Maktabgacha ta’lim muassasasi
|
Tajriba guruhi
| Nazorat guruhi |
Jami tarbiya-chilar soni
|
гуруҳ
|
Tarbiyalanuvchilar soni
|
guruh
|
Tarbiyalanuvchilar
soni
|
1
|
4
|
3а
|
31
|
3в
|
31
|
62
|
2
|
4
|
4а
|
30
|
4в
|
30
|
60
|
|
Jami
|
2 ta
|
61
|
2 ta
|
61
|
122
|
Tajriba-sinov ishlarini boshlashdan avval biz tarbiyalanuvchilarda umuminsoniy qadriyatlari qay darajada ekanligini aniqlash maqsadida sinov o‘tkazdik. Sinov natijalari quyidagicha bo‘ldi.
Jadval-2
|
Maktabgacha ta’lim muassasasi
|
Tajriba guruhi
| Nazorat guruhi |
Jami o‘qituv
chilar soni
|
Guruh
|
Past
|
O‘rta
|
Yuqori
|
Jami
|
Guruh
|
Past
|
O‘rta
|
Yuqori
|
Jami
|
1
|
4
|
3 а
|
11
|
15
|
5
|
31
|
3 в
|
10
|
14
|
7
|
31
|
62
|
2
|
4
|
4 а
|
10
|
16
|
4
|
30
|
4 в
|
10
|
12
|
8
|
30
|
60
|
|
Jami
|
2 та
|
21
|
31
|
9
|
61
|
2 та
|
20
|
26
|
15
|
61
|
122
|
Tajriba guruhi tanlagan guruh Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning mashg‘ulotda, guruhdan va maktabgacha ta’lim muassasasidan tashqarida umuminsoniy qadriyatlar g‘oyasidan olgan bilimlari o‘rganiladi. Ularga vatanparvarlik, mehnatsevarlik, hallolik, poklik, soflik, sadoqat kabi ezgu g‘oyalarni singdirish holatlari kuzatildi. Bir oylik suhbat, kuzatish va tajriba natijalari quyidagicha bo‘ldi.
Jadval-3
|
Maktabgacha ta’lim muassasasi
|
Tajriba guruhi
| Nazorat guruhi |
Jami o‘qituv
chilar soni
|
Guruh
|
Past
|
O‘rta
|
Yuqori
|
Jami
|
Guruh
|
Past
|
O‘rta
|
Yuqori
|
Jami
|
1
|
4
|
3 а
|
6
|
15
|
10
|
31
|
3 в
|
9
|
14
|
8
|
31
|
62
|
2
|
4
|
4 а
|
5
|
17
|
8
|
30
|
4 в
|
8
|
12
|
10
|
30
|
60
|
|
Jami
|
2 ta
|
11
|
32
|
18
|
61
|
2 та
|
17
|
26
|
18
|
61
|
122
|
Bu ko‘rsatkichlarni foiz hisobida ko‘rsatsak.
Jadval-4
|
Mak-tab
|
Tajriba guruhi
| Nazorat guruhi |
Jami o‘qituv
chilar soni
|
Guruh
|
Past
|
O‘rta
|
Yuqori
|
Jami
|
Guruh
|
Past
|
O‘rta
|
Yuqori
|
Jami
|
1
|
4
|
3 а
|
1,9%
|
4,8%
|
3,3%
|
10%
|
3 в
|
2,9%
|
4,5%
|
2,6%
|
10%
|
62
|
2
|
4
|
4 а
|
1,7%
|
5,6%
|
2,7%
|
10%
|
4 в
|
2,7%
|
4 %
|
3,3%
|
10%
|
60
|
|
JJami
|
2 ta
|
3,6%
|
10,4%
|
6,0%
|
20%
|
2 та
|
5,6%
|
8,5%
|
5,9%
|
20%
|
122
|
Tajriba-sinov ishlari shuni ko‘rsatadiki, tarbiyalanuvchida milliy va umumbashariy qadriyatlarin shakllantirish uchun albatta, har bir mashg‘ulot mavzusidan kelib chiqqan holda ularga ta’lim berish bilan birga biror ijobiy hislat haqida ma’lumot berish va tarbiyalanuvchini bu hislatga ega bo‘lishini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Xulosa va metodik tavsiyalar
Mustaqil O‘zbekistonimizni kelajak istiqbolini belgilab berish, uni dunyo hamjamiyatdagi o‘rni va nufuzini yuksaltirish so‘zsiz bugungi kun yosh avlodga bog‘liq. Ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalash bu yuksak orzular sari bir qadam desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Shunday ekan, katta guruh tarbiyalanuvchilarida umuminsoniy qadriyatlarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Chunki umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish jarayonida Vatan va uning tarixi, millat qadr-qimmati, boy o‘tmish madaniy merosimiz, odob –axloq masalalari, xalqimizning milliy urf-odatlari, buyuk allomalar va ularning boy adabiy meroslari keng miqiyosida o‘rganiladi.
Ilmiy tadqiqot ishida katta guruh tarbiyalanuvchilarida umuminsoniy qadriyatlarini shakllantirishning asoslari ishlab chiqildi. Mashg‘ulotda va mashg‘ulotdan tashqari mashg‘ulotlarda umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilgan.
Mashg‘ulot mashg‘ulotlarida Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalashning tashkiliy-uslubiy yo‘nalishlari ishlab chiqilgan. 1-4 guruhlarning o‘qish mashg‘ulotligiga kiritilgan XIX asr shoir va yozuvchilarining ijod namunalari ham ma’naviy barkamollik manbai ekanligi ta’kidlab o‘tilgan.
Bu borada, katta guruhlarda umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishda ijodkor, bilimdon tarbiyachilarning o‘rni beqiyos ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi. Katta guruhlarda umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish tajribalari o‘rganiladi.
Boy tariximizga nazar tashlanib, donishmand ajdodlarimiz siymosida - ma’naviyatimizning asl durdonalari mavjudligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Tajriba-sinov ishlari natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, katta guruh Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalashda qo‘yidagilarga amal qilish lozim.
Boshlang‘ich ta’lim jarayonini aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli tashkil etish;
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlarini ruhda tarbiyalashning shakl va uslublarini ishlab chiqish;
Ilg‘or pedagogik texnologiyalarning eng zamonaviy usullaridan unumli foydalanish;
Tarbiyachining malakalarini oshirishni va o‘z ustida muntazam ishlashlarini ta’minlash.
Tadqiqot ishi natijasida qo‘yidagi xulosalarga keldik:
Katta guruh tarbiyalanuvchilarida umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishda boshlang‘ich ta’limning mazmun-mohiyati katta ahamiyatga ega.
Umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish asosida tarbiyalanuvchilarda ona vatanga muhabbat, muqaddas zaminga hurmat, milliy g‘urur, odob-axloq, do‘stga sadoqat, yuksak axloqiy fazilatlar shakllantiriladi. Bu esa mafkuramizning asosini tashkil qiladi.
Ta’lim tizimiga e’tibor kuchaytirilishi, kompyuterlardan, yangi pedagogik texnologiyalardan, boshlang‘ich ta’limning eng ilg‘or tajribalaridan unumli foydalanish zarur.
Ta’limni tarbiya bilan uzviy bog‘lab, guruhdan tashqari ishlarni ta’lim jaryoni bilan uzviy aloqada tashkil etish orqali tarbiyalanuvchilar ma’naviy dunyosini boyitish, mashg‘ulot samaradorligini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Olib borilgan tadqiqot ishimiz natijalariga asosan qo‘yidagi tavsiyalarni taqdim etish mumkin:
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni hayotga tadbiq etish ishlari davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biridir;
Vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat, millatiga sadoqat, milliy qadriyatlarga, an’analarga va ajdodlarga, xalqiga, ona-tabiatga iliq munosabat, milliy odob hamda qoidalarga rioya qilish singari hislatlarni shakllantiruvchi uslubiy majmualar yaratish;
Respublikamizda katta guruh tarbiyalanuvchilariga ma’naviy-axloqiy tarbiya berishda sog‘lom muhit ustivorligiga erishish;
Ta’lim va tarbiyaning uzuluksizligiga ahamiyat berish;
Ta’lim va tarbiya jarayonida bola ruhiyatini tarbiyalash;
Ta’lim jarayonida tarbiya samardorligini va ta’lim qudratini oshirish;
Ta’lim-tarbiyani dunyoviy tasnifda shakllantirish;
Vatan ravnaqi yo‘lida halol va fidokorana mehnat qilish ruhida tarbiyalash.;
Mehnat faxriylari va ilg‘orlari, ilm-fan xodimlari, ijodkorlar, priu badvalat qariyalar bilan uchrashuvlar tashkil etish;
Suhbat, munozara, ma’ruzalar, ertaliklar, musoboqalar uyushtirish, xalq og‘zaki ijodi namunalari hamda bolalar ongini o‘stiruvchi asarlardan foydalanish;
Boshlang‘ich ta’lim fanlari mazmuniga milliy va umumbashariy qadriyatlarni singdirish;
Tarbiyalanuvchilarda umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan ilg‘or pedagogik texnologiyalarni zamonaviy usullari topish va uni amaliyotga joriy etish;
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalashda umuminsoniy, milliy ma’naviy qadriyatlar, o‘zbek xalqning urf-odatlaridan foydalanish;
Mashg‘ulotlar jaryonida tarbiyalanuvchilarda umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishda maktabgacha ta’lim muassasasi, oila va jamoatchilikning birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Katta guruh tarbiyalanuvchilarida umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish mazmuni, ish shakllari va uslublarini belgilab beruvchi pedagogik prinsiplar, ya’ni tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog‘liqligi, jamoada tarbiyalash va jamoaga suyanib ish ko‘rish, Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlarini hisobga olish, tarbiya jarayonining yaxlitligi, tarbiyaviy ta’sirlarning birligiga erishish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov «Buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zamini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish» ga davlat etadi.
Bu dastlab kichik yoshdagi bolalar qalbini munavvar etish uning ruhini sog‘lomlashtirish, axloqan pok bo‘lishiga erishish orqali amalga oshiriladi va ularni buyuk maqsadlar sari intilishga o‘rgatadi.
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida olib borilgan kuzatish ishlari va pedagogik tajribalarimizni xulosa qilib, shuni aytish kerakki, Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalashda quyidagilarni tavsiya qilamiz.
Mashg‘ulotlarda yozuvchilarni tarjimai holi va asarlarini o‘rganishda umuminsoniy qadriyatlariga oid savollar, muammolar qo‘yish yo‘li bilan mashg‘ulot jarayonini tashkil qilish.
Tarbiyalanuvchilarga mashg‘ulotlarni o‘tgach, ulardan ongimizni boyitishga xizmat qiladigan, tarbiyalanuvchiga ma’naviy oziqa beradigan misollarni topib kelishni vazifa sifatida topshirish.
Har bir mashg‘ulot o‘tilayotganda tarbiyalanuvchini umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalashga ta’sir etuvchi misollarni topishga o‘rgatib borish.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalashga doir mavzular asosida savollar tuzishga o‘rgatish.
Mashg‘ulot jaryonida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalashga doir ko‘rgazmalar, texnik vositalar va adabiyotlardan foydalanish.
Mashg‘ulot jaryonida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalashda ularni oldindan shunga tayyor turishlariga erishish.
Har bir mashg‘ulotda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalashga xizmat qiladigan asar qahramonlari, ularning ma’naviy qiyofalarini ochib beruvchi qisqa suhbatlar o‘tkazib borish.
Umuminsoniy qadriyatlarning mazmuni va mohiyatini tarbiyalanuvchilarga chuqur tushuntirish.
Katta guruhlarni umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalashga erishilsa, ularni tabiatga nisbatan qarashlari o‘zgaradi. Ular o‘z atrofida sodir bo‘layotgan voqealarga ongli munosabatda bo‘ladi, ularni tahlil qiladi, kerak bo‘lsa xulosalar chiqaradi.
Mavzularni o‘rganish jarayonida tarbiyalanuvchining so‘z boyligini oshirish, erkin va mustaqil fikr yuritish, ifodali va ravon so‘zlash ham uning ma’naviyatining bir bo‘lagi ekanligi singdiriladi.
Mavzular bilan bog‘langan holda o‘z xududlaridagi tarixiy obidalar, urush faxriylari, mehnat faxriylari bilan tanishtirlib, ular bilan suhbatlar uyushtirilib tarbiyalanuvchining ma’naviy dunyosi boyitiladi.
Biz bugungi kunda mustaqillik tufayli yangi jamiyat barpo etdik.
Bu jamiyatning kelajagi istiqboli shubhasiz, bugungi kun yoshlarining qo‘lida. Shu bois biz o‘z ishmizga mas’uliyat bilan yondashib, ham jismonan, ham ma’nan sog‘lom avlodni shakllantirishga erishishimiz zarur.
Bugungi kunda ushbu muammoni hal etish uchun amalga oshirish zarur bo‘lgan vazifalar:
Ma’naviy-barkamol yoshlarni tarbiyalashda xalq og‘aki ijodi, milliy urf-odat va an’analar, diniy ta’limotlar, buyuk mutafakkirlarimizning asarlari, xalqimizning serqirra va mushtarak madaniyatini o‘rganish;
Boshlang‘ich ta’lim jarayonini takomillashtirish, katta guruh tarbiyachilar jamoasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasasida sog‘lom ma’naviy muhit yaratish, katta guruhlar tarbiyachilari uslub kengashi ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, nazoratni kuchaytirish;
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni mustaqil va erkin fikr yuritishga o‘rgatish, ularda xalqimizning ahillik, tenglik, adolat, saxiylik, hurmat, vatanparvarlik, insoniylik mafkuramizning nozik tomonlarini shakllantirish;
Maktabgacha ta’lim muassasasida turli xil tadbirlarni o‘tkazish, ularga barcha maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni jalb qilish, maktabgacha ta’lim muassasasi, oila va jamoatchilik hamkorligini mustahkamlash - yosh avlodni ma’naviy barkamol shaxs sifatida kamol topishida muhim omillardan bo‘lib hisoblanadi. Ularda milliy va umumbashariy qadriyatlarni shakllantirish mas’uliyatini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |