Mundarija kiri sh



Download 231,5 Kb.
bet1/12
Sana11.07.2022
Hajmi231,5 Kb.
#776889
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalarni muhit taʼsirida tarbiyalash



«Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning pedagogik-psixologik aspektlari»
MUNDARIJA
K I R I Sh..............................................................................................................3


I BOB. MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI UMUMINSONIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1.1.Umuminsoniy qadriyatlarning mohiyati, jamiyatdagi o‘rnini pedagogika-psixologiyada o‘rganilishi……………………………………………………


1.2. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning prinsiplari va usullari……………………………………...11


II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI UMUMINSONIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK SHART – SHAROITLARI.
2.1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari………………………… 18
2.2. Tajriba- sinov natijalari............................................................................. 37
XULOSA VA METODIK TAVSIYALAR........................................... 51
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI...............................57
Kirish

Muammoning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurish va jahon hamjamiyati tomonidan rivojlangan davlat sifatida o‘rin olish vazifasi qo‘yildi. Albatta yurtimizda jahon talablariga mos keladigan, har tomonlama rivojlangan, o‘z kasbini puxta egallagan, vatanparvar fidoyi insonlarni tarbiyalab yetishtirishda ta’lim muassasalarida o‘qitishni yanada yuksak bosqichga ko‘tarish, uning tarbiya bilan uyg‘unligini ta’minlash katta ahamiyatga ega.


Shu sababli Prezidentimiz Islom Karimov ta’limdagi islohotlarga katta e’tibor bilan qaradi. “Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi, – degan edi yurtboshimiz, bizning o‘rta, o‘rta maxsus va oliy maktabgacha ta’lim muassasasilarimiz kasb mahorati va ma’naviy-ma’rifiy, umumbashariy jihatdan ana shunday zamonaviy sohalarda ishlaydigan yoshlarni tayyorlashga qodirmi ? Menimcha unchalik tayyor emas. Xalq ta’limi yangicha sharoitlarda o‘z ishini nihoyatda sekinlik bilan qayta qurmoqda. Jahon bozoridagi integratsiya, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot sur’atlari xalq ta’limining barcha bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlashni talab etmoqda. Binobarin, bu hol tarbiya, ta’lim, siyosiy va kasbiy tayyorgarlik masalalarini hal etishga kompleks yondashishni taqozo etmoqda”. Barkamol insonni tarbiyalashda umumbashariy qadriyatlarimiz, ma’naviyat sohasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun o‘tgan davr ichida mamlakatmiz rahbariyati tomonidan juda katta ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Jumladan 1994 yilda Prezidentimizning “Istiqlol va ma’naviyat” to‘plami chop etildi. 1994 yil 23 aprelda Prezident tomonidan “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi, oradan ikki yil o‘tgach, ya’ni 1996 yil 9 sentabrda “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Farmonlar e’lon qilindi.
1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX-sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da xalqimizning umumbashariy qadriyatlari, ma’naviyati masalasiga, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga juda katta ahamiyat berilgan. Shuningdek “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” dagi uzluksiz ta’limni isloh qilish yo‘nalishlarida “Milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va bo‘g‘inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy va ahloqiy fazilatlarini rivojlantirish” alohida belgilab qo‘yilgan. Bu hujjatlarga binoan Respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 1997 yildan boshlab barcha Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida “Ma’naviyat va ma’rifat asoslari” maxsus kursini o‘qitish to‘g‘risida Qaror qabul qilingan.
Ta’lim muassasalarida Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash masalasiga e’tibor berilayotgan bo‘lsada, bu borada o‘z yechimini kutayotgan muammolar talaygina. Tadqiqot ishlari, ilmiy izlanishlarda ko‘proq ta’limiy muammolar, yangicha o‘qitish texnologiyalari mavzulari ustida bahs yuritilmoqda. Aslida, Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash birinchi masala darajasiga olib chiqish, maqsadga muvofiqdir. Chunki jamiyat ravnaqi uchun faqat nazariy bilimlarga ega bo‘lgan, mexanik mashina singari vazifalarini bajaruvchi kasb egalari emas, balki, eng avvalo chuqur his-tuyg‘uli, yuksak ma’naviy- axloqiy fazilatlarga ega shaxslar zarur. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni mustaqil, erkin faoliyati orqali axloqiy fazilatlarni tarkib toptirish bilangina bunday shaxsni Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlarilash mumkin.
Mustaqillik sharofati bilan milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analarimiz, axloq-odob, madaniyatimiz qayta tiklanib, ta’lim-Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari mazmunining asosiga aylandi. Zero, o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘z milliy qadriyatlarini, axloq-odob madaniyatini o‘zlashtirishi va ularga hurmat bilan qarashi lozim. Shundagina u o‘z yurtining haqiqiy vakili degan ulug‘ unvonga ega bo‘ladi.
O‘zbek xalqi tarixan Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash sohasida o‘ziga xos dorulfunun yaratgan. Bu borada xalq pedagogikasi boy tajribaga ega. Bugungi kundagi Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash maqsad va vazifalarini hal etishda uning o‘rni beqiyosdir.
Keyingi yillarda Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash an’analariga oid muammolar yuzasidan ko‘plab tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tarbiyachi olimlarimiz tomonidan yaratilgan bir necha risola, qo‘llanma, ilmiy-tadqiqot ishlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. R.H.Jo‘rayev, P.Holmatov, Sh.Sharipov, B.Raximov, U.Nishonaliyev, N.Saidaxmedov, O‘.Tolipov, S.Nishonova, R.Safarovalarning tadqiqot ishlari shular jumlasidandir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning usul va vositalari muammosiga bag‘shlangan tadqiqot ishlari ko‘plab uchrasada, ammo ular asosan katta yoshdagi tarbiyalanuvchi va talabalar o‘rtasida ushbu muammoning yechimini topishga qaratilgan. Lekin, Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda qo‘llaniladigan usul va vositalar haqida yaxlit bir tadqiqot ishi qilingan deb bo‘lmaydi.
Qolaversa, keyingi yillarda Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashga nisbatan ta’limga e’tibor kuchayib bormoqda. Muammoning dolzarbligi, nazariy-pedagogik va amaliy holatidan kelib chiqib, biz bitiruv malakaviy ishimizning mavzusini “Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash” deb oldik.
Tadqiqot ishimizning maqsadi – Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashdan iboratdir.
Tadqiqot ishimizning obyektini – Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash tizimi, uning predmetini – Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash jarayonida qo‘llaniladigan samarali usul va vositalari etib oldik.
Muammoning dolzarbligi, maqsadi, obyekt va predmetidan kelib chiqqan holda tadqiqot ishimizning quyidagi vazifalarini belgilab oldik:
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning mazmuni, maqsad va vazifalarini aniqlash;
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning qo‘llaniladigan samarali usul va vositalarini tasniflash;
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning samarali usul va vositalari ta’sirida Maktabgacha ta’lim yoshidagi bola shaxsini aniqlash yo‘llarining pedagogik-psixologik shart-sharoitlarini nazariy va metodik jihatdan asoslash;
To‘plangan nazariy-metodik ma’lumotlar va tajriba-sinov natijalari asosida uslubiy tavsiyalari berish.
Tadqiqot ishimizning bazasi bo‘lib, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasigacha ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchilari xizmat qildi. Tajriba-sinov ishlarimizda 12 ta tarbiyachi va 59 ta tarbiyalanuvchilar ishtirok etdilar.
Tadqiqot ishimizning nazariy ahamiyati shundan iboratki, biz unda Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning maqsad va vazifalarini, uni amalga oshirishning samarali vosita va usullarini ochib beriladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashni uzviyligi, vositalarini tajriba-sinov ishlari natijalari bilan asosladik.
Belgilangan tadqiqot maqsadi va vazifalarini hal etish bitiruv malakaviy ishimizning mazmunini tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ish o‘z ичига кириш, ikki bob, uning to‘rt fasli, xulosa va metodik tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini oladi.

Download 231,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish