Mundarija I. Kirish II. Asosiy qism. I bob. Texnologik ekologik ekspertiza haqida tushuncha



Download 178,5 Kb.
bet9/11
Sana31.12.2021
Hajmi178,5 Kb.
#245245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Texnologik ekologik ekspertiza

Xalq xo’jaligi tarmoqlari

Resurslarni iste’mol qilish bo’yicha ta’sir

CHiqindilarning paydo bo’lishi bo’yicha ta’sir

Quyidagilarga salbiy ta’siri bo’yicha:







Er xajmiga

Suv xajmiga

Xomashyo xajmiga

Qattiq

Suyuq

CHang va gazlar

Erga

Suv

ga

Havoga

Biosferaga

Odamga

1.

Issiqlik energetikasi

p

k

k

p

o’

k

o’

o’

k

k

-

2.

Gidroenergetika

o’

k

p

-

-

-

p

p

-

p

-

3.

Neft’ va gaz qazib olish

p

o’

p

-

p

p

p

p

p

o’

P

4.

Ko’mir, slanets, torf sanoati

o’

p

p

o’

p

o’

p

p

o’

o’

O’

5.

Qora metullurgiya

o’

k

k

o’

p

o’

o’

o’

o’

o’

K

6.

Rangli metallurgiya

o’

o’

k

k

p

o’

k

k

k

k

k

7.

Kimyo va neft’ kimyo

p

k

o’

o’

o’

o’

o’

o’

k

k

k

8.

Mashinasozlik va metalsozlik

p

o’

o’

p

p

p

p

p

p

p

o’

9.

O’rmon va yog’ochni qayta ishlash

o’

o’

o’

o’

p

p

o’

p

p

o’

o’

10.

TSelyulaza-qog’oz sanoati

p

k

k

o’

b

o’

o’

o’

o’

o’

k

11.

Qurilish materiallari ishlab chiqarish

p

o’

k

p

p

p

p

p

p

p

o’

12.

Qurilish konstruktsiyalarini ishlab chiqarish

p

o’

k

p

p

p

p

p

p

p

o’

13.

Oyna va chinni fayans ishalb chiqarish

p

p

k

o’

p

o’

p

o’

o’

o’

o’

14.

Engil sanoat

p

p

o’

p

p

p

p

o’

o’

o’

o’

15.

Oziq-ovqat, mikrobiologiya omuxta ozuqa sanoati

p

o’

k

p

p

o’

p

o’

o’

o’

o’

16.

Tibbiyot, poligrafiya v.b.

p

p

o’

p

-

p

p

p

p

p

p

17.

Qishloq xo’jaligi

k

k

p

o’

o’

p

k

o’

p

o’

p

18

O’rmon xo’jaligi

k

p

p

-

-

-

-

-

-

-

-

19

Transport

o’

p

p

-

p

k

p

p

o’

o’

O’

20.

Qurilish

p

p

o’

o’

-

p

p

p

p

p

P

21.

Uy-joy kommunal xo’jaligi

o’

k

-

p

k

o’

o’

k

o’

k

O’

2.2.1-jadvalda berilgan xalq xo’jaligi tarmoqlari guruhining tabiiy resurslardan foydalanish darajasiga va ularning atrof tabiiy muhit elementlariga ta’siri ushbu guruh tarmoqlari uchun o’rtacha ko’rsatkichlarga asoslanib tuzilgan. Bu jadval ma’lumotlari ekologik ekspertiza munosabatlarining hamma qatnashchilari uchun muhim ahamiyatga ega. Berilgan tarmoq guruhlari tarkibida o’rtacha ko’rsatkichlari katta farq qiladigan tarmoqlar va ishlab chiqarishlar bor. SHu sababdan ushbu klassifikatsiya xamma tarmoqlar, ishlab chiqarish, xatto texnologiyalar uchun zarur. Masalan, korxonalar, ishlab chiqarish va texnologiyalarni joylashtirishda ularning resurslardan foydalanish bo’yicha va atrof muhit uchun zararligi bo’yicha bir xil tipdagi, birikmalari shakllanishiga ekologik ekspertiza nazoratida yo’l qo’ymaslik kerak. Bular atrof muhitni havfli ifloslanishdan saqlab qolishga yoki hududlarni ahlatlar bosib ketishiga yo’l qo’ymaslikning asosiy sharti hisoblanadi.

2.2.1-jadvalda berilgan moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari orasida faqat o’rmon ho’jaligi atrof muhitga zararli ta’sir ko’rsatmaydi, balki uni sezilarli darajada yaxshilaydi. Buning sababi shuki, o’rmon ho’jaligi faoliyati jonli tabiatning eng qudratli kompleksi hisoblangan o’rmonlar bilan bog’langan bo’lib, ular nafaqat o’zlari egallab turgan maydonlarga, balki tutashgan katta hududlarga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’rmonlarning atrof muhitga ijobiy ta’siri ikki aspektida nomoyon bo’ladi:

1. o’rmonlar jonsiz tabiatni (iqlim, yer, suv va havo tozaligi) asrash va yashilashning shuningdek, tovush, shovqin va boshqa to’lqinlarni ushlab qolishning eng samarali omili bo’lib hisoblanadi;

2. o’rmonlar biotik modda almashishini, hududlarning flora va fauna xilma xilligini ko’paytiradi va kuchaytiradi, va shular orqali jonli tabiatning muhit sharoitiga, zararkunanda va kasalliklarga chidamliligi va barqarorligini oshiradi. Bularning hammasi o’rmon ho’jaligining tabiatdan foydalanish va tabiat muhofazasi, ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishdagi ahamiyatini yanada kuchaytiradi.

Xalq ho’jaligi tarmoqlarini atrof tabiiy muhitga ta’sirining klassifikatsiyasi ekologik ekspertiza munosabatlarida tabiatdan foydalanishni tartibga solishni nazorat qilishning asosi bo’lib hizmat qiladi.

Ekologik ekspertizaning asosiy yo’nalishlari. Ekologik ekspertizaning ob’ekti, ilgari ko’rsatib o’tilgandek, g’oyat xilma-xil bo’lib, shunga mos xolda uning yo’nalishlari ham bir-biridan tubdan farq qiladi. Masalan, ekspertizaning ob’ekti dasturlar loyihalari, qurilish loyihalari, ishlab chiqarishni joylashtirish loyihalari, texnika va texnologiya, xomashyo va materiallar, mahsulotlar, kimyoviy moddalar, standart va texnik, xuquqiy normalarning loyihalari va boshqalar bo’lishi mumkin. Ushbu ob’ektlar bo’yicha ekologik ekspertiza yo’nalishlari ham shakllanadi.



Ekologik ekspertizaning barcha yo’nalishlarida ham loyihadan oldin, ham loyihadan keyingi bosqichlarda asos qilib olingan materiallari qatoriga iqlim, geologik, gidrogeologik sharoitlar, tuproqning genetik va o’z-o’zini tozalashi ta’rifi, hududning o’rmon bilan qoplanish darajasi, flora, fauna, aholi va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari to’g’risidagi ma’lumotlar va boshqalar kiradi. Ekologik ekspertizani o’tkazish natijasida ekspertiza ob’ektining to’la modeli paydo bo’lishi, loyihaning esa atrof tabiiy muhit muhofazasi talablariga mos kelishi aniqlanishi kerak. Bu talabga erishish uchun ekologik ekspertizaning barcha yo’nalishlarida loyihaning quyidagi xususiyatlari o’rganilishi va taxlil qilinishi lozim:

  • loyihaning asosiy maqsadi va uni tumanlardan to respublkagacha darajadagi ahamiyati;

  • loyihani joylarda amalga oshirishning sabablarini asoslash;

  • texnik imkoniyatlar, yer va boshqa resurslardan foydalanish sig’imi va xajmini hisobga olib texnik-iqtisodiy asoslashni amalga oshirish;

  • atrof tabiiy muhitning xozirgi xolati va ahvoli, uni atrofdagi kontsentratsiyalar bilan taqqoslash;

  • loyiha tadbirlarining atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo’yicha tiplari va ishonchliligi;

  • atrof muhitga ehtimol tutilayotgan salbiy ta’sir va uni kamaytirish bo’yicha tadbirlar;

  • inqirozli vaziyat ehtimolini aniqlash maqsadlarida texnik-iqtisodiy extiyojlarning tabiat imkoniyatlariga muvofiqligini aniqlash;

  • tavsiya qilinayotgan tabiat muhofazasi tadbirlarining muqobil varianti va ularni amalga oshirishning ketma-ketligi;

  • atrof tabiiy muhitga eng oz miqdorda (minimum) zarar yetkazish bilan texnik imkoniyatlarni eng ko’p darajada (maksimum) qo’llashni murosaga kelishini ta’minlash o’rtasidagi optimal variantni tanlash;

  • muqobil qarorlarni quyidagi yo’nalishda taqqoslash: xarajat birligiga loyihaning ahamiyati mezonlari bo’yicha; ushbu joyda ob’ektni joylashtirishning ijtimoiy va iqtisodiy afzalligi; loyihani joylashtirishning kutilmagan oqibatlarining xavf-xatari darajasi; tabiat muhofazasi tadbirlarining shu kundagi va istiqboldagi qiymati.

Dunyoning ko’pchilik rivojlangan mamlakatlari ekologik ekspertizani tabiiy, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, geotexnik va tabiiy-texnik tizimlar bo’yicha va tabiiy-xo’jalik regionlari bo’yicha amalga oshirish amaliyotini keng qo’llamoqdalar. Loyihalardagi atrof tabiiy muhitga ta’sirning xususiyatlari, ularni aniqlash, taxlil qilish, baholash va xisobga olish nuqtai nazaridan ekologik ekspertiza o’tkazishning quyidagi asosiy kompleks yo’nalishlarini belgilash mumkin:

  1. texnologik (texnika) ekologik ekspertizasi.

  2. korxona ekologik ekspertizasi.

  3. shaharsozlik ekologik ekspertizasi.

  4. tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni o’zgartirish loyihalarining ekologik ekspertizasi.

Turli xomashyo va materiallarga ishlov berish usullari majmuasi texnologiya tushunchasining ma’nosini anglatadi. Aynan ushbu texnologiya xususiyatlari korxonalarning mahalliy tabiiy sharoit va resurslar, iqtisodiy sharoitkatta mamlakatning sharoiti bilan bog’liqligini ko’rsatadi. SHu sababdan ekologik ob’ektlarning turli texnologik usullarini hisobga olmasdan to’laqonli ekologik ekspertizani o’tkazib bo’lmaydi. Korxonalarning ishlab chiqarish texnologik strukturasi ularning ishlab chiqarish miqyoslarini (ishlab chiqarishning takrorlanishi va seriyaligi xususiyatlarini), ishlab chiqarish-texnologik tsikllarning to’liqligini (bir yoki bir necha ishlab chiqarish bosqichlarining mavjudligi), ixtisoslashtirishning xarakterini (turli buyumlarni ishlab chiqaruvchi universal kombinatlar, ixtisoslashgan zavodlar va ularning stadiyalari, detal-uzelli, va boshqa tiplari) belgilab beradi.

Texnologik ekologik ekspertiza texnologiya va texnikaning ekologik mos (to’g’ri) kelishini va resurs iste’moli sig’imini (hajmini) aniqlash, shuninngdek texnologiyaning kam chiqitli yoki chiqitsizligini amalda bo’lgan normativlar va mavjud eng yaxshi namunalar bilan taqqoslab, zarur ekologik ekspertiza xulosalari va yechimlariga kelishni bildiradi. Masalan, suvsiz qog’oz ishlab chiqarish texnologiyasi ana’anaviy texnologiyadan afzaldir; energiya olishni atrof tabiiy muhitga eng oz miqdordagi ta’sir ko’rsatib amalga oshirish (issiqlikni havoga kam chiqarish asosida), energiyani «iflos» texnologiya orqali olishdan ancha afzaldir. Turli tuman mashinalar va jixozlar, priborlar, nazorat vositalari va tizimlari amaldagi tabiat muhofazasi normalari va qoidalariga, ekologik havfsizlik talablariga zid kelmasligi shart. Masalan og’ir va temir zanjirli g’ildirakka ega traktorlar tuproq qatlamlarini zichlab tashlaydi va tuproqning o’z o’zini tiklashishi xususiyatlariga zararli ta’sir ko’rsatadi. Atrof muhitga ko’plab zararli gazlarni chiqaradigan transport vositalari motorlari ham ekologik talabga javob bermaydi. Texnologik va texnik ekologik ekspertiza nazorati ekologik havfsizlik talablariga javob bermaydigan texnika va texnologiyani ro’yobga chiqarishga yo’l qo’ymaslikning asosiy vositasi bo’lishi kerak.

Davlat ekologik ekspertizasi ob’ektlari orasida loyihalashtirilayotgan va atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog’ligiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa ob’ektlar alohida o’rinni egallaydi. Korxona tushunchasi hududiy yahlit, ihcham yoki g’uj joylashgan, ma’lum mahsulotni (xizmat turini) ishlab chiqarish va sotish, pullash bilan shug’ullanadigan, o’z mahsulotini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda nisbatan iqtisodiy mustaqilligi, texnologik tugallanganligi bilan xarakterlanadigan ekologik ekspertiza ob’ektidir.

Korxonalarning ko’pchiligi o’z ish maydonlari va maydonchalari bilan shaharlar va ularning aglomeratsiyalari, qo’rg’onlari, qishloqlar tabiiy landshaftga qo’shilib ketadi va tabiatga turli darajada salbiy ta’sir ko’rsatib turadi. Korxonalar miqyoslari, katta-kichikligi, ixtisoslashishi, iqtisodiy-geografik o’rni va atrof tabiiy muhit bilan aloqalari xususiyati, tabiatning u yoki boshqa komponentlariga ta’siri va uning intensivligi, oqava va chiqindilarning zaharliligi va zararligi va boshqa ko’plab ko’rsatkichlar bo’yicha bir-birlaridan farq qiladi. O’zbekistonda xalq xo’jaligining xar xil tarmoqlari tarkibiga kiradigan ko’p sonli korxonalar mavjud. Korxonalarning ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining xususiyati, belgilangan vazifasi, texnologiya va xom ashyoning xarakteri bo’yicha va xizmat turi o’xshash bo’lgan majmuasi tarmoqlarini tashkil etadi. Tarmoqlar ham korxonalar kabi mahsuloti, tabiatga ta’siri bo’yicha g’oyat xilma-xildir. Shu sababdan korxonalar loyihalarining tarmoq, hududiy xususiyatlarining ekologik xavfsizlilik darajasini kompleks xisobga olish zarur.




Download 178,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish