Mundarija kirish 1-bob. Qurilishda muhandislik tadqiqotlari va loyihalash


-BOB. QURILISHDA MUHANDISLIK TADQIQOTLARI VA LOYIHALASH



Download 1,06 Mb.
bet2/11
Sana12.07.2022
Hajmi1,06 Mb.
#778612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
qurilish

1-BOB. QURILISHDA MUHANDISLIK TADQIQOTLARI VA LOYIHALASH
1.1. Umumiy qoidalar
Loyihalash – bu biror loyihani amalga oshirish davrlari ichida birinchi tashkiliy texnik davrning jiddiy ma’suliyatli bosqichi va jarayoni hisoblanadi. Investitsiyalar samaradorligini oshirishda asosiy rol unga tegishli.
Fan va texnologiyalar rivojlanishi bilan loyihalash yechimlari murakkablashishi va mos ravishda, bu ishlar ahamiyati ortishi qayd qilinadi.
Loyiha sifati qurilishning texnik–iqtisodiy jihatdan ko‘rsatkichlarini belgilab berib, shuningdek qurilayotgan korxonalar, bino yoki inshootlardan foydalanishga oid ko‘rsatkichlar, aynan loyihalashning sifatiga bog‘liq hisoblanadi. Loyihalashning me’morchilikka oid jihatlari yangi qurilishlar, jumladan, turar–joy uylari, fuqarolik maqsadlarida foydalanishga mo‘ljallangan binolar, zavod va fabrikalar, shuningdek shahar va qishloqlarimizning tashqi qiyofasini va estetik jihatdan go‘zalligini belgilab beradi.
Loyiha – o‘z tarkibida qurilajak korxona (ishlab chiqarish) texnologiyasi va qurilmalari bo‘yicha yechimlar, binolarning me’morchilik va konstruktiv yechimlari, ishchi chizmalari, iqtisodiy–texnik hisob–kitoblar va asoslashlar, smetalar va zaruriy izohlarga ega bo‘lgan, grafik va matn tavsifidagi hujjatlar majmuasi hisoblanadi.
Foydalanishga oid belgilariga ko‘ra, yakka tartibdagi (individual), takroriy qo‘llanadigan va namunaviy loyihalar o‘zaro farqlanadi. Ommaviy tavsifdagi qurilish ob’yektlari, o‘z navbatida namunaviy loyihalar asosida quriladi. Takroriy foydalaniladigan loyihalar yakka tartibdagi, nisbatan muvaffaqiyatli loyiha sifatida o‘rin tutadi. Bu ko‘rinishdagi loyihalarning ko‘p marta qo‘llanishi namunaviy yechimlar yetarli yoki mavjud bo‘lmagan sharoitda muhim hisoblanadi.
Namunaviy loyiha yoki ommaviy tavsifda foydalaniladigan loyiha (NL) – qurilishda ko‘p marta takror foydalanish uchun tegishli tartibda tasdiqlangan, korxonalar, bino va inshootlarning loyihalash tafsirlari bo‘yicha asosiy parametrlari va mo‘ljallanilishi o‘xshash holatlarda qo‘llanadigan loyiha turi.
Namunaviy loyihalash – taraqqiy etgan texnologiyalar; hajmiy – rejalashtirish va konstruksiyalarga oid yechimlar; xalq xo‘jaligi nuqtai nazaridan maksimal samaradorlikka erishish maqsadida va ijtimoiy rivojlanish vazifalarini hal qilishga qaratilgan yo‘nalishlarda atrof–muhitni muhofaza qilish shartlariga amal qilgan holda ishlab chiqarishni boshqarish uslublarini tanlab olish va tatbiq etishning asosiy vositasi hisoblanadi. Namunaviy loyihalash qurilish muddatlarini ancha qisqartirish, loyihalash ishlarining qiymati va murakkablik darajasini kamaytirish imkonini beradi. Namunaviy loyihalash qo‘llangan qurilishda qiymat, mehnat va moddiy sarf–xarajatlar, qurilish muddatlari inshootlarni qurishda yakka tartibdagi loyihalashga nisbatan kam qiymatga ega bo‘lishi qayd etiladi. Namunaviy loyihalashning uslubiy asoslari hajmiy–rejalashtirishga oid parametrlarning unifikatsiyalanishi (bir xillashtirilishi), ushbu asosda qurilish konstruksiyalari va tugunlarning turlarga bo‘linishi (tipizatsiya) bilan bog‘liq hisoblanadi. Shunday qilib, turlarga ajratib loyihalash namunaviy yechimlar to‘plamini yaratishga imkon yaratadi va u qurilishning industriallashtirish asos bo‘ladigan boshlang‘ich belgisi hisoblanadi.Ishlab chiqarish mahsulotini industrial yaratilishi rentabelligiga faqat ommaviy ishlab chiqarish sharoitidagina erishish mumkin, ammo bu holni o‘lchamlar cheklanishini belgilab beruvchi turlarga bo‘lmay amalga oshirish mumkin emas. Hozirgi vaqtda barcha temirbeton konstruksiyalarning 80%dan ortiq qismi namunaviy loyihalash asosida ishlab chiqarilib, bu holat ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkonini beradi. Turlarga ajratilgan yechimlar sifati va tejamkorligiga kompyuterlardan foydalanib, ko‘p variantli yechimlar asosida erishiladi. Eksperimental loyihalash va qurilish kelgusida namunaviy tavsifli bo‘lishi nazarda tutilib, yangi yechimlarni har tomonlama tekshirib ko‘rish asosida tajribadan o‘tkazish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda yangi materiallar, konstruksiyalar, tugunlar (tarmoqlar), rejalashtirish yechimlari, bino va inshootlarning yangi turlari, qurilish prinsiplari va qurilishni tashkil qilish uslublari tekshirib ko‘riladi. Loyihalash ishlari samaradorligini oshirishga hajmiy – rejalashtirish yechimlarining unifikatsiyalanishi, namunaviy konstruksiyalar va tugunlarning ishlab chiqilishi, korxonalar, bino va inshotlarning namunaviy loyihalari (NL), shuningdek ularning alohida seksiyalari, tugunlari loyihalarini ishlab chiqish asosida erishilib, bu hol ma’lum aniq ob’yektlarni mavjud qator loyihalar asosida, ko‘proq muvofiq keladigan va nisbatan murakkab bo‘lmagan tarzda amalga oshirish imkonini beradigan variantlarni tanlab olish asosida loyihalash amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda qurilish sohasida tarkibida mingdan ortiq nomdagi loyihalarni qamrab olgan namunaviy loyihalar fondi mavjud. Ko‘plab loyihalar bir nechta variantlarda bajarilib, bunda qurilishning mahalliy shart – sharoitlari: jumladan, iqlim, tuproq qatlami sharoitlari, talab qilingan quvvat, ishlab chiqariluvchi konstruksiyalar nomenklaturasi va boshqa holatlar hisobga olinishi kuzatiladi. Namunaviy loyihalashdan tashqari, namunaviy tugunlar va alohida qismlarning ishchi chizmalari albomi mavjud bo‘lib, yakka tartibdagi loyihalarni ishlab chiqishda tegishli namunaviy albomlarga muvofiq tarzda, alohida qismlar chizmalari ishlab chiqish bilan birga montaj sxemalarini cheklash imkoni tug‘iladi.



Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish