16- Mavzu Yosh futbolchilarning musobaqaga oid qobiliyatlarini mashg‘ulot
jarayonida takomillashtirish.
Reja:
1
. Yosh futbolchilarning musobaqaga oid qobiliyatlari.
2. Mashg‘ulot jarayonlari. Intellektini rivojlantirish.
Futbolchilarni o’rgatish va takomillashtirishning asosiy shakli mashg’ulot
hisoblanadi.
Futbol – jamoaviy o’yin, shuning uchun o’quv mashg’ulotlari asosan
jamoaviydir.
Mashg’ulotga qo’yiladigan talablar:
- mashg’ulotda qo’yilgan vazifa bajarilishi lozim;
- mashg’ulot intizom va mehnatsevarlikni tarbiyalashi lozim;
- mashg’ulotni shunday rejalashtirish kerakki, futbolchilar
harakat ko’nikmalari va sifatlarini ongli ravishda egallasinlar;
- mashg’ulot yagona o’quv- mashg’ulot jarayonining bo’limi
bo’lishi kerak;
Mashg’ulotning tuzulishi uch qisimdan iborat:
Mashg’ulot qisimlarining vazifalari:
- tayyorlov qism – organizmni asosiy ishga tayyorlash;
- asosiy qism tehnik usullarni o’rgatish va takomillashtirishga,
taktik harakatlarga, jismoniy sifatlarni rivojlantirishga, ruhiy tayyorgarlikni
va ahloqiy va irodaviy sifatlarni yahshilashga qaratilgan bo’lishi kerak;
- yakunlovchi qism organizmni mashg’ulotdan oldingi holatiga
keltirish lozim.
Mashg’ulot jarayonida uyidagi prinspga amal qilish maqsadga muvofiqdir:
- mashg’ulot yuklamasini (yuklamasini) sekin – asta oshirish,
barqarorlashtirish;
- bir meyorga yetkazish va kamaytirish.
Bunda organizmni ma’lum bir holatga keltiradigan mashqlararo dam olishlar
(pauzallar) muhimdir. Bu dam olishlar (pauzallar) soni va davomiyligi
yuklamalarni dozirovkalashga, mashqlarga o’zgartirishlar, hato va kamchililarni
to’g’rilashga va keyingi mashqni bajarish uchun fikrni jamlasjga imkon beradi.
Mashg’ulotlar o’zining maqsadi, vazifasi va uslubiyati bo’yicha kompleks
va tematik mashg’ulotlarga bo’linadi.
Kompleks mashg’ulot
Kompleks mashg’ulotlar yillik sikl mashg’ulotlarining hajmida birinchi
o’rinda turadi. Bu mashg’ulotlar barcha tayyorgarlik turlari rivojlantirishini
oshirish vazifalarini bajaradi.
Kompleks mashg’ulotlarda tayyorgarlik turlarining uyg’unligi:
- jismoniy, tehnik, taktik;
- jismoniy, tehnik;
- tehnik- taktik;
Tematik mashg’ulot
Tematik mashg’ulotlar yillik sikl mashg’ulotlarining umumiy hajmida
kamroq vaqtni qamrab oladi. Ammo ular tayyorgarlikning turli bosqichlarida o’z
orniga ega bo’lishi lozim:
a) jismoniy tayyorgarlik bo’yicha mashg’ulot. Mashg’ulot
mazmuni umumiy va mahsus jismoniy sifatlarni rivojlantirishga
qaratilgan mashqlardan iborat. Jismoniy tayyorgarlik
mashg’ulotlarining ko’p qismi tayyorlov davrida o’tkaziladi.
b) Tehnik tayyorgarlik bo’yicha mashg’ulotlar o’yinning
barcha tehnik usullarini o’ziga qamrab oladi. Tehnik elementlarga
o’rgatish va takomillashtirish bilan bog’liq mashg’ulotlar barcha
tayyorgarlik davrlarda olib boriladi.
c) taktil tayyorgarlik bo’yicha mashg’ulotlar individual,
guruhli va jamoaviy taktik harakatlarga o’rgatish va
takomillashtirishga yo’naltirilgan mashqlar yig’indisidan iborat
bo’ladi. Taktik tayyorgarlik bo’yicha mashg’ulotar tayyorlov davrida
(mahsus tayyorlov, musobaqa oldi) va musobaqa davrida o’tkaziladi.
Taktik tayyorgarlikka o’rgatish bosqichida mashg’ulotlar maydonda
harakat qilish va mashg’ulotning nazariy qismiga bog’liq hilma-hil
mashqlarni o’z ichiga oladi, ammo taktikani takomillashtirish u
uzluksiz o’yin tehnikasiga bog’liq mashqlardan iborat bo’ladi.
Shunday qilib, takomillashtirish bosqichida taktika bo’yicha
mashg’ulotda qiyin tehnik usullarni qo’llamasdan iloji yo’q, bundan
mashg’ulotni tehnik-taktik deb atash mumkin.
Futbolchilarda ko’nikma va malaka sport tayyorgarligi jarayonida hosil
qilinadi. Bunga esa mashqlarni qayta-qayta takrorlash orqali erishiladi, takroriylik,
o’z navbatida, butun a’zo va sistemalar faoliyatiga ta’sir etadi. Sport tayyorgarligi
– bu barcha omil (vosita, uslub, sharoit) lardan birgalikda izchil foydalanish bolib,
futbolchining sport muvaffaqiyatlariga erishishdagi tayyorgarligini ta’minlaydi.
Sport tayyorgarligining butun jarayonini shartli ravishda ta’lim va
mashg’ulotga bo’lish mumkin.
Ta’lim degada shug’ullanuvchilar bilim, malaka va ko’nikmalarining
muayyan sistemasining boshlang’ich bosqichini egallab olishini tushunish kerak.
Ta’limning asosiy mazmuni – o’yinning tehnik elementlarini, taktikadan oddiy
individual va guruh harakatlarini egallab olish, harakat malakalarini
shakllantirishdan iborat.
Mashg’ulot – bu olingan bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash va
takomillashtirishga qaratilgan tayyorgarlikning keyingi bosqichi. Mashgulotning
asosiy mazmuni- tehnik usullarni, taktikadan individual, guruh va jamoa
harakatlarini takomillashtirishdan, jismoniy, axloqiy va irodaviy hislatlarni
rivojlantirishdan iborat. Sport mashg’ulotchisi bu boshqarish uslubi asosida
sistemali tarzda sportchilarlar tayyorlashdir.
Ta’lim va mashg’ulot mahsus tashkil ko’p yillik yagona pedagog jarayon
deb qarash zarur. Ularni bir-biridan keskin suratda ajiratib bo’lmaydi, chunki
ta’lim bera turib, mashg’ulot qildiramiz va ayni chog’da mashg’ulot qildira turib
ta’lim beramiz. Ta’lim va mashg’ulotni tushuncha sifatida ajiratish tushuncha
sifatida o’quvmashg’ulot ishining o’ziga hos vazifalari borligini ravshanroq
aniqlash imkonini beradi. Futbolchi tayyorlashning turli bosqichida ta’lim va
mashg’ulotning salmog’i o’zgarib turadi.
Ta’lim va mashg’ulot jarayoni tarbiyaviy harakter kasb etishi darkor.
Shunga ko’ra o’quv-mashg’ulot mashg’ulotlariga katta talablar qo’yilmoqda.
Mashg’ulotlar shunday tartibda yurutilishi kerakki, bu mashg’ulotlar
shug’ullanuvchilarni yuksak dunyoqarashi ruhida tarbiyalasin va ularda uzviy
ravishda zarur malaka hamda ko’nikmalarni rivojlantirsin.
Ta’lim va mashg’ulot vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishi eng avvalo,
murabbiyning shahsiga bog’liq, chunki u oquv-mashg’ulot jarayonida markaziy
shahs hisoblanadi. Trener mahsus bilimlarini muntazam ravishda takomillashtirib,
g’oyaviy-siyosiy saviyasini oshirib borishi, ilm-fan va amaliyotdagi ta’lim va
mashg’ulot jarayonida joriy eta bilishi kerak.
Ko’p yillik mashg’ulotning barcha bosqichlarida tehnik usullar va taktik
harakatlarg o’rgatish jarayoni uzluksiz davom etadi. Maqsadga muvofiq tenikaning
barcha tomonlarini biomehanika qonunlaridan foydalanish asosida va
shug’ullanuvchilarning individual hususiyatlarini hisobga olgan holda puhta
o’zlashtirish o’yin faoliytining murakkab sharoitlarda tehnikaning muvoffaqyatli
qo’llanishini oldindan belgilab beradi. Mukammal o’yin ko’nikmalarining
shakllanishi yosh futbolchilarning yuqori darajadagi jismoniy tayyorgaligiga
asoslanadi. Yosh futbolchilarni o’qitish va ularning malakalarini takomillashtirish
bosqichlarida jismoniy tarbiyaning odatdagi uslublari: mashqlar, o’yin. Musobaqa
uslublari, ko’rsatmalilikni ta’minlash, og’izaki nutqdan foydalanish, hatolarni
tuzatish uslublaridan foydalaniladi. Barcha uslublar bir – biri bilan yaqindan
bog’liq holda qo’llanadi. Biroq ulardan foydalnishning foizli nisbati ko’pgina
omillarga: o’qitish bosqichi hamda vazifalariga, shug’ullanuvchilarning yosh va
individual hususiyatlariga, ularning tayyorgarlik darajasiga bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |