Mundarija I bob. Xalqaro baholash dasturlari va ularning ahamiyati



Download 23,35 Kb.
bet2/6
Sana20.07.2022
Hajmi23,35 Kb.
#830013
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishiiiiiiiiiiiiiiii

Kurs ishining maqsadi: O‘zbekistonda xalqaro baholash dasturi asosida ta’limni tashkil etish jarayonining mazmunini o‘rganish
Kurs ishining vazifalari:
“Xalqaro baholash dasturi” tushunchasi mohiyatini aniqlash orqali baholash dasturi tuzilishini yoritib berish;
Xalqaro baholash dasturi asosida ta’limni tashkil etish jarayonining pedagogik xususiyatlarini ochib berish;
PIRLS xalqaro baholash dasturiga o'quvchilarni tayyorlash
Kurs ishi obyekti:Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflaridagi o‘quv-tarbiyaviy jarayoni
Kurs ishi predmeti: Xalqaro baholash dasturi asosida ta’limni tashkil etish jarayonining mazmuni
Kurs ishi mavzusining ilmiy yangiligi:
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi:Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

I bob. Xalqaro baholash dasturlari va ularni samarali tashkil etish
1.1. Boshlang'ich sinf o'quvchilari bilimini baholashning samarali usullari
Respublikamizda mustaqillik yillarida kadrlar tayyorlashning yangi tizimi yaratilib, mutaxassislar sifatiga qo‘yiladigan zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali, raqobatbardosh, tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mustaqil ishlay oladigan, mamlakatning ilmiy-texnik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishga qodir, jadal ilgarilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sharoitiga moslasha oladigan, yuksak madaniy va ma’naviy-ahloqiy sifatlarga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash izchil amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamoniy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” bugungi kunda muhim vazifalar hisoblanadi. Ushbu vazifalarning in’ikosi sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev 06 sentabr 2019 yilda “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5812-sonli Farmoni imzoladi. Bu bilan, O‘zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi va YUNESKO tomonidan ta’sis etilgan ta’limning xalqaro standart tasnifiga to‘la moslashtirildi.So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi sababli barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talab yanada oshmoqda.Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatlarini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim-tarbiyasiga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi.Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli qarorida eng ustivor vazifa qilib quyidagilar olindi:
Xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari hamda o‘quv adabiyotlari mazmuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
PIRLS baholash dasturi yo‘nalishidagi savollar milliy bazasini yaratish va o‘quv dasturlariga integratsiya qilish;
o‘quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini yaratish hamda 2019-2021 yillarda amaliy ko‘nikmalarini shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazib borish.
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida O‘zbekistonning xalqaro tadqiqotlarda (PIRLS, TIMSS, PIRLS) ishtirokini ta’minlash maqsadida Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish vazifasi 213-bandda qayd etilgandi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markaziga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan Ta’lim inspeksiyasi o‘rtasida O‘zbekistonning Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha PIRLS 2021 tadqiqotlarida ishtirok etish haqidagi kelishuv imzolandi.
PIRLS tadqiqotlarini amalga oshirish, O‘zbekiston uchun metodik yordam, so‘rovlarni amalga oshirishga ko‘maklashish, imkoniyatlarni tahlil qilish, salohiyatni oshirish va loyihani amalga oshirish rejalari, mamlakat uchun o‘z loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ko‘maklashish, milliy sifat nazorati va dasturini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Avstraliya ta’lim tadqiqotlari kengashi (ACER) IHTT tomonidan boshqa davlatlar qatori O‘zbekiston uchun ham biriktirildi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA — International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement)ning Amsterdamdagi direktori Andrea Netton o‘rtasida O‘zbekistonning PIRLS-2021 baholash tizimida ishtirok etishi bo‘yicha tayyogarlik ko‘moqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan xalqaro baholash tadqiqotlar, jumladan, OECD tashkiloti bilan PIRLS-2021 xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan
PISA, TIMSS, PIRLS kabi o‘quvchilar bilimi darajasini baholash uchun xalqaro tadqiqotlar hamda dasturlar tayyorlash uchun yaxshi vosita hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 997-sonli qarorida quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar tashkil etilishi qayd etilgan:
Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) — boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash uchun;
Trends in International Mathematics and Sciyence Study (TIMSS) — 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash uchun;
The Programme for International Student Assessment (PIRLS) — 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun;
The Teaching and Learning International Survey (TALIS) — rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish uchun.
Shu o‘rinda “Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi?”, degan savolga javobimiz quyidagicha:
1. Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini beradi;
2. Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pedagog kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi;
3. Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi:
4. Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini beradi.


Download 23,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish