Mundarija I kirish II. Asosiy qism



Download 411,5 Kb.
bet2/5
Sana23.03.2022
Hajmi411,5 Kb.
#506670
1   2   3   4   5
Bog'liq
Madina

Kurs ishining maqsadi: Mustaqillikga erishganimizdan so’ng Vatanimiz hududidagi qadimiy yodgorliklarini saqlash ularni qayta tiklash, ta’mirlash ishlariga keng yo’l ochib berilmoqda. Jumladan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo’qon va Toshkentdagi obidalar qayta tiklanmoqda. Ularni tiklashda xalq ustalari jalb etilib, ustalar o’z shogirdlari bilan, birgalikda obidalarga sayqal berishmoqda. Mana shunday tarixiy yodgorliklarni talabalar tamonidan tasviriy san’atda ifodalanishining ahamiyati kattadir. Bunda yoshlarimizda tariximizga nisbatan, ota-bobolarimiz tamonidan yaratib qoldirilgan boy madaniy va ma’naviy merosdan bahramand bo’lishida, shuningdek vatanparvarlik tuygularini, estetik didlarini shakllanishida muhim rol o’ynaydi.
Rangtasvir darslarida memorchilik ko’rinishlarini tasvirlashning o’ziga xos tamonlari bor. Albatta bunday tasvirlarni talabalarga rangtasvirda birinchi marta ishlashda ahcha murakkablik to’g’diradi. Bu jarayonda rangtasvir texnologiyasidan foydalanish chizivchi uchun qulaylik keltradi. Hozirgi davrimizda ham talabalar tomonidan fan dasturiga muvofiq tarzda topshiriladigan xar bir vazifalarning grizayil texnikasidan foydalanib ishlanishi o’quv jarayoning muhim qismi hisoblanadi.
Kurs ishining vazifalari:
- Tarixiy me’morchilik obidalarini rangtasvirda tasvirlashga o’rgatih metodikasi ishlab chiqish.
- O’quvchilarga Tasviriy san’at orqali tarixiy obidalarimiz haqida bilimlarni berish;
- Tasviriy san’at darslarida O’zbekiston tarixiy obidalari haqida beriladigan bilimlarning bamaliy ahamiyatini ishlab chiqish
Kurs ishi obyekti: Tasviriy san’at mashg’ulotlarida Tarixiy obidalar mavzusi.
Kurs ishi predmeti: Tasviriy san’at darslarida rangtasvir texnologiyasida rasm chizish darslari.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Rangtasvir va kompozitsiya, amaliy mashg’ulotlarida rangtasvir tenikasida tarixiy me’morchilik obidalarini tasvirlashga o‘rgatishda zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish, talabalarning bu fanni yuqori darajada o‘zlashtirishiga olib keladi,
Bugungi kunda mutaxassislik fanlar ya’ni qalamtasvir, rangtasvir va kompazitsiya fanlari ta’lim jarayoniga qo’yilgan talablar asosida o’qitilib kelinmoqda. Me’moriy obidalar tasviri ishlash mashg’ulotlari esa bu fanlar mavzulari qatoridan joy olgan. Talabalarning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini shakillantirishda ushbu me’moriy obidalar tasviri ishlash mashg’ulotlarining o’rni ahamiyatlidir.
Respublikamizda urushdan keyingi yillarda muntazam tarzda uyishtirilgan xorijiy davlatlarning badiiy ko’rgazmalari, O’zbekiston tasviriy san’atiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Yurtimiz rassomlari ijodida atrof olamni yangicha his qilish, talqin qilish hissiyoti paydo bo’la boshladi. XX asrning 50-yillarida o’zbek rassomlari orasida manzara janrida O’rol Tansiqboyev yetakchilikni o’z qo’liga oldi. Uning ko’pgina asarlari qishloq xo’jaligi mavzusiga bag’ishlandi. “Qayroqqum GESI”, “Paxtani sug’orish”, “Taxiatosh”, asarlari shular jumlasidandir. O’tgan asirning 50-70 yilarida M. Novikov, Volkov kabi keksa rassomlar O’zbekiston tabiati va ijtimoiy hayotida sodir bo’layotgan voqeliklarni kuyladilar. Z. Inog’omov, G. Ulko, N. Qo’ziboyev, K. Bagaduxov. M.Yesin kabi rassomlar O’zbekiston tabiatini aks ettiruvchi lirik manzara asarlarini yaratdilar. 70-80 yillarda G’. Abdurahmonov, F. Tohirov, R. Choriyev, Mudovkin kabi rassomlar manzara janrida samarali ijod qildilar. Hozirgi kunga kelib ko’plab izlanuvchan iqtidorli rassomlar A. Nuriddinov, A. Jalolov, A. Mirzaahmedov, O. Qozoqov, Z. Islomshiykov, A. Mo’minov, A. Mirsoatov kabilar mustaqil O’zbekistonning go’zal tabiatini, betakror tarixiy obidalarini madh etuvchi maftunkor me’moriy obidalar tasvirlarini yaratib kelmoqdalar.
Yurtimizimiz mustaqillika erishgach boshqa sohalar kabi tasviriy san’atda ham katta o’zgarishlar yuzaga keldi. Bu davr, qisqa davr bo’lsada, tasviriy san’at tarixida o’lkan muvafaqqiyatlarga ershildi. Respublikamiz rassomlari ko’pgina ko’rgazmalarda faol ishtirok etib, san’atimiz ta’sirchanligining ortib borayotganini namoyish etdilar. Natyurmortda bozorlarimizning to’lib toshgan noz-ne’matlarini, manzara janrida esa, o’lkamizning go’zalligini va bepoyonligini, oddiy tabiat ko’rinishidagi go’zallikni to’laqonli ifodalashga harakat qilganlar. Bizning O’zbekiston Vatanimiz ajoyib iste’dodli rassom va haykaltaroshlarni yetkazib berdi. Bular ichida Iskandar Ikromov, Chingiz Axmarov, Malik Nabiyev, Mannon Saidov, Damir Ro’ziboyev, Ilxom Jabborov, Javlon Umarbekov, Baxodir Jalolov, Alisher Mirzayev, Akmal Ikromjonov, Ne’mat Hakimov, Osimxon Vosixonov, Temur Sa’dullayev, G’ofur Abduraxmonovlar alohida mavqyega ega. Ularning asarlarida Vatan jamoli, uning jahonga mashhur olimu fuqarolari, tabiat ehsonlari ifodalangan bo’lib, bu asarlar yoshlarni Vatanni sevishga, uni asrab avaylashga, uning moddiy va ma’naviy boyliklarini ko’paytirishga undaydi, tabiatdagi nafosatdan zavqlanishiga chorlaydi.
Barkamol insonni tarbiyalashda tasviriy san’at alohida ahamiyatga ega. Tasviriy san’at deganda go’zallikni his qilish, tasvirlash jarayonida go’zallikni yaratish, orastalik, kelajak yoshlarni didli qilib tarbiyalash tushiniladi.
O’zbek xalqining ko’p asrlik tarixida me’morchilik san’ati boy va rang- barang madaniy merosimizning eng ajoyib qismini tashkil etadi. O’zbek diyori o’zining vujudga kelib gullab – yashnagan san’at turlarining betakrorligi bilan dunyoga mashxur. Bunday kamolot va taraqqiyot bosqichlari haqida fikr yuritadigan bo’lsak, me’morchlik san’ati shox ildizlari insoniyatning iptidoiy davriga borib taqalishining guvoxi bo’lamiz. Ayniqsa Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Termiz, Toshkent, Qo’qon va boshqa shaharlardagi me’morchilik san’ati yodgorliklari o’tmish avlodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan bebaho san’at asarlarining namunalari bo’lib xalqimizning va shu bilan birga jahon madaniyatining durdonalaridan bo’lgan badiiy madaniy merosni tashkil etadi.
Xalq ustalari tajribasi, bilim va malakalari avlodlar orqali vaqt sinovidan o’tdi. Ustalar tomonidan asrlar mobaynida to’plangan boy madaniy meros, yorqin ranglar jilosi, nozik didli bezaklar, yuqori madaniy saviyadagi naqshlar xalq memorchilik yodgorliklarida o’z aksini topgan. Ustalar mahalliy xom ashyolardan mohirona foydalanib, bularning hammasini o’z ijodlarida hamohang ishlatishgan.



Download 411,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish