6. Qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining, shuningdek, o’z qarorlarining ijro etilishi bo’yicha jamoatchilik nazoratini o’rnatadi; 7. Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod ko’rsatish to’g’risida qaror qabul qiladi; 8. Atrof-muhitni muhofaza qilish va obodonlashtirish masalalari yuzasidan o’z vakolati doirasida tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi; 9. Guzarlar barpo etishga doir masalalarni ko’rib chiqadi va boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Fuqarolar yig’inining qarorlarini bajarish va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining fuqarolar yig’inlari oraliq davridagi joriy faoliyatni amalga oshirish uchun fuqarolar yig’inining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha komissiyalarning raislari va yig’inning mas`ul kotibidan iborat tarkibda fuqarolar yig’inining kengashi tuziladi. Fuqarolar yig’inining kengashi quyidagi vakolatlarga ega: 1. Fuqarolar yig’inini chaqiradi; 2. fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha komissiya ishini muvofiqlashtiradi, Xayriya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tadbirlar belgilaydi; 3. ommaviy-siyosiy, ma`naviy-ma`rifiy, madaniy, sifatga oid va boshqa tadbirlarni o’tkazishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko’maklashadi; 4. ro’yxatdan o’tmagan diniy tashkilotlar faoliyatining oldini olish, fuqarolarning dniy e`tiqod erkinligi huquqlariga rioya qilishini ta`minlash; diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’ymaslik chora-tadbirlarini ko’radi, vijdon erkinligini va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun xujjatlarga rioya etilishi bilan bog’liq boshqa masalalarni ko’rib chiqadi; 5. ikki yoshga to’lmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga nafaqalarni shu maqsadda ajratilgan davlat byudjeti mablag’laridan belgilangan tartibda tayinlaydi va to’laydi; 6. tegishli hududda jamoat tartibini ta`minlashda, shu jumladan, fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishini tashkil etishda, o’smirlar va yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilishda huquqni himoya qiluvchi organlarga ko’maklashadi; 7. aholi punktlari, suv ta`minoti manbalari, turar joylar, maktablar va boshqa ta`lim muassasalarining sanitariya va ekologiya holati ustidan nazoratning amalga oshirilishiga ko’maklashadi; 8. jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy mehnatga tiklash va jinoyatchilikning oldini olishga doir tadbirlarni ijtimoiy moslashuv markazlari bilan birgalikda qonun hujjatlariga muvofiq, boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |