Osimliklari.: - Osimliklari.:
- Gruziyada 4500 turdan koʻproq gulli va 10000 ga yaqin sporali oʻsimlik bor. Relikt va endemik oʻsimliklar (dioskoreya, pontiya va Kavkaz rododendronlari, shamshod, lavr-olcha, xurmo va b.) koʻp. Maydonining 2/5 qismi oʻrmon. Togʻ oʻrmonlarida eman, grab, kashtan, qoraqayin, togʻlarning yuqori mintaqalarida qaragʻay, oqqaragʻay, qoraqaragʻay oʻsadi. Oʻrmonlarning yuqori chegarasidan 2800 – 3500 m balandlikkacha togʻ oʻtloqlari uchraydi .
- Hayvonlari
- Katta Kavkazning oʻtloq mintaqasida togʻ echkilari — serna, bezoar echkisi, togʻ takasi, qushlardan Kavkaz togʻ kurkasi (ular), oʻrmonlarda qoʻngʻir ayiq, asil bugʻu, elik, silovsin uchraydi. Umuman Gruziyada sut emizuvchilarning 100 ga yaqin turi, qushlarning 330, sudraluvchilarning 48 va baliqlarning 160 ga yaqin turi mavjud. Tbilisi tabiiy milliy bogʻi, qoʻriqxonalar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |