Mundarija: I kirish



Download 262,79 Kb.
bet1/10
Sana05.06.2022
Hajmi262,79 Kb.
#637868
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi iqtisod yangisi


Mundarija:



I Kirish………………………………….………………………………….

3

II Asosiy qism………………………………….………………….……….

5

2.1 Bozorning zarurligi………………………………….……………...….

5

2.2 Bozor infratuzilmasi………………………………….……………......

9

2.3 Bozor funksiyalari………………………………….……………..........

16

2.4 Bozorning tarkibiy tuzilishi va ko‘lami…………………………..........

22

III Xulosa………………………………….…………….............................

28

IV Foydalanilgan adabiyotlar………………………………….................

30


Kirish.
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo‘lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo‘llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir.
Eng avvalo, «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushunchalarining bir-biridan farqlanishini ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Chunki ko‘pincha bu ikki tushunchani bir xil ma’noda tushunish, ba’zi adabiyotlarda sinonim so‘zlar sifatida qo‘llash yoki ularni chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro‘y berishi natijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishining natijasi sifatida paydo bo‘ladi va bozor qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning hamma fazalarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va nihoyat iste’mol jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Bozor esa faqat bitta fazani, ya’ni ayirboshlash fazasini o‘z ichiga oladi.
Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o‘xshab ko‘rinadi, ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o‘ylashadi. Lekin uning ichki mazmuniga e‘tibor berilsa, u ko‘p qirrali bo‘lib, mazmuni o‘zgaruvchan ekanligini, turli davrlarda turli ma’noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo‘lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni degan mazmunni anglatgan.
Dastlab bozor ikki yoki bir necha qabilalarning a’zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo‘lgan bo‘lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning kelib chiqishi bilan alohida maydonlar ajratilib, «bozor joyi» deb e’lon qilingan shu maydonda kishilar oldi-sotdi qilishgan. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T-T ko‘rinishida, ya’ni bir tovarga boshqa tovarni ayirboshlash shaklida bo‘lib, o‘z tovarini boshqa tovarga ayirboshlashda vaqt va masofa bo‘lmagan, birdaniga bir vaqtning o‘zida o'sha joyda ayirboshlash sodir bo'lgan. Lekin tovar ayirboshlash rivojlanib, uning ziddiyatlari kuchayib borishi natijasida pulning kelib chiqishi bilan sotish va sotib olish ikki xil jarayonga bo'lingan va T-P-T ko‘rinishida bo'la boshlagan. Endi tovarni sotish T-P va sotib olish P-T zamon va makon jihatdan bir bo‘lmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o‘z tovarini bir joyda sotib pul qilib, boshqa vaqtda boshqa joyda kerakli tovarni sotib olishi mumkin. Pulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya'ni tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib iste'molchiga, bir joydan olib ikkinchi joyga sotish bilan shug'ullanadigan maxsus guruhlar paydo bo'ldi.
Mehnat taqsimoti chuqurlashib yana bir soha, savdo sohasi vu­judga keldi. Bu soha tovar pul harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste'molchi bilan ishlab chiqaruvchini bog'laydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste‘molchi ham bir-birlari bilan uchrashishi shart bo‘lmay qoldi. Ular savdogarlar-vositachilar orqali aloqa qilishlari mumkin bo‘lib qoldi. Endi bozor tushun- chasining mazmuni o‘zgarib, yangi ma’no kasb etadi, ya’ni tovar-pul muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bo‘la boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yangi o‘ziga xos muhim tovar - ishchi kuchining paydo bo'lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ish­chi kuchi ham bozor jarayoni orqali o‘tib, ishlab chiqarishga jalb etila boradigan, ularning bir-biriga o‘zaro ta’siri to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki bilvosita, bozor orqali sodir bo‘ladigan bo‘ldi.
Shunday qilib, hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarning ko‘p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan ta’sirini bog‘laydigan bo‘g‘in, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi.
Ushbu kurs ishini bajarish davomida shu kabi masalalar chuqur tahlil qilingan va shaxsiy fikr-mulohazalar bilan boyitilgan. Shuningdek, bozor tushunchasi, uning tuzlishi va funksiyalari haqida so‘z yuritilgan.



    1. Download 262,79 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish