Kurs ishining maqsadi: Avstraliya florasi, floristik tahlili Avstraliya materigining geografik o’rni, geologik tuzilishi, relefi va landshaftlarining bir-biridan farq qiladigan regionlari boshqa materiklardan ajralib turuvchi xususiyatlari, iqlimi va tabiiy geografik rayonlarini o’rganish.
Kurs ishining vazifasi :
Avstraliyaning geografik o‘rni, o‘rganish tarixi
Avstraliya florasi
Floristik tahlil
Avstraliya evkalipti
Avstraliyaning yo'q bo'lib ketgan florasi ro'yxati
Avstraliyaning o’simliklar vakillik turlari
Kurs ishining obyekti: Avstraliya florasi va floristik tahlil
Kurs ishining predmet: Avstraliya o’simliklar vakillarini o’ganishda olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqotda ilgari surilgan yetakchi ilmiy-nazariy g‘oyalar geografiya va uni o‘qitish metodikasi fanlari mazmunini boyitadi, ishlab chiqilgan metodika va undan foydalanish umumiy pedagogika va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi mazmunini modernizatsiyalaydi. Tadqiqot natijalaridan umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda oliy ta’lim tizimining o‘quv jarayonida, ilmiy va o‘quv ishlarida, maxsus kurs va seminarlarda, pedagog xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimida, ilmiy-uslubiy adabiyotlarni yaratishda foydalanish mumkin.
Kurs ishining hajmi: Mazkur kurs ishi 30 betdan iborat bo’lib kirish, asosiy qism, xulosa va foydalingan adabiyotlardan tashkil topgan.
II. Asosiy qism
2.1. Avstraliyaning geografik o‘rni, o‘rganish tarixi,
Avstraliyaning asosiy xususiyatlari. Eng mitti, eng past, eng quruq materik, xaltali hayvonlar vatani, sayyoramizning yaxlit noyob qo‘riqxonasi, o‘rtasidan janubiy tropik chizig‘i o‘tadi, evkaliрt daraxti vatani (bo‘yi 2 m dan 150 m gacha), materikdagi berk havza maydoni (60 %) jihatidan birinchi o‘rinda, yagona davlat — Avstraliya Ittifoqi bor, aholisining deyarli yarmi ikkita shaharda (Sidney, Melburn) yashaydi. Maydoni — 7 mln 659 ming kv.km.
Geografik o‘rni. Avstraliya (lotincha „australius" — janubiy) to‘liq janubiy yarimsharda joylashgan. Quruqlikni shimol, g‘arb va janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okean suvlari o‘rab turadi. Maydonining kichikligiga ko‘ra unga materik-orol nisbatini berishgan. Odam yashaydigan materiklardan ancha uzoqda joylashgan.
O‘rganilish tarixi. Avstraliya odam yashaydigan materiklar orasida eng keyin kashf etilgan. Yevropaliklardan birinchi bo‘lib Avstraliya quruqligiga qadam qo‘ygan kishi niderlandiyalik Uilyam Yanszondir. U 1606-yilda Keyp-York yarimorolini tekshirdi va materikka Yangi Gollandiya deb nom berdi. Shu sana Avstraliyaning kashf etilgan vaqti bo‘lib, geografiya tarixiga kirdi. Keyinchalik, ispaniyalik L.Torres, niderlandiyalik A.Tasman va boshqalar materikni o‘rgandilar.
Geologik tuzilishi. Avstraliya qadimgi geologik o‘tmishda Gondvana materigining bir qismi bo‘lgan. Mezozoy erasining oxiriga kelib Avstraliya mustaqil materik tariqasida shakllandi. Materik asosini qadimgi qattiq va mustahkam platforma tashkil etadi. U Hind-Avstraliya litosfera plitasining bir bo‘lagidir. Platformaning mustahkam kristalli zamini materikning shimolida, g‘arbida va markaziy qismlarida yer yuzasiga chiqib yotadi. Sharqiy qismidagi Katta Suvayirg‘ich tizmasi gersin tog‘ burmalanishida ko‘tarilgan. Keyingi tektonik harakatlar natijasida Yangi Gvineya, Tasmaniya — materik orollari quruqlikdan ajralib qolgan. Kuchli zilzilalar kuzatilmaydi, vulqonlar umuman yo‘q.
Foydali qazilmalari. Platformaning zaminida temir, mis, qo‘rg‘oshin, rux, uran rudalari, qalay, oltin, platina kabi rudali qazilmalar joylashgan. Cho‘kindi jinslar bag‘rida fosforit, osh tuzi, toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir, neft, tabiiy gaz tarkib topgan. Avstraliya temir va rangli metallar (boksit, qo‘rg‘oshin, rux, nikel) hamda uran zaxiralari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinda turadi. Ko‘pgina qazilma boyliklar yer yuzasiga yaqin joylashgan. Shu bois, ular arzon — ochiq usulda qazib olinadi. Avstraliya — rux, qo‘rg‘oshin va kumush qazib chiqarishda dunyoga mashhur.
Relyefi. Materikning 95 % hududi pasttekislik va yassi tog‘liklardan, 5 % i tog‘lardan iborat. Avstraliya relyef tuzilishiga ko‘ra uch qismga ajraladi. Birinchisi, G‘arbiy Avstraliya yassi tog‘ligidir. U yassi tog‘lik va baland tekisliklardan iborat (atlasga qarang). Nurash natijasida yemirilib, pasayib qolgan balandliklar va qoldiq tog‘lar ko‘zga yaqqol tashlanadi. Bunga yassi tog‘liklar ustidan baland ko‘tarilib turgan Makdonnell (Zil cho‘qqisi — 1 510 m) va Xamersli (Brus cho‘qqisi — 1 226 m) tog‘lari misol bo‘ladi. Kelib chiqishiga ko‘ra ularni palaxsali tog‘lar guruhiga kiritish mumkin.
Ikkinchisi, Markaziy pasttekislik bo‘lib, u materikning eng past va yassi tekisliklaridan iborat. Ular dengiz va daryo yotqiziqlaridan tuzilgan. Tekislikning mutlaq balandligi 100 m dan oshmaydi. Materikning eng past joyi (Eyr-Nord ko‘li, –16 m) ham shu yerda. U Markaziy havza deb ham ataladi. Markaziy pasttekislikning shimolida Karpentariya tekisligi bor. Markaziy havzada toshloq quruq vodiylar — kriklar ko‘p uchraydi. Eng kattalari Kuper-krik va Eyr-kriklardir. Bu joylar kriklar o‘lkasi deb ataladi. Materikning sharqida uzoq masofaga cho‘zilgan uchinchi tog‘li qismi — Katta Suvayirg‘ich tizmasini hosil qiladi. Bu tizmaning eng baland joyi janubiy qismidagi Avstraliya Alp tog‘lari (Kossyushko cho‘qqisi, 2 228 m) hisoblanadi. Тektonik yoriqlar, daralar va daryo vodiylari tog‘larni alohida-alohida massivlarga bo‘lib yuborgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |