Mundarija I. Kirish Moliya tizimi. Moliyaning mazmun mohiyati haqida Moliya tizimining tarixi va istiqboli Moliyada pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari Moliya va kreditning mohiyati



Download 406,62 Kb.
bet11/21
Sana22.04.2022
Hajmi406,62 Kb.
#573883
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Oltinsoy tumani Moliya bo\'limi

Talab inflyasiyasi. Narx darajasining an’anaviy o‘zgarishi jami talab ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotning real hajmini ko‘paytirib, ortiqcha talabni qondira olmaydi. CHunki barcha mavjud resurslar to‘liq foydalanilgan bo‘ladi. SHu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflyasiyasini keltirib chiqaradi. Talab inflyasiyasini quyidagi chizma orqali ham izohlash mumkin (2-chizma).

1-jadval
O‘zbekiston Respublikasida 2000-2008 yillarda inflyasiyaning asosiy ko‘rsatkichlari (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan narxlarning o‘sishi, foizda)

Yillar

Iste’mol tovarlari narxlari yig‘ma indeksi (INI)

Oziq-ovqat tovarlari

Nooziq-ovqat tovarlari

Xizmatlar

2000

24,9

18,9

36,6

47,1

2001

27,4

27,9

21,1

36,9

2002

27,6

28,0

19,3

41,3

2003

10,3

5,4

13,9

30,9

2004

3,7

-1,2

5,3

22,1

2005

7,8

6,7

6,9

13,5

2006

6,8

3,9

8,0

15,4

2007

6,8

3,3

8,4

17,2

2008

7,8

2,7

7,7

27,2

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi

Chizmadan ko‘rinadiki, iqtisodiyotdagi pul hajmining ko‘payishi qisqa muddat ichida yalpi talabni AD1 dan AD2 ga siljishiga olib keladi. Agar bu vaqtda iqtisodiyotning holati yalpi taklif egri chizig‘ining oraliq (2) yoki tik (klassik) (3) kesmasiga mos kelsa, bu narx darajasining o‘sishiga, ya’ni talab inflyasiyasining ro‘y berishiga olib keladi.




Narx
darajasi AS


3
P2
AD2
2
P1
1 AD1


0 Q1 Q2 Real YAMM
2-chizma. Talab inflyasiyasi.


2. Taklif inflyasiyasi. Inflyasiya ishlab chiqarish xarajatlari va bozordagi taklifning o‘zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi keltirib chiqadigan inflyasiya mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko‘payishi hisobiga narxlarning oshishini bildiradi. Bu holatni ham chizma orqali ko‘rib chiqamiz (3-chizma).
Narx
darajasi AS2 AS1


3


P2
AD
2
P1
1


0 Q2 Q1 Real YAMM
3-chizma. Taklif inflyasiyasi.

CHizmadan ko‘rinadiki, xarajatlarning o‘sishi natijasida yalpi taklif egri chizig‘ining AS1 dan AS2 ga qisqarishi mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajat miqdorini oshirib, narxlarning R1 dan R2 darajaga qadar ko‘tarilishiga, real ishlab chiqarish hajmining esa Q1 dan Q2 ga qadar qisqarishiga olib keladi.


SHuningdek, inflyasiyaning quyidagi sabablarini ham ko‘rsatish mumkin:
- monopolistik faoliyatlarning paydo bo‘lishi va amal qilishi;
- noto‘g‘ri soliq siyosati yuritish;
- jahon bozorlaridagi narxlarning o‘sishi;
- harbiy sohadagi xarajatlarning o‘sishi va hokazo.
Inflyasiyaning o‘rmalab boruvchi, jadal va giperinflyasiya kabi turlari ham mavjud. O‘rmalab boruvchi inflyasiya holatida narxlar yiliga 10 foizgacha, jadal inflyasiyada 20 dan 200 foizgacha, giperinflyasiyada 200 foizdan yuqori darajada o‘sishi kuzatiladi.
Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyasiya farqlanadi. Kutilayotgan inflyasiya va uning oqibatlarini oldindan bashorat qilish mumkin, kutilmagan inflyasiyani oldindan aytib bo‘lmaydi. Birinchi holda inflyasiyaning kutilayotgan salbiy oqibatlariga tayyorlanib, uni sezilarli darajada yumshatish mumkin. Ikkinchi holda narxlarning kutilmagan o‘sishi natijasida mamlakat iqtisodiy axvolining sezilarli yomonlashuvi ro‘y berishi mumkin.


Vazifalari
Moliya pul munosabatlari sifatida iqtisodiyotda muhim vazifalarini bajaradi:
1. Taqsimlash vazifasi — jamiyat daromadi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) pul, qiymat shaklida iqtisodiyot subyektlari oʻrtasida boʻlinadi, ulardan har biri oʻz hissasini oladi, oʻz daromadiga ega boʻladi.
2. Rivojlantirish vazifasi — moliya fondlaridan pul berish orqali iqtisodiyot subʼyektlarining faolligi yuzaga keltiriladi. Ragʻbatlantirish moliya vositalarini qoʻllash orqali, chu-nonchi mukofotlash, subsidiya, subvensiya ajratish, jarima solish, sanatsiya va soliqlarni qoʻllash vositasida amalga oshiriladi. Bozor sharoitida asosiy ragʻbatlantirish vositasi soliq hisoblanadi. Soliqdan imtiyozlar berish soliq toʻlovchilarni qoʻliga tekkan daromadini oshiradi. Maqsadli imtiyozlar ularni yaxshi ishlashga undaydi.
3. Ijtimoiy himoya vazifasi — nochor aholi qatlamlari davlatdan, korxona va har xil nodavlat tashkilotlaridan va puldor fuqarolardan moliyaviy yordam oladi. Mazkur vazifani davlat byudjetining ijtimoiy himoya uchun ajratilgan mablagʻlari bajaradi.
4. Axborot berish vazifasi — mamlakat va ayrim subʼyektlarning moliyaviy ahvoli haqida axborot. Moliyaviy ahvolni tavsiflovchi axborot (koʻrsatkichlar) iqtisodiyotga tashhis qoʻyishga xizmat qiladi.
5. Nazorat vazifasi — moliyalashtirish yoʻsinida ajratilgan pulni naqadar maqsadli ishlatilishini pul beruvchilar nazorat qiladilar. Shu pulni oʻrinli yoki oʻrinsiz ishlatilishiga qarab moliyalashtirish koʻpaytiriladi, qisqartiriladi yoki umuman toʻxtatiladi.


Turlari
Milliy iqtisodiyotning boʻgʻinlariga qarab turli darajada moliya amal qiladi. Uning asosiy boʻgʻini quyi darajadagi yoki mikromoliyadir. Bunga korxona moliyasi (buni korporativ moliya deb yuritiladi), xonadon moliyasi, jamoat tashkilotlari moliyasi, sugʻurtalash moliyasi kabilar kiradi. Davlat moliyasi makrodarajadagi moliyani tashkil etadi va milliy manfaatlarga xizmat qiladi. Niqoyat milliy iqtisodiyotning eng yukrri darajasi bu metimoliya boʻlib, bu tabiatan xalqaro moliya munosabatlari hisoblanadi, mamlakatlararo yuz beradi, xalqaro moliya tashkilotlari orqali amalga oshiriladi. Turli darajadagi moliya oʻzining koʻlami bilan ajralib turadi. Moliya turli darajadagi moliyalashtirish usullari jihatidan ham farqlanadi. Korxona, sugʻurta va xonadon moliyasi oʻzini oʻzi moliyalashtirish qoidasiga tayanadi. Davlat moliyasi byudjetdan moliyalashtirish tamoyillarini qoʻllaydi.
Boshqa taʼrifi
Moliya — pul mablagʻlaridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar tizimi boʻlib, uning vositasida turli darajada pul mablagʻlari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Moliya iqtisodiyot doirasida oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir qator vazifalarni bajaradi.

  1. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy taʼminlash, ularga xizmat koʻrsatish vazifasini bajaradi.

  2. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari oʻrtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon boʻladi.

  3. Moliyaning ragʻbatlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi.

  4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va isteʼmol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar boʻlish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablagʻ bilan taʼminlash tizimi orqali amalga oshiriladi.



Download 406,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish