Gruziya — demokratik respublika. 1995-yilda qabul qilingan konstitutsiyaga binoan davlat va ijroiya qokimiyat boshligʻi — prezident (1995-yil 5-noyabrdan E. Shevardnadze). U aholi tomonidan umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat — parlament. Gruziya tabiati xilma-xil. Hududi baland va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar, tepalik, pasttekislik, yassitogʻlik va platolardan iborat. Respublikaning shimoli Katta Kavkaz (gurjincha Kavkasioni)ning oʻrta qismi bilan band. Gruziyaning eng baland nuqtasi — Shhara togʻi (5068 m).
Do'stlaringiz bilan baham: |