Ota Darvoza
“Ichan qala” shaharning bosh darvozasi, shimoliy darvozadan boshlanadi, u eramizning XVII-XVIII asrlarida qurilgan bo‘lib xalq orasida Ota Darvoza deb yuritiladi.
Ota darvoza sizni eramizmizning XIX-asrida qurilgan Muhammad Amin-xon madrasasiga olib chiqadi. Madrasa xozirgi kunda mexmonxona vazifasini o‘taydi.
Kalta minor
Go‘zal tarixiy obida yonida eramizning 1855 yillariga oid qurilishi tugallanmagan moviy minora “Kalta minor” joylashgan. So‘ng siz Xon qarorgoxini, eski qo‘rg‘on, masjid, qabullar uyi, haram, zarbxona, qurol-yarog‘ ombori va xibsxona (zindon)ni o‘z ichiga olgan Ko‘xna arkni tomosha qilishingiz mumkin. Ko‘xna ark eramizning XII-XXI to‘liq kompleks sifatida shakllangan ammo uning haqiqiy yoshi Xivaning paydo bo‘lish davri bilan tenglashtiriladi. Eski shaharning butun go‘zalligini tomosha qilish uchun taxt joylashgan zal orqali kuzatuv minorasiga ko‘tarilish lozim.
Muhammad Raximxon madrasasi
Ko‘xna ark darvozasi ro‘parasida Muhammad Raximxon madrasasini ko‘rishingiz mumkin, madrasadan Xon Rus bosqinchisi General Kaufmanga taslim bo‘lib Ichon-qal’ani tark etgunga qadar foydalanilgan. Xon mashxur shoir bo‘lgan, u Feruz taxallusi bilan ijod qilgan. Xozirgi kunda madrasa uncha katta bo‘lmagan adabiyot va Xorazm tarixi muzeyi vazifasini o‘taydi.
Said Aloviddin Maqbarasi
Xivaning eng qadimiy yodgorligi Said Aloviddin Maqbarasini (ye. XIV-XXI-a.), tomosha qilish uchun G‘arbiy yo‘lni kesib o‘tishga to‘g‘ri keladi, bu qadamjoga ko‘plab musulmonlar tashrif buyuradi. Chunki, Said Aloviddin Muhammad payg‘ambarning qarindoshi bo‘lgan va 13 asrda xududda islom dinini targ‘ib qilgan.
Paxlavon Maxmud maqbarasi
Musulmonlarning yana bir mashxur ziyoratgoxi maftunkor moviy gumbaz va naqshlar bilan bezatilgan Paxlavon Maxmud maqbarasidir (ye. XIV-XX-a.). Paxlavon Maxmud (ye. XIV-a.) mashxur kurashchi, shoir, faylasuf va teri ustasi bo‘lgan. Uning maqbarasi yonida bir necha xonlarning va ularni oilalarining xonaqolari joylashgan. Asta-sekin Pahlavon Mahmudning go‘ri atrofida xonlar urug‘iga daxldor kishilarning go‘rlari joylashgan mozor yuzaga keldi, keyin esa maqbaraga tegishli inshootlarning yirik majmuasi barpo etildi, ular yozgi va qish mavsumidagi masjidlarni, ma’rakalar uchun mo‘ljallangan inshootni va Qur’on o‘qish xonalarini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |