Ozodalikni ta’minlash Xonalarni ozoda tutish tartibi va kunlik tozalash
“Parviz and Muhammad” mehmonxonasida sayyohlar 12:00 da ro’yxatdan
chiqariladi, 14:00 da esa qabul qilinadi. Keyingi mehmon qabul qilinishigacha ikki soat vaqt mobaynida mehmon kelishi rejalashtirilgan xonalar umumiy tozalanadi, bu uchun oqsochga 40 daqiqa vaqt beriladi. Oqsochlar ish vaqti 8:00 dan boshlanadi.Xonalar 2 xil tartibda tozalaniladi, ular service hamda generalka deb nomlanadi. Generalka tozlashda xona mehmon ketgandan keyin xona butunlay tozalanadi. Jami 30 daqiqa vaqt ajratiladi. Unda avvalo nomerning havosi almashtiriladi, keyinchalik krovatni yig’ishtirib uning choyshablari almashtiriladi, undan so’ng xona ichidagi dush va hojatxona tozalanadi, xona changlari artiladi, xona pilisos qilib chiqiladi. Service mijoz yashab turgan nomerrni yengil yig`ishtirish hisoblanadi. Unda mehmonning ashyolari xavfsizligi daxlsiz bo`lishi shart. Tozalash ishlarini quyidagi ketma-ketlikda bajarish maqsadga muvofuqdir: yostiq, ustki ko‘rpa (odeyalo) va choyshab (prostinya) olinib, stulga qo‘yiladi. Perinka shamollatiladi. zarur bo‘lsa, choyshab almashtiriladi. Prostinya uchlari krovat ichki tomoniga shunday qatlanadiki, pastki ko‘rpa (matras) ko‘rinmasin. Keyin ustki ko‘rpa choyshabga solinib ikki tomoni shunday qatlanadiki, choyshabning o‘rta ochiq joyi krovatning markaziy qismiga joylashsin. So‘ngra yostiqlar yaxshilab “uriladi”. Choyshablar yaxshilab yuvilib, dazmollangan bo‘lishi zarur.Yana bir muhim qoida, choyshab almashtirishni mehmon oldida bajarmaslik, mehmonga tozalanmagan nomerga narsalarni qo‘yishga ruxsat bermaslik kerak. Mehmonxona choyshablarini yuvish mehmonxonaning o‘zida amalga oshiriladi. Choyshablarga e’tiborli bo‘lish talab etiladi. O‘z vaqtida yuvish, ta’mirlash va ehtiyotkorlik bilan foydalangan choyshab uzoq muddatgacha ishlatilishi mumkin.Nomerda krovat yig‘ishtirilgandan so‘ng xona bekasi ish stolini yig‘ishtirishni boshlaydi. Stolda teginish va ko‘rib chiqish mumkin bo‘lmagan qo‘lyozmalar, ishchi qog‘ozlar, kitoblar yotgan bo‘lishi mumkin. Agar stol yuzasi
19
plastikdan bo‘lsa, uni nam latta bilan , polirovka bo‘lsa yumshoq vetosh bilan artadi. Ba’zida stollar oynali ham bo‘ladi. Oyna doimo toza va yarqirab turishi kerak. Buning uchun xona bekasi maxsus tozalash vositalaridan foydalanishi zarur. Kuldonni (pepelnitsa) tozalayotganda u yerda begona predmetlar yo‘qligini tekshirish kerak. Keyin nam latta bilan telefon, stol lampasi, quruq latta bilan esa, kitob, jurnallar, televizor artiladi. Stol tortmalarini ham diqqat bilan ko‘zdan kechirib, changdan tozalash lozim. Nuqson topilganda usta chaqiriladi (singan, yaxshi yopilmaydi).So‘ngra xona bekasi gilam, gilamchalar, pardalar, yumshoq mebellarni tozalashga o‘tadi.Pol va devordagi changlarni changyutgich yordamida tozalaydi. Bunda changyutgichning maxsus qurilmalaridan (nasadka) foydalaniladi. Masalan: mebel uchun vorsli shyotka, mebel burchaklari uchun yoriqli (shelevaya) qurilmasidan, dropirovka pol va patalokdagi changlarni tozalash uchun uzun yumshoq vorsli shyotkadan foydalaniladi.
Kiyim shkaflarining havosi har kun almashtiriladi va veshelkalar soni kiyimga yetarli ekanligi tekshiriladi.Nomerda hamma vaqt kiyim va poyafzal tozalash uchun maxsus shyotka turishi shart.
Tozalash ishlari tugagandan so‘ng texnik vositalar – rozetka, vilka, telefon, televizor, muzlatgich, radioapparat, lampalar sozligi tekshiriladi. Nosozlik aniqlanganda gornichniy darhol katta gornichniy yoki qavat bo‘yicha navbatchiga xabar berishi kerak.
Umumiy foydalanish joylari, ya’ni vestibyull, xoll, yo‘lak(koridor), kiyim yechish xonasi(garderob), administratsiya, bo‘limlar xonasi, zinalar, dam olish joylari va ommaviy tadbirlarni o‘tkazish joylarini tozalashning asosiy xususiyati tashrif buyuruvchilar sonining ko‘pligigadir. Umumiy foydalanish joylarini asosiy tozalash vaqti ertalab barvaqt, kechqurun kechroq yoki kechasi. Kun davomida bu joylar faqat ifloslangandagina tozalanadi.
Xizmatchilarning etikasi (kiyinish, xonalarga chiqish tartibi) “Parviz and Muhammad” uy mehmonxonasi har bir mijozni qaysi xodim bo’lishidan qatiy nazar doim ochiq yuz va yaxshi kayfiyat bilan kutib olinadi. Xodim o’z tashvish va muammolarini ishdan tashqari vaqtda hal qilishi, uningkayfiyati ishga salbiy ta’sir
20
ko’rsatmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |