14.4. Amaliy tizimli tahlilning ko‘nikmalari
Muammoni mohiyatini ochib berish; muammoni yechishning
me’zonlari va ustuvor tomonlarini aniqlash.
Aniqlangan
me’zonlarga to‘liq mos keluvchi muammoning yechimini ishlab
chiqish.
Tizimli taxlil quyidagi bosqichlardan tashkil topgan:
•
masalani qo‘yilishi,
•
muammo tadqiqoti,
•
dastlabki muxokama(kelishuv),
•
tasdiqlash(tajribaviy tekshirish),
•
oxirgi muxokama,
•
qabul qilingan muxokamani amalga oshirish.
Tizim taxlilini ba’zi bir bosqichlarini batafsil ko‘rib chiqamiz.
1 bosqich
. Muammo taxlili. Tizimli tadqiqot muammoning
dolzarbligini aniqlashdan boshlanadi. Muammo bu yechimni talab
qiluvchi xolat. Odatda muammo haqiqiy xolatdan bashorat qilinadigan
xolatga og‘ishda paydo bo‘ladi. Ko‘pincha muammolar xayolan bo‘lib
chiqishi mumkin, shuning uchun qimmat tizimli tadqiqotni o‘tkazishni
62
asoslab berish kerak bo‘ladi. Muammoni taxlil qila turib quyidagilarga
diqqatni qaratish kerak bo‘ladi.
•
Muammoni topish;
•
Muammoni aniq shakllantirish;
•
Muammo strukturasini taxlili;
•
Muammoni rivojlanishini taxlili;
•
Tadqiqot olib borilayotgan muammo bilan bog‘liq, hamda
yechimga ega bo‘lishi uchun ularni inobatga olinishi kerak bo‘lgan
muammoni topish;
•
Muammoni yechilishi imkoniyatini aniqlash.
Muammoni dolzarbligini tasdiqlagandan so‘ng tadqiqot maqsadi
shakllantiriladi. Shunda tadqiqot natijasida biz nimani olishni
xoxlaymiz degan savol tug‘iladi. Masalan, korxona faoliyatini
samaradorligini va daromadini 10% oshirish kerak va x.k. Hamma
keyingi harakatlar qo‘yilgan maqsadga qarab aniqlanadi. Buni ko‘rib
chiqamiz. Shubxasiz, maqsaddan kelib chiqqan holda bitta ob’ekt turli
usullar bilan tavsiflangan bo‘lishi mumkin. Masalan, ekolog daraxtni
biosintez elementidek tavsifladi, duradgor esa uni taxtachalarga arralab
tashlash mumkinligi nuqtai nazaridan qarab chiqadi. Agar bir guguh
ishtirokchilarni yugurish yoki qandayodir bayram qatnashchilari
sifatida qarasak, u holda ularning ko‘rsatkichlari (parametrlari) tubdan
farq qiladi. Sport bellashuvlari uchun kuch va chidamlilik
xarakteristkasi, bayram uchun esa qo‘shiq aytish, o‘ynash qobiliyati
muxim. Bir xil insonlar turli ro‘yxatlarda umuman o‘zlariga
o‘xshamagan bo‘lishadi.
2-bosqich.
Tizimni aniqlash. Tizimli tadqiqotning keyingi qadami
so‘zalashuv tilidagi ob’ekt tavsifi shaklida tashkil topgan. Ayrim
hollarda tizim tadqiqot ob’ektini aniqlash ekspert uchun tizimni tashqi
muxitdan cheklashdek katta bo‘lmagan qiyinchilikni tug‘dirishi
mumkin. Tizimni aniqlash bosqichma – bosqich amalga oshirilishi
kerak:
•
Ekspert holatini aniqlash;
•
Tadqiqot ob’ektini va tashqi muxitni aniqlash;
•
Elementlarni ajratish va aniqlash.
Avvalo ob’ektni atrof muxitdan cheklab olish zarur. Bu ijtimoiy,
iqtisodiy va siyosiy tizimlarni o‘rganishda muxim.
63
Do'stlaringiz bilan baham: |