohida topshiriqlar, bo‘limlar va masalalar bo‘yicha qo‘shimcha qismlar ishlab chiqilishi asosida qurilish amalga oshirilishi mumkin. Ishchi hujjatlarning yoki ishchi loyihaning har bir bo‘limi sahifaning «Umumiy ma’lumotlar» ko‘rinishida boshlanishi belgilanib, bunda asosiy majmuaning chizma hujjatlari joylashtiriladi. Shuningdek foydalaniluvchi va tavsiya qilingan namunaviy loyiha yechimlari va hujjatlari ko‘rsatilib, bitirilgandan keyin yashirin (er osti qismi, armaturani joylashtirish, namlikdan saqlash qatlamlari va sh.k.) ishlar uchun akt hujjatlarini tuzish bo‘yicha ishlar ro‘yxati keltiriladi, ishlarni bajarish tartibi bo‘yicha qisqacha izohlar beriladi, aralash tavsifli hujjatlashtirish bo‘limlarini ishlab chiqish bilan birga me’yoriy– nazorat va kelishuvlarning o‘tkazilgani haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |