Ochiltirish usulida kolonkaga tarkibida erituvchida erigan A va B komponentlari bor tekshiriladigan aralashmadan kiritib, kolonka erituvchi bilan uzluksiz yuviladi. Bunda tekshiriluvchi aralashmaning komponentlari zonalarga ajraladi: yaxshi adsorbilanadigan B modda kolonkaning yuqori qismini, yaxshi yutilmaydigan A komponent esa pastki qismini egallaydi. Bunga xos egri chiziq rasmda ifodalanganl arni tahlil qilish imkonini beradi va shu sababli amalda ko'p qo'lla-niladi. Usulning kamchiligi chiquvchi eritmalar konsentratsiyasining erituvchi ta'sirida suyulib kamayib ketishidir.
Siqib chiqarish usuli. Ushbu usulda A va B moddalarning erituvchi 5"dagi aralashmasi kolonkaga kiritilib, siqib. chiqaruvchi D moddaning eritmasi bilan yuviladi. D modda tekshiriluvclii aralashma komponent-lariga nisbatan yaxshiroq adsorbilanadigan bo'ladi.
Bu usulda xromatografiyaa jarayonida eritmaning konsentratsiyasi kamaymaydi. Bir moddaning zonasini ikkinchi moddaning zonasi qoplab kctishi bu usulning kamchiligi hisoblanadi, chunki bu usulda komponentlar zonalari erituvchi bilan ajratilmagan.
Suyuqlik xromatografiyaasiga xos xususiyat kolonkadan oqib chiquvchi eritmani kimyoviy, fizik-kimyoviy yoki fizik usullar bilan tahlil qilishdan iborat. Bunda kolonkadan oqib chiquvchi eritma alohida fraksiyalar tarzida yig'iladi. Odatda, fraksiyalarni yig'ish uchun avtomatik ravishda ishlovchi maxsus kollektorlar ishlatiladi.
Suyuqlik xromatografiyaasi ko'pincha neft va gaz mahsulotlari tarkibini o'rganishda, organik kimyo texnologiyasi va tahlilida qo'l-laniladi. Masalan, bu usul bilan neft, kerosin, benzin uglevodorod-larning tarkibi aniqlanadi, 5/5- va /rans-izomerlar, alkaloidlar va boshqalar yaxshi ajratiladi. Suyuqlik xromatografiyaasi bug'lanmay-digan va beqaror birikmalarni ajratish, tahlil qilish va tekshirish usul-larini ishlab chiqishda ayniqsa katta ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. I.Jalolov ’’Fizik kimyoning zamonaviy tadqiqot usullari” maruza matni.
2. A. Quvatov “Fizikaviy tadqiqot usullari” Toshkent 2006 y
3. A. Quvatov “Spektroskopik taxlil usullari” S. 1995 y
4. Toshpo‘latov O.A, Ibroximov A,A, Razakov R.R “Tabiiy birikmalar tuzilishini spektroskopik usullar yordamida o‘rganish ”
5. Gyunter X «Vvedenie v kurs spektroskopii YAMR». M., «Mir», 1984. 478 s.
6. Sergeev N.M. «Spektroskopiya YAMR», uchebn.posobie, M., izd. MGU, 1981. 279 s
7. Ionin B.I., Ershov B.A., Kolsov A.I. “YAMR-spektroskopii v organicheskoy ximii” L., “Ximiya”, 1983. 272 s
8. Deroum, Endryu E. “Sovremennыe metodы YAMR dlya ximicheskix issledovaniy” 1992. 401. s
9. Organik sintezdan praktikum. “O'qituvchi” nashriyoti. Toshkent - 1979 10. Fayzullaev O. “Analitik kimyo asoslari”. T., “A.Qodiriy nomli nashriyot”, 2003.
11. Ю.А.Золотов и др. “ Основы аналитической химии.“ том 2. Высщая школа. Москва. 1999 г.
12. Ю.П. Васильев. Аналитическая химия. Том 2. Физико-химические методы анализа. Москва. Высщая школа. 1989 г.
13. Е.Н.Дорохова.Г.В.Прохорова Аналитическая химия. Физико- химические методы анализа. Москва Высщая школа. 1991 г.
14. Tahlilning fizik -kimyoviy usullari: Darslik. novda uchun. kimyo texnologiyasi bo'yicha o'qiyotgan universitetlar. mutaxassis. - 4 -nashr, Stereotip. - M.: Bustard, 2004
15. Moskvin L.N., Tsaritsyna L.G. Analitik kimyoda ajratish va kontsentratsiya usullari. – L. Kimyo, 1991.- 256.
16. Internet ma‟lumotlari:
www.google.uz
www.referat.uz
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |